Yutuqlar portfoliosi
» talabaning o’quv-tarbiyaviy jarayondagi eng yaxshi ishlari va
yutuqlarini ko’rsatuvchi hujjatlardan tashkil topadi. Bu portfolioga talaba o’z xohishi bilan o’zining
eng yaxshi loyihalarini, olgan tashakkurnomalari, maqtov yorliqlari, diplomlari, taqrizlar va o’z
faoliyatini namoyish qiluvchi rasmlarni kiritishi mumkin.
Talabaning elektron portfoliosi- e-portfolio
Keyinga vaqtlarda rivojlangan davlatlarida e-Portfolio deb nomlanuvchi
“Talabaning
elektron portfoliosi”
keng qo’lla- nilmoqda. Bu oddiy Word formatidagi
papka
bo’lmasdan,
maxsus
multimedia
tizimida
yaratilgan
“
portfolio
”
hisoblanadi. Talaba uni osonlik bilan to’ldirishi, tahlil
qilishi, yangi materiallarni joylashtirishi, o’zi tanlagan axborotlarni boshqarishi mumkin.
e-Portfolio ning uch xil varianti tavsiya etiladi:
1.
Rivojlantirish
portfoliosi-
developmental
(rivojlanishning
xususiy
kompetentsiyasi).
2.
Erishgan yutuqlar portfolisi – assessment.
3.
Namoyish
portfolisi - showcase
Rivojlantirish portfolisi (developmental) – shaxsiy yutuqlar
va kamchiliklar refleksiyasi uchun qo’llaniladi. Bu bosqichda talaba va o’qituvchi o’rtasida o’zaro
aloqa, munosabat, ta’sir asosiy rol o’ynaydi.
Erishgan yutuqlar portfolisi (assessment) –talabaning fan bo’yicha erishgan yutuqlari va
bilimini aniq va to’g’ri baholash uchun xizmat qiladi.
Namoyish portfolisi (showcase) – o’quv kursini yakunida yaratiladi va talabaning olgan
bilimlarini (tayyor kadr sifatida) potentsial ish beruvchiga taqdim qilish yoki o’qishni davom
ettirishga tavsiya etish maqsadida tashkil etiladi. Bu turli ko’rinishdagi Curriculum Vitae
hisoblanadi.
e-Portfolio yuqorida keltirilgan uch variantning birga- likdagi ko’rinishida ham bo’lishi
mumkin. Bunda multimedia axborotlardan ham foydalaniladi.
e-Portfolio talabaning o’zlashtirishi va turli sohalardagi erishgan yutuqlari monitoringini
yuritishning printsipial yangi, refleksiyaga asoslangan vositasi bo’lib, talaba bilimi natija- larini ball
tizimida emas, balki sifat jihatdan baholash imkonini beradi. e-Portfolio yaratish uchun maxsus
dasturlar ishlab chiqilgan, masalan Angel qobig’i.
“On
lain-portfolio
”
turli
ko’rinishda
o’lishi mumkin.
Masalan:
- kursning umumiy saytida buning uchun maxsus ajratilgan bir qancha hujjatlar va
materiallarni yoqlash orqali talaba tomonidan to’zilishi mumkin;
-
talabaning shaxsiy veb-varag’ini yaratish orqali to’zilishi va unga o’quv kursi bo’yicha o’z
tushunchalari asosidagi hisobotlar kiritilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |