216
“portfolio” mazmunini baholash uchun o’qituvchi maxsus ekspertlar belgilaydi. Materiallarni
mashg’ulot davrida muhokama qilish mumkin. Agar buning uchun alohida vaqt, o’quv soati
ajratilmagan bo’lsa off-line telekonferentsiya rejimida yoki darsdan tashqari vaqtda ta’lim muassasi
sayti forumida amalga oshirish mumkin. Bunday forumda talaba o’zi tanlagan yoki o’qituvchi
tomonidan taklif etilgan bilim sohasi bo’yicha butun kuchini berganligini, uning o’z faoliyatiga
bergan bahosi o’qituvchi va ekspetlar guruhi tomonidan berilgan bahoga mos yoki mos emasligini
isbotlashi zarur. U baholarni qaysi jihatdan to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini ko’rsatishi va o’zining
kelajakdagi ushbu bilim sohasidagi ijodiy faoliyati rejalari bilan xulosalashi lozim.
Agar talabalar o’qituvchining o’ziga nisbatan yaxshi, ochiq va samimiy munosabatda
ekanliklarini his qilishsa, albatta o’z fikrlari, tajribalari va kuzatish natijalari bilan o’rtoqlashadilar.
Chunki, har qanday talaba yoki shaxs o’z ijodiy mehnati natijalari bo’yicha boshqalar fikriga
bee’tibor bo’lishmaydi. Faqat shu yo’l bilangina shaxsni kamol toptirish, o’stirish mumkin. Agar
talabada bunday ishonch bo’lmasa,ochiq muloqat yuzaga kelmaydi. Talaba yuqorida ko’rsatilgan
“portfolio”ni yuritganda ham odatdagidek sukut saqlaydi.
Talabalarni bunday texnologiya asosida tarbiyalash va ularga ta’lim berish rivojlangan
davlatlarda alloqachon o’z o’rnini topgan, chunki Internet bu texnologiyani joriy etish uchun bir
qancha qulayliklarni yarata oladi.
“Talaba portfoliosi” nafaqat akademik o’zlashtirish, balki talabaning kommunikativ
muvaffaqiyatlari, muomula madaniyati, sport va jamoat ishlaridagi faolligi bo’yicha ham yuritilishi
mumkin. Bunday “portfolio” muhokamasida (taqdimotida) ota-onalarni ham faol ishtirok etishlarini
ta’minlash yanada yaxshi natijalarga olib keladi. Ota-onalar o’z farzandlari faoliyati natijalarini
baholashlari uchun o’qituvchi tomonidan yoki ekspert guruh tomonidan taklif etilgan baholash
mezonlari va parametrlaridan foydalanishlari mumkin.
Bunday “portfolio” muallifining o’z fikrlari va o’z-o’zini baholash natijalari muhokamasida
ushbu texnologiya printsiplari va baholash mezonlarini quyidagicha belgilash mumkin:
1.
Aniq bilim sohasidagi faoliyat bo’yicha o’z-o’zini baholash natijalari quyidagi omillar
bilan asoslanadi:
-ma’lum fan sohasi bo’yicha bilimlarni o’quv dasturiga mos kelishi; bilish jarayonida
talabaning mustaqil qarorlar qabo’l qilish qobiliyati,
-o’z qarorlarining oqibatlarini bilish darajasi;
-talabaning kommunikativ qobiliyatlarini xususiyatlari (bahslarda qatnashish, o’z qarorlarini
asoslay olishi, materiallarni ravon va sodda tilda tushuntirib bera olishi).
2.
Tizimli va muntazam o’z monitoringini olib borishi. Talaba biror fan bo’yicha o’z
yutuqlarini nazorat qilib borishni maqsad qilib olsa, u ushbu fan bo’yicha muhim deb hisoblagan
bilimlarini tizimiy ravishda “portfolio”ga joylashtirib boradi. Uning vazifasi- ushbu ishlarni diqqat
bilan tahlil qilib borish, kerakli o’zgartirishlar kiritish, unga tushuntirishlar berish, o’z-o’zini
baholash bo’yicha qisqa hisobot tayyorlash, ya’ni ushbu bilim sohasi bo’yicha u nimalarni
o’zlashtirdi, nimalarni o’zlashtira olmadi yoki tushunmadi, kelajakda nimalarga e’tibor qaratishi
lozim. Shuningdek u bu erda o’z bilimlariga o’qituvchi, ekspertlar va ota-onasi tomonidan qo’ygan
baholarga ham fikrini bildirishi mumkin, ya’ni
-”Portfolio” materiallari tarkibi, barcha yozma tushuntirishlarning mantiqiyligi va aniqligi,
-“Portfolio”da keltirilgan materiallarni to’liqligi va mazmunan tugallanganligi,
-“Portfolio”ni tartib bilan va estetik jihatdan did bilan yaratilganligi,
-“Talaba portfoliosi” taqdimotini ko’rgazmali, yaqqol va asoslangan holda bo’lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: