Nazorat uchun savоl va tоpshiriqlar
1. Badiiy til vоsitalariga misоllar kеltiring.
2. Shе’r janriga хоs asarni tahlil qilishda qanday adabiy tushunchalardan fоydalaniladi?
3. «O`qish kitоbi» da bеrilgan tabiat manzarasi tasvirlangan birоnta matn tahlilini ishlab chiqing.
4. Ertakni o`rganishda qanday adabiy tushunchalar ustida ishlanadi?
5.To`g`ri o`qish qanday amalga oshiriladi?
6.Badiiy asarlarga nimalar kiradi ?
7.Izohli o`qish nima ?
8.Asar ustida ishlashning turlari qaysilar?
9.Matnni tasvirlash yo`llari qaysilar ?
8-Ma`ruza. O’quvchilarni PIRLS topshiriqlari asosida badiiy asarni tahlil qilishga o’rgatish.Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini PIRLS tizimi asosida baholashga o’rgatish.
Reja:
1.RIRLS haqida umumiy ma`lumot
2. PIRLS dasturining tashkil etilishi
3.PIRLS tadqiqotida o`qish savodxonligi
4. Matn va mazmunga oid birliklarni baholash va tanqidiy tah lil qilish.
Tayanch so`z va tushunchalar: PIRLS, ePIRLS, konsepsiya, badiiy matn, metafora, IEA, TIMSS,o`qish savodxonligi.
PIRLS – boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish darajasini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqot dasturidir. Boshqacha qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o‘qish va o‘qitishni yaxshilash uchun ta’lim sohasidagi davlat siyosatiga oid ma’lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir.
Shuningdek, PIRLS, yosh o‘quvchilar tomonidan maktabda va maktabdan tashqarida ta’lim olishning katta qismini tashkil etuvchi, ya’ni badiiy tajriba orttirish, ma’lumot olish va undan foydalanish ko‘nik malarini baholash kabi ikkita keng qamrovli maqsadlarni ifodalaydi. Yana shuni aytish mumkinki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi hamda o‘zining baholash mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq ravishda takomillashtirib boradi. Bunga misol sifatida, 2021-yilda o‘tkaziladigan tadqiqotda o‘quvchilarga birinchi marta raqamli formatdagi topshiriqlarni taqdim etishni ejalashtirganini
aytish o‘rinlidir. Raqamli formatga o‘tish bilan birga, internet muhitida boshqariladigan ePIRLS onlayn o‘qishni kompyuterda baholash kabi
o‘zgarishlar ham ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi
«O‘zbe kiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 5712-son Farmonida 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini ba holash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchi larning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan.
Shuningdek, konsepsiya doira sida o‘quvchilarning tan qi diy va ijodiy
fikrlash, axbo rotni mustaqil izlash, tahlil qilish kompetensiyalari va
malakalarining rivojlanishiga alohi da urg‘u berishni hisobga olgan
holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob bera digan
umumta’lim dasturlari va yan gi davlat ta’lim standartlarini joriy etish,
o‘quvchilarning bilim dara jasini baholashda xalqaro PISA, TIMSS,
PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutil gan.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish yo‘lida PIRLS tadqiqotida
muvaffaqiyatli ishtirok etish o‘ziga xos o‘rin tutadi. Shunday ekan, ta’lim
sifatini baholash sohasidagi yangi xalqaro tadqiqot haqida xalq ta’limi
tizimi xodimlari, o‘qituvchilar hamda ushbu sohaga qiziquvchilar uchun
ma’lumotlar yetkazib berish maqsadida «Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash» nomli
metodik qo‘llanma ishlab chiqildi. Mazkur qo‘llanmada PIRLS tadqiqoti,
uning o‘ziga xos xususiyatlari, nazorat-sinov materiallarining ishlab
chiqilishi haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. Shu bilan birga, PIRLS
tadqiqotining topshiriqlaridan, ya’ni matnlar va savollaridan bir nechta
namunalar hamda ularning baholash mezon lari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |