” kafedrasi ona tili o’qitish metodikasi fanidan


Bog‘liqlik va ketma-ketlik



Download 4,88 Mb.
bet64/192
Sana09.07.2022
Hajmi4,88 Mb.
#763936
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   192
Bog'liq
OTOM 4-semestr yangi majmua 2021

Bog‘liqlik va ketma-ketlik:sujetning mantiqiy tuzilishiga rioya qilish
muhimdir. Axborot matnda matnning tuzilishi va ma’lumotning mantiqiy
ketma-ketligini sarlavhalar, jadvallar, grafiklar kabi vizual elementlar
bilan bog‘liqligini kuzatish shartdir.
Nazorat uchun topshiriqlar:
1.RIRLS haqida umumiy ma`lumot bering.
2. PIRLS dasturining tashkil etilishi haqida gapirib bering.
3.PIRLS tadqiqotida o`qish savodxonligi deganda nimani tushunasiz.
4. Matn va mazmunga oid birliklarni baholash va tanqidiy tah lil qiling.
9-Ma`ruza.Har xil janrdagi asarlarni o’qitish metodikasining o’ziga xos xususiyatlari.Ertakni o’qish metodikasi. Hikoya janridagi asarni o’qitish metodikasi.
Reja :
1.Har xil janrdagi asarlarni o`qitish metodikasining o`ziga xos xususiyatlari.
2.Ertakni o`qitish metodikasi.
3.O`quvchilarni ertak janri bilan tanishtirish.
4.O`quvchilarni ertakni o`qishga tayyorlash.
5.Ertakni o`qish metodikasi.
6.Hikoya janri haqida ma`lumot.
7.Hikoya janridagi asarlarni o`qitish metodikasi.
Tayanch so’z va iboralar: adabiy tur, adabiy janr, ertak,hikoya, maqol, topishmoq, masal, doston, rivoyat, ilmiy-ommabop maqola.

Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo’lmasa-da, amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o’qib o’rganiladi. O’qish darsliklariga, asosan, hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o’qitiladi.


Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularning o’quvchilarga ta’siri ham har xil bo’ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoqlar predmet, voqea-hodisalar o’rtasidagi o’xshashlikni taqqoslash orqali o’zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. Shunga ko’ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o’qishda o’qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi.
Xalq og’zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o’qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o’tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko’pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo’shilib ketadi.
Ertakning o’tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda, ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi; undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g’oyaviy yo’nalishi, undagi ezgu kuchning – yaxshilikning doimo g’alaba qilishi bolalarni o’ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish formasi, bir xil so’z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifodali vositalarining jonliligi bolalar uchun juda qiziqarlidir. Ertakda qatnashuvchilar ko’pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo’lgan yovuz, baxil, ochko’z obrazlarga bo’linadi.
Ertakning pedagogik qimmati shundan iboratki, bolalar unda to’g’rilik, halollik g’alaba qilganidan, kishilar qiyinchilikdan qutulganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro’yobga chiqqanidan va yomonlik, yozuvlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doim shunday bo’lishini istaydilar. Ertak bolalarda personajlarning xatti-harakatini muhokama qilib baholash ko’nikmasini o’stiradi. O’quvchilar ertakni tahlil qilish jarayonida kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqadi? Nima uchun? ...nima uchun jazolanadi (yoki rag’batlantiriladi)? Nima uchun ertakdagi ba’zi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi, ba’zilaridan esa, aksincha, yuz o’giradi? kabi savollarga javob berish uchun o’ylaydilar, ertak qahramonlarining xatti-harakatini muhokama qilib, uni baholashga o’rganadilar. Masalan, “Ur to’qmoq” ertagidagi asosiy fikr yaxshilikka-yaxshilik qaytishi, yovuzlik qoralanishini ifodalashdan iborat bo’lsa, “Donishmand” ertagida ahillikka undashdan iborat. Ertakda xalq o’z hayotini o’zi hikoya qiladi, shuning uchun o’quvchilar ertakni o’qish bilan ma’lum davrdagi xalq hayotini, o’ylari va orzu-istaklarini bilib oladilar. Ertak o’quvchilar nutqini o’stirishda ham katta ahamiyatga ega. Ertak matni bog’lanishli nutqni o’stirish uchun zarur material beradi. Kichik yoshdagi o’quvchilar ertakni juda qiziqib, obrazli ifodalarni va tasviriy vositalarni, shuningdek, ertakning o’ziga xos sintaktik qurilishini, gap tuzilishini saqlagan holda jonli aytib beradilar.
Boshlang’ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko’proq o’qitiladi. Anvar Obidjonning “Bo’rining tabib bo’lgani haqida ertak”, “Ko’zacha bilan Tulki”, “Olapar, Mosh, Musicha” kabi ertaklar aniq-hayotiy hikoyalar tarzida o’qitiladi va tahlil qilinadi. Matn bilan ishlashda tanlab o’qish, savollarga javob berish, o’quvchilarning o’zlari savol tuzib, javob berishlari, so’z bilan grafik rasm chizish, plan tuzish, qayta hikoyalash, ertak aytish kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bu ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi. Maktab tajribasidan ma’lumki, kichik yoshdagi o’quvchilar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-biriga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni o’qib, tahlil qilganda, barcha ishlar uning mazmunini yaxshi idrok etishga, syujet rivojini qatnashuvchi personajlarning xatti-harakati, o’zaro munosabatlarini to’g’ri tasavvur etishga yo’naltiriladi. Ertak ustida ishlashning oxirgi bosqichida “Ertakda sizga juda yoqqan joyini o’qing, nima uchun yoqqanini ayting. Hayotingizda mana shu ertakdagiga o’xshash voqealar bo’lganmi?” kabi savol-topshiriqlar yordamida o’quvchilarning ertak xulosasini tushunishlariga erishiladi. Ertak o’quvchilar uchun ertakligicha qolishi va bolalar hayotidagi hodisalarga avtordek yondoshishga o’rganishlari kerak.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari hayvonlar haqidagi ertaklardan tashqari, “Davlat”, “Tuz haqi”, “Ovchi, Ko’kcha va Dono”, “Ilm afzal” kabi ertaklarni ham o’qiydilar. O’quvchilarni bunday ertaklarni o’qishga tayyorlash ilmiy-ommabop tekstlarni o’qishga tayyorlash kabi bo’ladi (kuzatish, ekstadqiqotiya, fan darslari), ertakni o’qish va tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Bolalar o’qituvchi rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning xulq-atvori, ayrim xatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo’lgan munosabatlarini aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertak qismlarini rollarga bo’lib o’qiydilar.
Bundan tashqari, bolalar 4-sinfda “Davlat” ertagini o’qiydilar. Bu ertak oddiy turmushga tegishli elementlarni tasvirlovchi ertakdir. Ertakda fantastika bo’lganligi uchun o’quvchilarni ertakni o’qishga taxminiy tayyorlashni talab qiladi. Ertakni o’qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofni, tabiatni, borliq dunyoni qanday tasavvur etishlari haqida suhbat o’tkaziladi. Bunday suhbat ertakdagi badiiy obrazlarni, ularning o’zaro munosabatlarini, xulq-atvorlari, xarakterlarini to’g’ri tushunishga yordam beradi.
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o’qishgagina emas, balki uni aytib berishga o’rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og’zaki nutqni o’stiradi, bolalar nutqini yangi so’z va iboralar bilan boyitadi, ona tiliga muhabbatni tarbiyalaydi.
1-sinfdayoq ertak tilidan erkin foydalanishga o’rgatish uchun ertak bilan birinchi tanishtirishda uni (agar ertak hajmi katta bo’lmasa) o’qituvchi aytib berishi mumkin.
Yuqoridagilarni hisobga olganda, ertakni izohli o’qish darsining qurilishi quyidagicha bo’lishi mumkin:
1) o’quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;
2) o’qituvchining ertakni ifodali o’qishi, yod aytib berishi;
3) ertakni o’quvchilar qanchalik idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o’tkazish;
4) ertakni qismlarga bo’lib o’qish va tahlil qilish, undan ayrim tasviriy vositalar, sinonim so’zlarni topish, ayrim so’zlar ma’nosini tushuntirish;
5) ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o’qish);
6) ertakni aytish;
7) umumlashtiruvchi suhbat (ertak g’oyasini ochish);
8) ma’lum vazifa bilan ertakni qayta o’qish;
9) vazifani tekshirish va yakunlash; (Nima uchun ertakni qiziqib o’qidik?)
10) uyda boshqalarni ham qiziqtiradigan qilib ertakni o’qib (yoki aytib) berishga tayyorlanish.
Bоshlang`ich sinf o`quvchilari xalq og`zaki ijodi namunalaridan dastlab ertak bilan tanishadilar. Boshlang`ich sinf “O`qish kitobi” darsliklarining barchasiga ko`plab ertaklar kiritilgan. Jumladan, 1-sinf “O`qish kitobi”da “She’r va sichqon”, “Maymun bilan duradgor”, “Rostgo`y bola”, “Ochko`z sichqon”, “Aqlli bog`bon”, “Hakka va uning bolalari” kabi ertaklar berilgan.
2-sinf “O`qish kitobi” darsligida 11ta bo`lim bоr bo`lib, ularning har birida ertaklar mavjud. “Ertaklar-yaхshilikka yеtaklar” bo`limida 13 ta ertak bеrilgan. O`quvchilar bo`limda “Maqtanchоq ayiq”, “Nima tоtli?”, “Baxtli bo`lish osonmas”, “O`tinchi yigit bilan sher”, “Urto`qmoq”, “Oltin tuyoqli kiyik”, “Oqko`ngil chol va xasis boy”, “Snog`idan adashmadi”, “O`ktam”, “O`jar baliqcha”, “Quyoncha va ayyor tulki” kabi ertaklar bilan tanishadilar.
3- sinf “O`qish kitobi” darsligida 13 bo`lim bo`lib, “Xalq og`zaki ijodi” bo`limida 4 ta ertak: “Botir mergan va chaqimchi”, “Ahillik- ulug` baxt”, “Halollik”, “Donishmand yigit” va boshqa bo`limlarda yana 2 ta ertak o`rin olgan. Bular: “Barakalla, bo`tam”, “Noahillik oqibati” ertaklaridir.
4-sinf “O`qish kitobi” darsligida 14 bo`lim bo`lib, “Xalq og`zaki ijodi” bo`limining “Ertaklar mamlakatida” 7 ta, “Adabiy ertaklar” qismida 3ta ertak, boshqa bo`limlarda 2 ta ertak berilgan. Jumladan, “Chaqimchiga mukofot”, “Omonatga xiyonat”, kabi ertaklar mavjud.
Bоshlang`ich sinflarda ertaklarni o`rganishda quyidagicha maqsadlar ko`zda tutiladi:
1. Bоlalarni barkamоl insоn ruhida tarbiyalash, ularda Vatan, jamiyatga muhabbat hissini tarbiyalash.
2. O`quvchilarga хalq ertaklari matеriallari bo`yicha davlat ta’lim standartlari asоsida bilim bеrish.
3. O`quvchilarda ertak matеriallarini o`qishga havas uyg`оtish.
4. O`quvchilarning o`qish, оg`zaki nutq malakalarini rivоjlantirish.
5. Tехnika vоsitalaridan fоydalanishga o`rgatish.
Ertaklarni o`qish darslarida asosiy tarbiyaviy vazifa ularni barkamol inson ruhida shakllantirishga qaratiladi. Shuning uchun boshlang`ich sinflarda ertaklarni oq`ish orqali o`quvchilarning umumiy kamоlоtiga, ularda vatanparvarlik, do`stlik, o`rtоqlik qadriyatlarini shakllantirish, jamоa ichida o`zini bоshqarish, mеhnatsеvarlik, halоllik, rоstgo`ylik, o`qishga оngli munоsabatda bo`lish kabi ijоbiy хususiyatlarni tarbiyalashga alohida e’tibor berish lоzim.
Mana shu maqsadni amalga oshirish uchun boshlang`ich sinflarda sinfda o`qish darslarida o`qib o`rganiladigan materiallar orasidan o`quvchilarni insoniy fazilatlar egasi qilib tarbiyalashni o`zining asosiy g`oyasi sifatida aks ettirgan bir qator ertaklarni tahlilga tortamiz.
Ma’lumki, inson barkamolligida ustuvor o`rin egallagan jihatlardan biri ilmli bo`lishga intilish, Bilimga chanqoqlik hisoblanadi. Shuning uchun o`quvchilarda 1-sinfdan boshlab bu mavzudagi ertaklar o`qitiladi. 4-sinfda esa “Ilm afzal” ertagi o`rganiladi.
1-sinfda “Rostgo`y bola” ertagini o`qish darsida rostgo`ylikning bebaho xislat ekanligiga alohida urg`u beriladi. Ertakda bir buyuk podshohning farzandsizlikdan azob chekkanligi va oxir-oqibat farzand olib saqlamoqchigi hikoya qilinadi. Podsho yurtning barcha bolalariga gul urug`i tarqatadi va kimning guli eng chiroyli bo`lsa o`shani farzand qilmoqchiligini aytadi. Oradan birmuncha vaqt o`tgach o`stirilgan gullarni ko`rish uchun shahar aylanadi. U ko`p bolalar va ular chiroyli qilib o`stirgan gullar yonidan beparvo o`taveradi. Ammo ko`cha boshida gulsiz tuvak tutgan bolani ko`rib uni farzand qilib oladi. Chunki podsho tarqatgan gul urug`i qaynatikgan edi. Ertak mazmunidan ham ko`rinadiki, rostgo`ylik insonda eng qadrlanadigan fazilatlardan biri ekan. Rostgo`y insongina buyuk martabalarga erishadi. Buni o`z rostgo`yligi bilan podshoga farzand bo`lgan bola misolida ham ko`rish mumkin. O`qituvchi ushbu ertakni o`qish darsida o`quvchilarga quyidagi savollarni beradi:
1. Rostgo`ylik nima?
2. Siz yolg`on gapirib turasizmi? Nima uchun?
3. Sizni aldashganmi? Bu holatda nimalarni his qilgansiz?
O`quvchilar ushbu so`roqlarga javob berish davomida o`zlarining rostgo`ylik haqidagi tushunchalarini qay darajada kengligini bilib oladilar. Ularda o`z fikrlarini mustaqil bayon etish ko`nikmalari shakllantiriladi. Shuningdek, o`qituvchi ertak mazmuniga mos maqollarni aytishni `oquvchilardan so`raydi. Ular “Boshingga qilich kelsa ham rost so`zla”, “Shirin yolg`ondan achchiq haqiqat afzal”, “To`g`ri gapning to`qmog`i bor” kabi maqollarni aytadilar va o`qituchi yordamida bu maqollarning mazmunini bilib oladilar. Ertakni o`qish jarayonida o`qituvchi rostgo`ylik insonn i buyuk martabalarga olib chiqishini tushuntiradi. Ertak o`tish darslaridan na’munalar.

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish