Talaba portfoliosini baholash mezonlari
Talaba o’z-o’zini baholashda o’z faoliyatiga tanqid nuqtai nazaridan qarashi, nima uchun
aynan ushbu bo’lim yoki mavzularni tanlaganligini o’zi mantiqan bilishi, bu uning ushbu fan
bo’yicha umumiy bilimida qanday rol o’ynashi mumkinligini ifoda etishi kerak. «portfolio»
yaratishdagi eng murakkab masala - taqdimotga loyiq materiallarni tanlash, ushbu materiallarga
tushunarli tilda, ravon, mantiqan mazmunga boy va qisqa izoh yozish hisoblanadi. Materiallarni
to’g’ri tanlash, ularga izoh yozish hamda uni ob’yokiv baholashda quyidagi savollardan foydalanish
mumkin:
218
Talaba faoliyati bo’yicha savollar:
-“Portfolio”ga material tanlashda siz qanday ishlarni amalga oshirdingiz? Nimaga erishdingiz,
nimalarda qiynaldingiz?
-“Portfolio”da siz qiynalgan biror material bormi?
-Sizda “portfolio” yaratish bo’yicha mos namuna bormi? Axborotlarni qanday tashkil
qildingiz?
-Muammolarni qaytadan yorita olasizmi (topshiriqni yanada oddiyroq so’zlar bilan)?
-Qaysi so’zlar, iboralar bu erda ahamiyatlliroq bo’ldi, nima uchun?
-Muammoni qayta yoritish qanchalik ratsional bo’ldi?
-Bu masala, muammo qanday savollarni keltirib chiqarishi mumkin?
-Siz ushbu savollarga yaqinroq savollar tuza olasizmi?
-Ushbu masalani yoki muammoni hal etishda siz uchun nimalar eng qiyin kechdi?
-Ushbu masalani, muammoni echish bilan siz qanday yangi bilimlarga erishdingiz?
-Hayotda ushbu masala, muammoga o’xshash holatlar bo’lishi mumkinmi?
-Siz tavsiya etga javob ushbu muammo echimining yagona yo’limi?
-Guruhiy ishlashga qanday munosabat bildirasiz? Mashg’ulotda sizga nimalar yoqadi,
nimalar yoqmaydi?
-Ushbu masala sizning fan bo’yicha bilimlaringizni yanada ortdirishda foydali bo’ladimi?
-Ota-onalar yoki taqrizchilarga savollar bera olasizmi?
-“Portfolio”dan sizning birinchi taasurotingiz qanday?
O’qituvchi faoliyati bo’yicha savollar:
-Talabaning “portfolio” materiallarini taqdimot qilishida sizni nimalar hayron qoldirdi, siz
kutmagan holatlar bormi?
-O’z ishingizdan faxrlanish hissi bormi?
-O’z talabangizga kelajakda yordam berish uchun nimalar qilmoqchisiz?
-“portfolio” materiali qanchalik aniq va mantiqan to’g’ri tashkil etilgan?
-Talaba o’z portfoliosini qanchalik mustaqil yaratdi?
-“Portfolio”ni to’zishda sizdan tez-tez maslahat oldimi?
-“Portfolio”ni to’zishda o’zi mustaqil qanday materiallar va texnologiyalardan foydalangan?
Talaba portfoliosini ota-onalar va taqrizchi tomonidan baholashda yuqorida keltirilgan
savollardan asos sifatida foydalanish mumkin.
Yuqorida ta’kidlanganidek,talaba portfoliosini yaratishning turli xil yo’llari va usullari
mavjud. U albatta ta’lim yo’nalishi yoki fanning xususiyatiga hamda portfolioning davomiyligiga
(boshlanish va tugash vaqtiga) bog’’liq bo’ladi.
Eng muhim va asosiy maqsad, talabani o’zining shaxsiy ishlarini, yutuq va kamchiliklarini
o’zi ob’ektiv tahlil qila olishga, imkoniyat va qobiliyatlarini ko’ra olishga, qiyinchiliklarni engish
va yanada yuqoriroq yutuqlarga erishish yo’llarini mustaqil aniqlay olishga o’rgatishdan iborat.
Bunday holda talabaning o’quv jarayondagi o’z faoliyatiga mas’uliyati yanada ongli ravishda
kechadi. Bu erda ota-onalar va xolis taqrizchilarning faol ishtirok etishlari juda muhim hisoblanadi.
Natijada talabaning ma’lum soha bo’yicha ta’lim olishdagi ob’ektiv rivojlanishi o’qituvchiga ham,
talabaning o’ziga ham yaqqol namoyon bo’ladi. Talabaning fan bo’yicha bilimini, qobiliyatini,
intilishlarini va kelajakdagi rejalarini xolisona va to’g’ri baholash sharoiti yaratiladi. Talabada
o’ziga ishonch yuzaga keladi.
“Talaba portfoliosi” turlari
Rivojlangan davlatlarda «portfolio» texnologiyasi keyingi yillarda ta’lim tizimining barcha
219
bo’g’inlarida keng qo’llanilmoqda. Rossiyada talaba yoki talaba portfoliosi 2003 yildan e’tiboran
turli modellarda ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida tadbiq etilmoqda.
“Talaba portfolio”sini yaratishda uning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |