Ў. Холиёров 2022-yil 23 Termiz shahri


Rais: Ilmiy kotibga savollar boʻlsa, marhamat. Seminar a’zolari



Download 243 Kb.
bet3/13
Sana22.11.2022
Hajmi243 Kb.
#870669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
`11seminar 30.09.22

Rais: Ilmiy kotibga savollar boʻlsa, marhamat.
Seminar a’zolari: Hammasi tushunarli.
Rais: Savollaringiz boʻlmasa, dissertatsiyaning qisqacha mazmuni bilan tanishtirish uchun soʻz dessertantga beriladi.
Sh.Djabbarova: Assalomu alaykum hurmatli seminar raisi, ilmiy seminar a’zolari, qadrli ustozlar!
Ruxsatingiz bilan sizlarga havola etilayotgan ilmiy tadqiqot ishimiz mavzusi “Mediadiskursda muqobilsiz leksikaning lingvomadaniy aspektda tadqiqi (oʻzbek, ingliz va rus matbuoti misolida)” deb nomlangan bo’lib, kirish, uch asosiy bob, bobga doir xulosalar, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Ye.M.Vershagin va V.G. Kostomarovlar tomonidan ilk bor ilmiy muomalaga kiritilgan mazkur terminni quyidagicha izohlashgan: “muqobilsiz leksika - boshqa madaniyat va boshqa tilda mavjud bo‘lmagan tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qiladigan so‘zlar, faqat muayyan madaniyatgagina xos bo‘lgan va boshqa madaniyatida yo‘q bo’ o‘gan madaniy unsurlarga tegishli bo‘lgan so‘zlar, hamda boshqa tilga tarjima qilib bo‘lmaydigan so‘zlar, bir so‘z bilan aytganda ular tegishli bo‘lgan til tashqarisida muqobillarga ega bo‘lmagan so‘zlardir.
A.V.Fedorov fikriga ko‘ra, muqobilsiz leksika boshqa xalqning hayoti va tushunchalarida mosligi yo‘q mahalliy hodisani belgilaydi.
L.S.Barxudarov muqobilsiz leksika boshqa tilning lug‘aviy birliklari orasida na to‘liq, na qisman muqobillarga ega bo‘lmagan lug‘aviy birliklardir deb ta’rif beradi.
L.K.Latishevning ta’kidlashicha: muqobilsiz leksikaning paydo bo‘lishining asosiy sabab shundaki, ona tilida so‘zlashuvchilar yaxshi biladigan ma’lum bir hodisa yoki tushuncha leksik tizimda aks ettirilgan, lekin bu tarjima qilinayotgan tilda ma’lum emas yoki kam ma’lum va bu o‘sha tilda so‘zlashuvchilarning leksik tizimida aks ettirilmagan.
Ammo, muqobilsiz leksika bo‘yicha olib borilgan so‘nggi tadqiqotlar, masalan A.O.Ivanov “Безэквивалентная лексика” asarining chop etilishi muqobilsiz leksikaga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi. Uning izlanishlarida muqobilsiz leksika referensial, pragmatik, alternativ guruhlarga ajratilgani ko‘rsatib o‘tiladi. Xususan, muallif “Безэквивалентная лексика” muqobilsiz leksika tahlilida uning vujudga kelish sabablarini 3 turga ajratadi. Bular:
1. Xalq turmushida muayyan predmet yoki hodisaning mavjud emasligi (ashyoviy muqobilsizlik – tarjima tilida o‘z aslida qolishi).
2. Tarjima tilida muayyan tushunchaning mavjud bo‘lmasligi (leksik-semantik muqobilsizlik).
3.Leksik-semantik tavsiflardagi farqlar (stilistik muqobilsizlik) barobarida milliy-madaniy jihatlarga egaligi bilan xaraktеrlanishini ta’kidlandi. Ingliz va o‘zbеk tili kabi kеlib chiqish jihatidan bir-biriga qardosh bo‘lmagan tillardagi “muqobilsiz leksika”ni qiyosiy tadqiq qilishda muqobilsiz leksikaning lingvomadaniy ahamiyati uchun yangi dalil va isbot taqdim etish ahamiyatlidir.
Sh.Usmanova ta’kidlashicha asliyat tilidagi ayrim leksik birliklar tarjima tilining leksik tarkibida uchramaydi, ularning o‘xshashi bo‘lmaydi. Bunday so‘zlarga muqobilsiz leksika deyiladi. Muqobilsiz leksika muayyan xalqning milliy madaniyatiga xos hodisalarni aks ettiradi. Bu ko‘pincha mahalliy xalqqa xos pul, masofa-uzunlik birliklari, ro‘zg‘or ashyolari, kiyim-kechak, yegulik-ichkilik va h.k. tushunchalari anglatadigan so‘zlardan tarkib topadi. Masalan:
o‘zbek tilida: sumalak, rubob, tandir, palov, halim, hashar, Navro‘z, beshik, quroq, xurjun, ko‘zmunchoq;
ingliz tilida: pudding, plum pudding, steak, hamburger, sandwich, highball, Halloween;
rus tilida: лавка, баня, сани, коромысло, самовар, гармонь, балалайка.
S.Vinogradov ta’kidlashicha muqobilsiz leksika fonga oid bilimlarni ifodalaydigan so‘zlardir. Fonga oid axborotning mazmuni milliy umumiylik tarixining faktlari va davlat tuzilishi, uning jug‘rofiy muhitining xususiyatlari, milliy madaniyatga, o’tmish va kelajakka xos narsalar, etnografik va madaniy bilimlarni, ya’ni “tarjima nazariyasida realiyalar deb ataladigan barcha narsalarni o‘z ichiga oladi. Realiya termini lot. realis – ashyoviy, haqiqiy degan ma’noni beradi va S.I.Ojegovning lug‘atida qayd etilganidek, “realiyalar moddiy madaniyat predmeti, ob’ektiv dunyo hodisasi, alohida jism, narsa” sifatida ham namoyon bo‘ladi.
Shu o‘rinda o‘zbеk tilshunosi I.Mirzayev realiyalar mavjud, tegishli bo‘lgan tilning qonuniyatlariga bo‘ysunishi borasida fonetik, leksik va grammatik qonuniyatlarini nazarda tutadi. Shuningdek, realiyalar uchun polisemiya, sinonimiya va antonimiya hodisasi xarakterli emasligi, shunga qaramay, realiyalarda omonimiya hodisasi kuzatilishi hamda ularning asosiy funksiyalaridan biri nominativlik ekanligini ta’kidlaydi. Olim realiya so‘zlarni “sof ko’rinishdagi termin” sifatida qaraydi. Mazkur fikrlarining isboti sifatida quyidagi o‘zbek realiyalarining ingliz va rus tillarida ifodalanishini kuzatishimiz mumkin: hujra – хужра – hujra, guzar – гузар – guzar, quroq – курок – kurok, misvoq – мисвок – misvok, tillaqosh – тиллакош – tillakosh, chakmon – чакмон – chakmon va h.k.
Muqobilsiz leksika xalqning hayoti mahsuli bo‘lib, ular millat, elatlarning turmush tarzi, urf-odati, ijtimoiy va hayot faoliyatini yaqqol ifodalovchi omillar bo‘lib xizmat qiladi. Masalan: mahalla, hashar, sumalak, xalim, belbog‘, do‘ppi, choyxona, chanqovuz va h.k.
Muqobilsiz leksikaning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib ta’kidlash mumkinki, lingvomadaniy birlik orqali uning mohiyatiga to’liq kirish hamda tildan tashqari bo‘lgan hodisani yaxlit anglash mumkin.
Matbuot tilida madaniy komponentli muqobili bo‘lmagan so‘z va so‘z birikmalaridan foydalanish matn orqali axborotga milliy-mahalliy tus beradi. Ya’ni realiyalar axborotni yaratishga va tavsiflashga yordam beradi. O‘zga millat va xalqning o‘zbek madaniyati, madaniy kodi, urf-odati va h.k. to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmagan, lekin OAVlari orqali ular bilan tanishayotgan xorijlik auditoriya uchun realiyalar matnni idrok etish imkoni bo‘ladi.
O‘zbek tili muqobilsiz leksikasining milliy-madaniy o‘ziga xosligi ularning alohida tarkibiy qismlarida ham murakkab tarzda namoyon bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Masalan: “The shelves, which go right up to the ceiling, are lined with traditional kumgans (jugs) as well as books on art ...” (Uzbekistan airways, 2019. №2);“ Орнамент бугджома у узбеков племени кунград напоминает излюбленные ими ковровые узоры и отличается геометрическими ритмами, полными динамики и внутреннего напряжения (Moziydan sado, 1.04.2008).
Bunday realiyalar, albatta, qaysidir ma’noda o‘zbek auditoriyasi uchun ham notanish bo‘lishi mumkin.
Ingliz va o‘zbеk tillarida ingliz va rus matbuotida o‘zbek realiyalarining ifdolanish xusisiyatlari qiyosiy chog‘ishtirma tahlil tortilgan.
Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri muayyan xalqning milliy-madaniy xususiyatlarini belgilovchi til omillarini o‘rganishdir. Realiyalar o‘zbek tilidagi milliy madaniy o‘ziga xos leksikaning keng qatlamini tashkil etadi.
Tilshunos olim K.V.Rudenko realiyalarni namoyon bo‘lishi borasida quyidagi fikrni beradi hamda ularning turlarini ko‘rsatib o‘tadi: onomastik realiyalar (antroponimlar va ularning turlari, toponimlar va ularning turlari), etnografik realiyalar (ovqat, ichimlik, urf-odat, bayramlar, kiyim-kechak, pul, vazn va uzunlik o‘lchovlari va h.k.), ijtimoiy-siyosiy realiyalar (ma’muriy tuzilma, hokimiyat, davlat ramzlari, harbiy ishva h.k.), Ushbu bobda ingliz va rus matbuotida o‘zbek tilidagi onomastik, ijtimoiy-siyosiy hamda etnografik realiyalarni berilish xususiyatlarini tahlilga tortamiz.
Aytib o‘tish kerakki, o‘zbek tilining onomastik realiyalari ingliz va rus tilidagi gazeta matniga milliy-madaniy kodni ko‘rsatuvchi bir vosita sifatida qaraladi. “Antroponim kishilarga berilgan atoqli otlardir. O‘zbek tilida bu termin o‘rnida ism, kishi ismi odam otlari, kishi nomlari kabi terminlar qo’llaniladi.
Jurnalistlar tomonidan voqelik asosida yaratilayotgan asarlarda O‘zbekistonning milliy-madaniy koloritini tasvirlashda juda ko‘p realiyalardan foydalaniladi, bu esa o‘zbek xalqining urf-odati va kundalik hayotini to’liq ochib beradi. Chunki realiyalar mamlakat haqida juda ko‘p ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ana shunday realiyalar qatoriga atoqli otlar ham kiradi. Aytish joizki, matbuot matnida antroponimlarning qo‘llanilishi yorqin ifodalangan semantik bahoga ega bo‘ladi va xalq tarixi bilan bog’liq. Tahlilga tortilgan matnlarda eng yorqin antroponimik realiya mashhur tarixiy shaxslarning nomidir. Matbuot sahifalarida o‘zbek xalqi tarixi va madaniyati, san’ati va adabiyoti rivojiga hissa qo‘shgan mashhur yozuvchi, shoirlarning nomlari bilan bog‘liq ma’lumotlarning yoritilishi antroponim realiyalar berilishining muhim qismini tashkil etadi. Masalan:
Inglizzabon gazetalarda: “monument to two outstanding representatives of Uzbek and Tajik literature – Alisher Navoi and Abdurakhman Jami is erected in Samarkand central park named after Alisher Navoi.”; “The National Museum agreed to hand over to Uzbekistan the copies of Diwan-i-Babur, a manuscript by Zakhriddin Muhammad Babur, which dates back to 1528” va h.k.
Rusiyzabon gazetalarda: “Мы поставили перед собой великую цель формирование фундамента нового Ренессанса в нашей стране и с этой целью должны создать среду и условия для воспитания новых Хорезми, Беруни, Ибн Сино, Улугбеков, Навои и Бабуров(Народное слово, 11.03.21)
Gazeta diskursida toponimlarni realiya sifatida qo‘llanishi quyidagi tasnifni o‘z ichiga oladi. Aytish joizki, toponimlar antroponimlar kabi tarjima qilinmaydi. Toponimlar qo‘yidagi tafsiflash orqali tahlil qilindi.
1. Muayyan viloyat yoki hududga mansub toponimlar:
Ingliz tilida:.The largest such enterprises are Nanyang Red Cotton Angel Textile (China) in Andijon region, Elnur And Ruslan Textile (Turkey) in Zangiota district of Tashkent region, as well as Bayteks Ticaret (Turkey) in Tashkent. (Uzbekistan today, 30.07.2010)
Rus tilida:Особое внимание будет уделено культурному и гастрономическому потенциалу регионов, и планируется продолжение съёмок на древних памятниках Хивинской и Бухарской областей” (Narodnoye slovo, 26.04.21);
2. Otlarning ob’ekt nominatsiyasi bilan bog‘liq tasnifi:
Ingliz tilida: “six patrols in the area of Navoi – Uchquduq-2 and Kaskatau station, access roads to the tank farm from the station Yalangach “
Rus tilida: “Один из древнейших городов Ферганской долины Маргилан на протяжении многих веков заслуженно считается центром производства шёлковых тканей” (Uzbekistan airways, 2018.№4);
3. Toponimlarning tarixiy-etimologik, xronologik tasnifi:
Ingliz tilida:“Registan, Bibi Khonim, Ulughbek Observatory, mausoleums, burial vaults… !” (Uzbekistan today, 30.07. 2010)
Rus tilida: “Среди множества причин посещения Самарканда мечеть Биби Ханум стоит особняком.” (Uz.A. 2019.№4)
Ingliz va rus tilidagi gazeta matnlarida uchraydigan ijtimoiy-siyosiy realiyalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
– ma’muriy-hududiy tuzilish sub’ektlarining nomlari;
– hokimiyat nomlari;
– ijtimoiy-siyosiy hayot sub’ektlarining nomlari va h.k.
Ingliz va rus tilida chop etiladigan gazetalarda, asosan, siyosiy realiyalarga misol tariqasida Milliy tiklanish; Adolat; Oliy Majlis; Yuksalish; Vatanparvar, Xakim (xokim); Maxalla kabilarni keltirish mumkin.
Ingliz tilida: Milliy tiklanish, Adolat, Oliy Majlis, Yuksalish, Vatanparvar, Hakim, mahalla va h.k. Рус тилида: Миллий тикланиш, Адолат, Юксалиш, Ватанпарвар, Хаким, махалла ва ҳ.к.
“Bakhrom Abdukhalimov as the candidate for the presidential election in 2021
Sotsialno-demokraticheskaya partiya «Adolat» («Spravedlivost») i samaya molodaya –Ekologicheskaya partiya Uzbekistana” (Narodnoye slovo, 21.10.21);
Mukofot va orden nomlari: : Ingliz tilida:“He has many awards and prizes, including titles People’s Artist of the USSR and People’s Artist of Uzbekistan, Shukhrat and El-yurt Khurmati medals”
Rus tilida:“ Среди представителей педагогической профессии, награжденных орденом «Меҳнат шуҳрати» в честь Дня учителей и наставников...” (Учитель Узбекистана, 21.10.21);
Umummilliy harakat nomlari: Ingliz tilida: “According to the resolution, target parameters have been approved for the number of villages , where construction, repair and landscaping work will be carried out in the framework of the Obod Qishloq and Obod Mahalla programs in 2022-2026”
Rus tilida: “Общенациональное движение «Юксалиш» (Учитель Узбекистана, 8.10.20)).
Milliy chempionat nomlari: Ingliz tilida: “Five thousand participants of the Yangi Nafas race….”; “The Alpomysh and Barchinoy international archery competitions have started ….”
Rus tilida: “В скором будущем возобновится проведение открытого международного чемпионата «Suv parisi...»” (Учитель Узбекистана, 17.12.20); Milliy festival nomlari: Ingliz tilida: “The musical festival “Sharq taronalari” (Melodies of the East) in Samarqand became the pioneer in the development of occasional tourism in our country. ” (Uzbekistan today, 13.08.2010)
Rus tilida: “Международные музыкальные фестивали такие как «Шарк тароналари» в Самарканде, «Фестиваль Адрас» в Маргилане, «Байсун Бахори» в Сурхандарье и многих другие активно посетили тысячи иностранные туристы.( https://uzbekistan.travel)
F.M.Tursunov etnografik voqelik so’zlari jumlasiga turar joy, kiyim, ovqat va ichimliklar, maishiy muassasalar, transport voqeliklari, urf-odatlar va an’analar/bayramlar, vazn, masofa, suyuqlik o‘lchovlari va pul birligi kabilarni kiritadi. Uning fikricha, ular leksik birliklarning ekstralingvistik xususiyatlari va muayyan lingvistik madaniy muhitga xos bo’lgan aniq ma’lumotlar bilan chambarchas bog‘liq.
Etnografik realiyalar:
1. Milliy kiyim-kechak (libos), gazlama va zargarlik buyumlari: atlas, adras, to’n, chapon, do‘ppi, tillaqosh, jamalak, buloqu, tumor, ko‘zmunchok, tillobargak, gajak, sochpupak;
2. Milliy buyumlarni anglatuvchi realiya so‘zlar: so‘zana, bugjama, kurak, qozon, ketmon, lagan, xontaxta
3. O‘zbek milliy taomlari:palov, mastava, atala, norin, qazi, sumalak, xalim, qatiq
4. Musiqiy asar va asboblar nomlari; maqom, lazgi, g‘azal, doira, rubob, tor, dutor, childirma, g‘ijjak, nay, karnay, surnay, nog‘ora, chang
5. Turar joy; o‘tov, qishloq, xujra, choyxona, maqbara, shiypon, kapa
6. O‘zbek milliy bayramlar; Navro‘z, Ramazon, Katta Hayit, Qurbon Hayit, Hosil bayrami, Uzum sayli, Qovun sayli
“Palov” (ba’zi hududlarda osh) o‘zbek milliy taomlarining sultoni sanaladi. O‘zbekistonda haqiqiy o‘zbek palovini tatib ko‘rmagan mehmon o‘zbek madaniyati mohiyati va mehmondo‘stligini anglamagan hisoblanadi. Palov o‘zbeklarning sevimli, ta’bir joiz bo‘lsa, milliy taomi sanaladi. Palov ingliz matbuotida “palov”, “pilof”, “plov”, rus tilida “plov” tarzida berilishi kuzatildi.
Ingliz matbuotida: “...in Uzbekistan and learn what Uzbek palov is really like (Uzbekistan today, 2010. P.6.); “It is believed that a guest who has visited Uzbekistan and has not tasted real Uzbek pilaf has not learned the essence of Uzbek culture and hospitality”. (https://uzbekistan.travel/en/o/the-legend-of-pilaf); “Cooking plov is a pieceof magic, a kind of shamanism. It is indescribable, just cometo see it with your own eyes” (Uzbekistan аirways, 2019. №3) ва ҳ.к
Rus matbuotida: “Плов – царь узбекской национальной кухни. Плов подают на свадебном пиру и по случаю встречи почетного гостя, на многолюдном юбилейном торжестве и в семейном кругу, без плова не обойдется ни дружеская пирушка, ни поминальный стол”.
Ko‘rinadiki, ushbu tushunchalar muqobilsiz leksikaning ko‘plab guruhlaridan birini tashkil etuvchi va alohida xalqlarning milliy-madaniy xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan etnografik voqeliklarga kiradi. Haqiqatdan ham, har bir xalqning voqelikni aks ettiruvchi o‘ziga xos vositalari va olamning lingvistik manzarasini idrok etish usullari mavjud. Turli jamiyatlarda umumiy hayot tushunchalari bir-biriga mos kelishi mumkin, ammo ularni talqin qilish usullari boshqacha tusga ega bo‘lishi va bir-biridan sezilarli darajada farq qilishi haqiqatdir.
Dissertatsiyamizning III -bobi ingliz va rus matbuotida o‘zbek tili muqobilsiz leksikasi ifodalanishining lingvomadaniy xususiyati deb nomlanadi. Sh.Usmanova ta’kidlashicha muqobilsiz leksikani tarjima qilishda ko‘pincha muayyan qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ulardan asosiylari quyidagilar;
1.Tilda ekvivalent umuman mavjud bo‘lmaydi.
2.Tarjimada nafaqat so‘zning tarjimasi, balki undagi milliy kolorit, ma’no nozikligi va o‘ziga xos shiradorlikni ham saqlab qolish zaruratdir.
Tarjimaning lingvomadaniy jihati, zamonaviy tadqiqotlarda tarjima tillararo va madaniyatlararo aloqaning bir shakli sifatida tan olinganligi natijasi, muqobillikni ta’minlashda katta ahamiyat kasb etib bormoqda.
Demak, matbuot materiallari tarjimasida uchraydigan muqobilsiz leksikani tarjima qilish imkoniyatlarini quyidagi asosiy hodisa bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Birinchi usul sifatida transliteratsiya yoki transkriptsiya (to‘liq yoki qisman) larni keltirish joiz. Bu vosita realiyalarni aks ettiruvchi qo‘llanayotgan so‘zni o‘z tilida harflab yozish yoki tarjima qilinayotgan tilda flektsiya bilan so‘z birikmasida berilishi tushuniladi. Matbuot matni tahlili orqali transkriptsiya va transliteratsiyadan ko‘p hollarda atoqli otlar, davlat korxonalari nomlari, o‘quv yurtlari, davlat mukofotlari va h.k. realiya sifatida berilishida kuzatish mumkin matbuot matnida realiyalar yordamida original va tarjima matnlarining bog‘liqligini aniqlash mumkin. Bunda turli xil lingvomadaniy guruhlarga tegishli bo‘lgan kommunikantlarning milliy-madaniy xususiyatlarining o‘ziga xosligini aks ettirishda, matbuot matnining o‘ziga xosligini mazmun, materialning qayta tiklanishi yoki idrok qilinishi, ma’lum retsipiyentga mo‘ljallanganligi alohida ahamiyat kasb etadi. Sarlavha gazetxonga ma’lum so‘zlar orqali aniq ma’lumot beradi. Gazetxon diqqatini berilgan materialga tortadigan unsur albatta sarlavhadir. Sarlavhaning asosiy vazifalaridan biri “ko‘ngil ochish funksiyasidir” Sarlavhalar publitsistik uslubda muhim o‘rin tutadi. Ularning lingvistik va funtsional xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, ayrim tadqiqotchilar gazeta uslubini alohida “janri” sifatida e’tirof etadilar.

Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish