§. Kislotalar, ularning turlari, nomlanishi, empirik va grafik formulasi



Download 134,5 Kb.
bet4/6
Sana26.03.2022
Hajmi134,5 Kb.
#511381
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kislotalar

Kuchli kislotalar

1. HCIO4- perxlorat
2. H2SO4- sulfat
3. HNO3 - nitrat
4. HMnO4 - permanganat
5. H2MnO4 - manganat
6. HClO3- xlorat
7. H2Cr2O7 - dixromat
8. HJ -yodid
9. HBr - bromid
10. HCI - xlorid
11. H2CrO4 - xromat
Kuchsiz kislotalar.
12. HNO2- nitrit
13. H3PO4 - ortofosfat
15. H3PO3 - fosfit
16. H4P2O7- piro(di)fosfat
17. H2SO3 - sulfit
18. H2CO3 - karbonat
19. HPO3 - metafosfat
20. H2SiO3-silikat
21. HClO2-xlorit
22. HCIO - gipoxIorid
23. H3AsO4 - arsenat
24. HBO2 - metaborat
25. H3BO3 - ortoborat
26. H4SiO4 - ortosilikat
27. H2SeO4 - selenat
28. H2SeO3 - selenit
29. HF - ftorid
30. H2S - sulfid
31. H2Se - selenid
32. H3CrO3 - ortoxromit
33. HCN - sianid
32. HOCN - sianat
33. HSCN - rodanid


Boshqa kuchsiz kislotalar.
HJO - gipoyodid
H3PO2 - gipofosfit
H2SiO3 - metasilikat
HJO4 - metaperyodat
H3JO5 - mezoperyodat
H5JO6 - ortoperyodat
H2CS3 - tiokarbonat
H2XeO4 - ksenat
H2S2O3 - tiosulfat
H2S2O4 -persulfat
H2S4O6 - tetrationat
H2MoO4 - molibdat
H2Cr4O13 - tetraxromat
H3(PO3)3 - trimetafosfat
H2B4O7 - tetraborat
H4XeO6 - perksenat
HJO3 - yodat
H2Cr3O10 - trixromat
H2WoO4 - volframat
HVO3 - metavanadat
H3VO4 - ortovanadat
H4V2O7 - pirovanadat
HAlO2 - metaalyuminat
H2FeO4 - ferrat



mavzu yuzasidan topshiriqlar.


1. Mavzuni yaxshilab o'qib, savol-javobga tayyorlaning.
2. Yuqoridagi barcha kuchli va kuchsiz kislotalarni nomi hamda empirik formulasini yod olish.
3. Yuqoridagi kuchli va kuchsiz kislotalarni grafik formulasini yozing. Yoddan yozib bera olish darajasiga erishing.
4. Yuqoridagi kuchli va kuchsiz kislotalarni molyar massasi va nisbiy molekulyar massalarini hisoblang.
6-§. Kislotalarning olinishi, xossalari va ishlatilishi.


Olinishi.
1. Metallmaslarning vodorod bilan ta'sirlashuvi mahsulotlarini suvda eritib, kislorodsiz kislotalar olish mumkin.
H2+Cl2=2HCI (suvdagi eritmasi - xlorid kislota);
H2+S=H2S (suvdagi eritmasi - sulfid kislota);
H2+Br2=2HBr (suvdagi eritmasi - bromid kislota);

2. Kislorodli kislotalar laboratoriyada kuchsiz kislota tuzlariga kuchli kislotalar ta'sir ettirib olinadi:


K3PO4+H2SO4=K2SO4+H3PO4 Na2SiO3+HCI=NaCI+H2SiO3

3. Kislorodli kislotalar sanoatda kislotali oksidlar(angidridlar)ni suvda eritish natijasida olinadi:


CO2+H2O=H2CO3 SO2+H2O=H2SO3 SO3+H2O=H2SO4
N2O5+H2O=HNO3 N2O3+H2O=HNO2 N2O4+H2O=HNO3+HNO2
NO2+H2O=HNO3+HNO2 NO2+H2O+O2=HNO3 Cl2O7+H2O=HClO4

4. MetaIlmaslarni kuchli kislotalar ta'sirida oksidlab olinadi:


P+HNO3+H2O=H3PO4+NO S+HNO3=H2SO4+NO

5. Ba'zi metallmaslarning birikmalarini gidrolizlash usuli bilan olinadi:


PCI5+H2O=H3PO4+HCI PCI3+H2O=H3PO3+HCl


Fizik xossalari. Kislorodsiz kislotalar odatdagi sharoitda zaharli gazsimon moddalar bo`lib, ularning har qanday konsentratsiyali eritmalari hayot uchun xavflidir! Ayrim kislorodli kislotalar suyuq (HNO3, H2SO4), ba'zilari qattiq (H2SiO3, H3BO3, H3PO4) moddalardir.


Kimyoviy xossalari. Kislotalarning kimyoviy xossalari ularning ancha faol moddalar ekanligini ko'rsatadi:
1. Kislotalar indikatorlar rangini o'zgartiradi. Masalan, quyidagi jadvalda indikatorlarning kislotalar ta'sirida rang o'zgartirishlari keltirilgan.



Indikator nomi

Neytral eritmadagi rangi

Kislota eritmasidagi rangi

Lakmus

Binafsha

Qizil

Fenolftalein

Rangsiz

Rangsiz

Metilzarg'aldog'i

To'q sariq

Pushti

2. Neytrallanish reaksiyasi. Kislotalar bilan gidroksidlar orasida sodir bo'ladigan, bunda tuz va suv hosil bo'ladigan reaksiyalar neytrallanish reaksiyalari deb ataladi:


HNO3+NaOH=NaNO3+H2O H2SO4+KOH=K2SO4+H2O H3PO4+Mg(OH)2=Mg3(PO4)2+H2O

3. Aktivlik qatorida vodoroddan oldin turgan metallar bilan ta'sirlashib tuz va vodorod gazini hosil qiladi (nitrat kislota hamda konsentrlangan sulfat kislota bundan mustasno):


HCI+Zn=ZnCl2+H2 H2SO4+Fe=FeSO4 +H2 AI+HCI=AICI3+H2

4. Temperatura ta'sirida parchalanib (degidratlanib) tegishli oksid (angidrid) va suv hosil qiladi:


H2CO3=H2O+CO2 H3PO4=H2O+P2O5 H2SiO3=H2O+SiO2

5. Kislotalar tuzlar bilan ta'sirlashadi va yangi kislota hamda tuz (sharoitga ko'ra o'rta yoki nordon) hosil qiladi:


BaCl2+H2SO4=BaSO4+HCI o'rta tuz va kislota hosil qilishi;
NaCI+H2SO4=NaHSO4+HCI nordon tuz va kislota hosil qilishi;
CaCO3+H2CO3=Ca(HCO3)2 faqat nordon tuz hosil qilishi.

6. Asosli va amfoter oksidlar bilan reaksiyaga kirishadi:


HCI+Na2O=NaCI+H2O
ZnO+H2SO4=ZnSO4+H2O


Eng muhim kislotalarning ishlatilishi.


Sulfat kislota — H2SO4. Moysimon bu suyuqlik hidsiz va rangsiz bo'lib, suvdan deyarli ikki marta og'ir. Suvda juda yaxshi eriydi. Sulfat kislota havo va har xil gazlarni quritishda, shuningdek, turli moddalar tarkibidagi suvni tortib olishda qo'llaniladi. Konsentrlangan sulfat kislota teriga tushsa, terini qattiq kuydiradi. Shuning uchun sulfat kislota bilan ishlashda ehtiyot bo'lish zarur. Teriga va kiyimlarga tegishidan saqlanish kerak. Sulfat kislota suv bilan aralashtirilganda juda ko`p issiqlik ajralib chiqadi, uning eritmasini tayyorlaganda kislotani idish devori bo'ylab tomizilgan holda sekinlik bilan suvga quyish kerak. Aks holda kislota ustiga suv quyilganda ular to`liq aralashib ulgurmasdan eritma qaynab ketadi va qaynoq aralashma shisha idishni yorib yuborishi yoki kiyimga, teriga, ko`zga sachrashi mumkin. Sulfat kislota xalq xo'jaligida juda ko`p sohalarda xususan, quyidagi:

• mineral o'g'itlar ishlab chiqarish;
• neft mahsulotlarini tozalash;
• xlor ishlab chiqarish;
• turli xildagi tuzlar va kislotalar, dori-darmonlar ishlab chiqarish;
• portlovchi moddalar tayyorlash;
• bo'yoqlar ishlab chiqiarish,
• sellyuloza ishlab chiqarish;
• kislotali akkumulyatorlar tayyorlash.




Download 134,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish