Asosiy bosqich
(250 daq)
|
I bosqich. Kirish yo’l-yo’riqnomasi(50 daq.)
O’quvchilarni yo’llanma xaritasi bilan ta’minlaydi. (3-ilova)
Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagining tanlangan model uchun gazlama tanlashni, gazlamani bichish uchun tayyorlashni, tayyorlangan andozani gazlamaga joylashni, bo’laklar qirqimlarini bo’rlashni, bo’rlangan gazlamani kesishni, kesib olingan ko’ylak bo’lakllarini raqamlashni amalda ko’rsatadi.
|
II bosqich. Joriy yo’l- yo’riqnoma (150 daq.)
O’quvchilar bajargan ishlarini kuzatadi va joriy yo’l-yo’riqlar beradi.
Kamchilikka yo’l qo’ygan o’quvchilarga kamchilikni bartaraf etish yo’llari ko’rsatiladi hamda savollar berib javoblar tinglanadi.
|
Gazlamani bichish uchun tayyorlaydi:
gazlamani dekatirovkalaydi (namlab dazmollaydi);
gazlama nuqsonlarini tekshiradi;
gazlama bo’yi va enini o’lchaydi;
andozalarni gazlamaga texnik shartlarga asosan joylashtiradi;
andoza chetlarini bo’rlaydi;
bo’rlangan gazlamani bo’lak qirqimlari bo’ylab kesadi;
kesib olingan ko’ylak bo’lak bo’laklarini raqamlaydi.
|