Kimyoviy texnalogiyalar



Download 0,78 Mb.
bet1/14
Sana23.06.2022
Hajmi0,78 Mb.
#697047
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
kurs ishi loyihalash




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI “KIMYOVIY TEXNALOGIYALAR”FAKULTETI

192-YSTJ GURUH TALABASI YO’LDASHOVA MAHLIYONING TEXNALOGIK JARAYONLARNI LOYIHALASH


FANIDAN





MAVZU:Ayollar bahorgi ko’ylagini ishlab chiqarish texnalogik jarayonini loyihalash


Bajardi: Yo’ldashova Mahliyo


Qabul qildi: Matkarimova Dilnoza Urganch 2022 yil




Mundarija

  1. KIRISH 3

  2. Asosiy qism 6

    1. Tikuvchilik sanoati va hozirgi kundagi holati 6

    2. Kurs ishida tanlangan model uchun qo‘yilgan talablar tavsifi va gazlama tanlash. 7

    3. Ayollar bahorgi ko‘ylagi uchun o‘lchov olish va asos konstruksiya chizmzsini chizish 15

    4. Bir modelli oqimda buyumga ishlov berishning texnologik tartibi 32

    5. Loyihalanayotgan model uchun mashina jihozini tanlash 36

    6. Ishlab chiqarish oqimini asosiy paramеtrlarini hisoblash

..................................................................................................................................... 43

  1. Umumiy xulosa 48

  2. Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar 49



KIRISH


So‗nggi yillarda respublikada yengil sanoatning to‗qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‗ynachilik tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarning turlari va assortimentini kengaytirish, shuningdek, tarmoq korxonalarining investitsiya va eksport faoliyatini har tomonlama qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ko‗rilgan chora-tadbirlar respublikada ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 80 foizdan ko‗prog‗ini va ip kalavaning 45 foizdan ko‗prog‗ini qayta ishlash bo‗yicha quvvatlarni yaratish, shuningdek, 2018-yilda tayyor mahsulot eksport hajmini 1,6 milliard AQSh dollariga yetkazish imkonini berdi.
Charm-poyabzal va mo‗ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish uchun berilgan imtiyozlar va preferensiyalar mahalliy tayyor charm ishlab chiqarish hajmini 6 foizga va krast bosqichidagi charm ishlab chiqarish hajmini 44foizga oshirish imkonini yaratdi.Shu bilan birga jahon bozorlaridagi raqobatning kuchayishi, texnologiyalarning rivojlanishi va xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining kamaytirilishi ushbu sohalarni rivojlantirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilishini talab etmoqda.Yengil sanoatning jadal va barqaror rivojlanishini ta‘minlash, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash orqali birinchi navbatda tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‗lgan yuqori qo‗shilgan qiymatga ega to‗qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‗ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va kengaytirish nazarda tutilgan.
Jahon yengil sanoat mahsulotlari bozorining hozirgi holati shuni ko‗rsatmoqdaki, rivojlangan mamlakatlarning yengil sanoat bozorlariga jadal kirib borishi, asosan, jahon yengil sanoatiga integratsiyalashgan milliy kompaniyalar tomonidan amalga
oshirilmoqda. SHuningdek, jahon yengil sanoat sanoati tendensiyasida ichki bozorni
ta‘minlash ahamiyati oshib bormoqda. Jumladan, 2016 yilda jahon yengil sanoat mahsulotlari eksporti jami 286,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan, unda Osiyoning yuqoriligicha qolmoqda. Biroq, 2016 yilda dunyoning birinchi 10 taligiga kiruvchi yengil sanoat mahsulotlari eksportyorlari ichida o‗zbek yengil sanoat mahsulotlari eksporti ulushi atigi 0,37 foizni tashkil qilmoqda xolos. Bu esa milliy yengil sanoat klasterlarini tashkil etgan holda ularni jahon yengil sanoatiga integratsiyalashuvini jadallashtirishni taqozo etadi. Jahonda so‗nggi yillarda aholining barqaror ko‗payib borishi, ushbu tendensiya kelajakda saqlanib qolishi, aholi turmush sharoiti yaxshilanishi hamda to‗lov qobiliyatining oshishi, tayyor va yarim yengil sanoat mahsulotlariga bo‗lgan talabning yanada oshishiga olib keladi. Bu esa, o‗z navbatida, mamlakat yengil sanoati, xususan, yengil sanoat sanoati korxonalarida mahsulot assortimentini kengaytirish va sifatini oshirish bilan bir qatorda mahsulot tannarxini pasaytirishga asoslangan zamonaviy ilmiy-tadqiqotlar olib borishni taqozo etmoqda. Yengil sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyatini innovatsion yondashuvlar asosida oshirish nuqtai nazaridan ushbu masalaning ilmiy-uslubiy va amaliy jihatlarini tadqiq etish bugungi kunda dolzarbligi bilan ajralib turadi. O‗zbekistonda amalga oshirilayotgan jadal iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida yengil sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyatini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, jumladan, korxonalar iqtisodiy salohiyati darajasini doimiy monitoring qilib borish, debitor qarzdorlik aylanishini tezlashtirish va korxonalarni modernizatsiya qilish strategiyasini ishlab chiqish masalasini hal etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
«2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishlari bo‗yicha Harakatlar strategiyasi»da «milliy iqtisodiyotning tarkibida sanoat ulushini ko‗paytirish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom-ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‗shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‗tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish» bo‗yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarning samarali ijrosini ta‘minlash respublikamiz yengil sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyatini oshirishning asosiy yo‗nalishlarini ishlab
chiqish va joriy etishda muhim masala bo‗lib qolmoqda. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-sonli «2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi»ni «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‗oyalar va texnologiyalarni qo‗llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat Dasturi, 2016 yil 21 dekabrdagi ―2017–2019 yillarda yengil sanoat va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‗g‗risida‖gi PQ–2687-sonli, 2017 yil 19 maydagi «Buxoro viloyatida zamonaviy paxtachilik-yengil sanoat klasterini barpo etish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi PQ-2978-sonli va 2017 yil 15 sentyabrdagi
«Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-yengil sanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi PQ-3279-sonli qarorlari hamda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 sentyabrdagi «Paxta-yengil sanoat ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qo‗shimcha chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi 744-sonli qarorida, ushbu sohaga tegishli boshqa me‘yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Yengil sanoat tarmog‗i korxona-larining raqobatbardoshligini oshirish yo‗llari takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda tadqiqot doirasida quyidagi vazifalar belgilab olindi: – yengil sanoat tarmog‗i korxonalari raqobatbardoshligini oshirish-ning nazariy-uslubiy asoslarinio‗rganish; – yengil sanoat tarmog‗i korxonalari raqobatbardoshligini oshirish-ning mezonlari va ko‗rsatkichlarini tavsiflash; – yengil sanoat tarmog‗i korxonalari raqobatbardoshligini oshirish shartsharoitlari va omillarini tadqiq etish; – yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligi tahlilil qilish; – yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning xorij tajribasidan samarali foydalanish imkoniyatlarini baholash; – yengil sanoat tarmog‗ini klasterlash orqali vertikal va gorizontal integratsiyasini ta‘minlash jarayonlarini asoslash; – yengil sanoat mahsulotlarini diversifikatsiyalash orqali yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshliini oshirish yo‗llari va yengil sanoat korxonalari innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish orqali raqobatbardoshligini
ta‘minlash istiqbollarini ta‘minlashga yo‗naltirilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.



Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish