Ў. Холиёров 2022-yil 23 Termiz shahri



Download 243 Kb.
bet7/13
Sana22.11.2022
Hajmi243 Kb.
#870669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
`11seminar 30.09.22

Sh.Djabbarova: Raxmat ustoz savolingiz uchun. Bugungi kunda “termin” so‘zi bilan bir qatorda “atama” so`zi ham aynan shu ma`noda foydalanib kelinmoqda, ammo ular “termin” anglatgan ma’noni to‘liq ochib bera olmaydi. O‘zbek olimlarining fikriga ko‘ra “termin” keng ma’noda ishlatiladi. “Atama” so‘zi esa tor ma’noda qo‘llaniladi. Tarmoqlarida qollanuvchi soz va soz birikmalari bilan termin ishlatilishi joizdir.
Rais: Yana savollar bormi? Yetarli degan takliflar bo‘lmoqda. Savollar yetarli bo‘lsa, taqrizlarga o‘taylik. Tadqiqotchi Sh.Djabborovning dissertatsiyasiga birinchi taqrizchi Buxoro davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sobirova Zarnigor Rahimovna, ikkinchi taqrizchi Termiz davlat universiteti filologiya fanlari doktori (PhD) Hoshimhujaeva Mohiruh Muzaffarovna. So‘z birinchi taqrizchi, dotsent, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sobirova Zarnigor Rahimovnaga marhamat ustoz.
Z.Sobirova: Assalomu alaykum xurmatli Termiz davlat universitetining jonkuyar ustozlari. Jamiyat va til jadallik bilan rivojlanib kelayotgan bir paytda matbuot tilini lingvomadaniy nuqtai nazardan o‘rganish, mediadiskursda ishlatiladigan lisoniy birliklarni lingvistik tahlil qilish, til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligini ommaviy kommunikatsiya sohasiga ta’lluqli matnlar orqali yoritish va bu matnlarda leksik birliklarning to‘gri ifodalanish masalalari kabi vazifalar tilshunoslikning hali tadqiq etilmagan mavzularidan biri hisoblanadi. Zero, til va madaniyat masalalari tadqiqi tillararo va madaniyatlararo muloqotning asosiy qismini tashkil etadi. Aynan madaniy muloqot natijasida millatlar o‘z an’ana va qadriyatlarini dunyo xalqlariga ko‘rsatish imkoniyatiga egadirlar. Shuning uchun ham media matnlar va ularda ishlatiladigan leksik birliklarning nechog‘li ahamiyatli ekanligini tadqiqotchi Djabbarova Shoira Baltayevna “Mediadiskursda muqobilsiz leksikaning lingvomadaniy aspektda taddidi (uzbek, ingliz va rus matbuoti misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishida o‘rgangan. Shu jihatdan ham tadqiqot mavzusi juda dolzarb va zamonaviy tilshunoslikning muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
Dissertatsiya tarkibiy tuzilishi jidatidan kirish, uch asosiy bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat bo‘lib, uning hajmi 158 sahifani tashkil qiladi. Ishning kirish qismida tadqiqotning dolzarbligi va zarurati asoslangan. Maqsad va vazifalari, ob’ekti va predmeti tavsiflanib, respublika fan va texnologiyalari rivojlanishi ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko’rsatilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilinib, ularni amaliyotga joriy etish xolati, nashr qilingan ishlar hamda dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi, xajmi bo‘yicha yetarlicha ma’lumotlar keltirilgan.
Tadqiqotning birinchi bobi “Bosma mediadiskursda muqobilsiz leksikaning ilmiy-nazariy asoslari” deb nomlanib, to‘rt faslni o‘z ichiga oladi. Mazkur bobning birinchi faslida tadqiqotchi rus olimlaridan Ye.M.Vershagin, V.G.Kostomarov, S.Barxudarov, A.D.Shveytser, G.D.Tomaxin, S.Vlaxov, S.Florin, V.N.Komissarov, V.S.Vinogradov; uzbek olimlaridan G.Salomov, I.Asfandiyarov, 3.Sadikov, I.Mirzayev, X, Abduraxmanov, R.Fayzullayeva. D.Djumanova, O. Muminov, D. Xoshimova, N. Qambarov, N. Komilov, K. Mirsayev, A. Mamatov kabi taniqli tilshunoslarning tadqiqotlarini sinchkovlik bilan o‘rganib, muqobilsiz leksikaga oid ilmiy-nazariy fikrlarni asoslab ko‘rsatgan. Qolaversa, tilshunoslikka oid ensiklopedik lug’atlardan muqobilsiz leksika terminining tor va keng ma’noda qo‘llanilish satxlarini misol sifatida keltiradi. Olimaning fikricha, “muqobilsiz leksika so‘z va so‘z birikmalari tarjimalarida amaliy jihatdan muqobili bo‘lmagan tushunchalarni qamrab oladi, ularga xududiy va maxsus dialektizm, lokalizm, jargonizm, vulgarizm, arxaizm kabilar, ya’ni, tarjima tilida muqobilli bo’lmagan leksik qatlam sifatida qaraladi”.
Bobning keyingi fasllarida muqobilsiz leksikaning tasniflari, lakuna va realiyalar, realiyaga xos xususiyatlar, mediadiskurs, matbuot tili, diskurs atamasi izoxi haqida fikr yuritiladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tadqiqotchi “diskurs” tushunchasiga izoh, keltirganda o`zbek olimlari bilan bir qatorda chet ellik olimlar fikrlarini yetarlicha talqin qila olgan. Shuningdek, keyingi o‘rinlarda mediamatn va uning asosiy kategoriyalari, matbuot tilining asosiy xususiyatlari, jurnalistika sohasiga oid barcha axborotli janrlar haqida nazariy fikrlar keltirilgan.
Bobning to‘rtinchi faslida tadqiqotchi muqobilsiz leksikani lingvomadaniyatning tarkibiy qismi sifatida o‘rganadi. Uning fikricha, “muqobilsiz leksika milliy-madaniy o’ziga xoslikni aks ettiruvchi vositalardan biri hisoblanib, ular millat, elatlarning turmush tarzi, urf-odati, ijtimoiy va hayot faoliyatini yaqqol ifodalovchi omillar bo‘lib xizmat qiladi”. Shuningdek, til va madaniyat o‘rtasidagi munosabat nihoyatda murakkab va ko’p qirrali bo‘lganligi bois, ushbu muammoni hal qilishda bir nechta yondashuvlarni ko‘rsatib o‘tadi.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Ingliz va rus matbuotida o’zbek realiyalarining ifodalanish xususiyatlari” deb nomlangan bo‘lib, besh fasldan iborat. Bobda ingliz va rus matbuotida o‘zbek atoqli otlari, xususan, onomastik birlik, etnografik, ijtimoiy-siyosiy realiyalar va ularning berilish xususiyatlari, shuningdek, onomastik birliklar turlari haqida so‘z boradi. Muqobilsiz leksika sifatida talqin qilinuvchi antroponim, toponim hamda ularning turlarini olima matbuot matnidan misollar keltirib, realiyalarning rus va o’zbek tillaridagi tarjimalarini qiyosiy-tipologik aspektda tahlil qilgan. Masalan, o‘zbek tilidagi xashar realiyasi rus tiliga subbotnik, ingliz tiliga xam hashar sifatida tarjima qilinadi, lekin mahalla so‘zi rus tiliga ham mahallya tarzida ishlatiladi. Shuningdek, diniy va etnografik realiyalar hamda ularning rus va ingliz matbuot matnidagi tahlillari fasllaridan o’rin olgan. Mazkur bob juda ko‘p matbuot matnidan olingan misollar bilan boyitilgan.
Tadqiqotning “Ingliz va rus matbuotida o‘zbek tili muqobilsiz leksikasi ifodalanishining lingvomadaiiy xususiyati” nomli bobi ikki fasldan tarkib topgan. Muqobilsiz leksikaning tarjima muammolariga bag‘ishlaigan birinchi faslda olima qiyinchiliklar qatoriga gazeta maqolasida gazetxon madaniyatida mavjud bo‘lmagan hodisalar yoki realiyalarga ishora qiluvchi holatlarni kiritadi. Dissertant muqobilsiz leksikaning tarjima muammolari haqida fikr yuritar ekan, ularni transliteratsiya, transkriptsiya, kalkalash, tasviriy usullar orqali tarjima qilishni eng maqbul usullardan deb hisoblaydi. Ma’lumki, realiyalar tarjimasi murrakab lisoniy jarayonlardan biridir. Shuning uchun ham tadqiqotchi “matbuotda realiyalar ma’nosining tarjimasi uchun usul tanlash muammosi, eng avvalo, realiya shu tilda to‘liq o‘rganilmagan bo‘lsagina sodir bo‘lishi mumkin”, deb ta’kidlab o‘tadi. Bobning ikkinchi faslida gazeta sarlavhalaridagi muqobilsiz leksikaning lingvomadaniy xususiyatlariga e’tibor qaratilgan. Bunda olima gazeta sarlavhalarida keltirilgan lazgi, shashmaqom, doston, bahshi, halfa, askiya kabi realiyalarni har uch tilda misollar keltirib tahlilga tortgan hamda ilmiy fikrlar bilan asoslagan. Bu esa albatta, dissertant o‘z oldiga qo’ygan vazifasini bajara olganligini ko‘rsatadi.
Aytish joizki, tadqiqotning har bir bobi alohida xulosalangan. “Xulosa” qismida boblar va fasllardagi tahlil va qarashlar umumlashtirilgan. Ishning uslubi ravon, fikrlar izchillik kasb etgan. Dissertatsiyada yuqoridagi fazilatlar bilan birga ayrim nuqsonlarni ham uchratish mumkin:
1. Dissertatsiyaning 17-betida ko’rsatib o‘tilgan misollar izohi quyidagicha o’zgartirilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi: baby boomer –ko’p tug‘ilishlar (1946-1964) davrida tug‘ilgan inson; cyborg - sun’iy organlar yoki mahsus texnologiya va mobil qurilmalarga ega inson;
2. Ishda o‘zbek tilida muqobili mavjud bo‘lgan so‘zlarning ruscha variantlari ko‘p ishlatilgan. Masalan: lingvokulturologiya, spetsifika, konkret, ekvivalent va h.z.
3. Tadqiqotning 34- va 37- betlarida keltirilgan satrlarning ilovada ko‘rsatilgan manbalari xar xil (“Zamonaviy mediamakon, shubhasiz, lingvomadaniy ijodkorlik va matn tuzish hududi hisoblaiadi. Matnlarni maksimal darajada kontsentratsiyalatgan holda tezkor tuzish va yetkazish usuli madaniyatdagi yangi hodisa xisoblanadi. Bunda matn nafaqat axborot tarqatuvchi vosita, balki jahon lingvomadaniyatining chuqur xotirasi ifodasi bo‘lib xizmat qiladi”).
4. Dissertatsiyaning 17-, 18-, 26-, 36-, 43-, 60-, 61- betlarida imloviy va texnik xatolar uchraydi, ayrim jumlalarda uslubiy g‘alizliklar mavjud. Ularni bartaraf etish maqsadga muvofiq.
5. Tadqiqotning aksariyat joylarida “voqelanish” so‘zi voqealanish shaklida yozilgan.
Yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklar, tavsiya sifatida bildirilgan fikrlar tadqiqotning ilmiy-amaliy qiymatiga soya solmaydi. Dissertatsiya mavzusi buyicha jami 20 ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan Uzbekistan Respublikasi OAKning doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 5 ta maqola, xalqaro ilmiy bazalar ro‘yxatiga kirgan xorijiy jurnallarda 4 ta maqola nashr etilgan. Tadqiqot natijalari ilmiy ma’ruza ko’rinishida 8 ta xalqaro va 3 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tgan. Ishning mazmuni mazkur nashrlarda o‘z aksini to‘liq topgan.
Tadqiqotchi Djabbarova Shoira Baltayevnaning “Mediadiskursda muqobilsiz leksikaning lingvomadaniy aspektda tadqiqi (o’zbek, ingliz va rus matbuoti misolida)” mavzusidagi 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi O’zbekistan Respublikasi OAKning talablariga muvofiq tarzda, mustaqil ravishda bajarilgan va uni ochiq himoyaga tavsiya etish mumkin, deb hisoblayman.



Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish