Asosiy vositalarning eskirishi bo‘yicha sintetik hisobi 02 “Asosiy vositalarning
eskirishi”
schyotida quyidagi subschyotlarga bo‘lingan holda aks ettiriladi:
020 “Turar-joy imoratlarning eskirishi”;
021 “Noturar joy imoratlarning eskirishi”;
86
022 “Inshootlarning eskirishi”;
023 “Mashina va jihozlarning eskirishi”;
025 “Transport vositalarining eskirishi”;
029 “Boshqa asosiy vositalarning eskirishi”.
Mazkur subschyotlarning kredit tomonida asosiy vositalarga eskirish hisoblanishi, debet
tomonida esa, isoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Budjet tashkiloti ishchi schyotlar rejasini tasdiqlayotganda “Asosiy vositalarning eskirishi”
schyotining tegishli subschyotlarini tashkilotga kirim qilingan asosiy vositalar manbaalari
bo‘yicha eskirish hisoblanishini alohida shakllantirib olishi mumkin. Masalan 023/1 “Mashina
va jihozlarning eskirishi (budjet mablag‘i hisobidan)”, 023/2 “Mashina va jihozlarning
eskirishi (rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘i hisobidan)” va xokazo.
5.Asosiy vositalarni balansdan chiqarilishi hisobi.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni hisobdan chiqarilishi “Asosiy vositalarni
balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risida Nizom” (O‘zR Moliya vazirining 2004 yil 16
avgustdagi 101-son Buyrug‘i bilan tasdiqlangan) ga va boshqa qonuniy xujjatlarga tartibga
solinadi.
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansidan chiqariladi:
- tugatish;
- sotish;
- beg‘araz berish;
- kamomad yoki yo‘qotishning aniqlanishi;
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.
Asosiy vositalar qisman tugatilgan holda uning dastlabki (tiklash) qiymati va jamlangan
eskirish summasi tegishligicha ob’ektning tugatilgan qismining dastlabki (tiklash) qiymati va
jamlangan eskirish summasiga kamaytiriladi.
Asosiy vositalar quyidagi hollarda ularni tugatish munosabati bilan balansdan hisobdan
chiqarilishi
mumkin:
a) belgilangan xizmat muddati tugaganidan (to‘liq eskirish hisoblab yozilganidan) keyin;
b) jismoniy eskirish, halokatlar, tabiiy ofatlar, foydalanishning risoladagi shart-
sharoitlarini buzish oqibatida yaroqsiz holga kelganlari;
v) ma’nan eskirganlari;
g) tegishli davlat organlarining qarorlari bo‘yicha chiqib ketadiganlari;
d) korxona va tashkilotlarning qurilishi, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilinishi,
zamonaviylashtirilishi va texnik qayta jihozlanishi munosabati bilan chiqib ketadiganlari.
Tiklanishi mumkin bo‘lmagan yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan
asosiy vositalar tugatilishi kerak.
Asosiy vositalarni tugatilishi munosabati bilan hisobdan chiqarilishida belgilangan
tartibda mutaxassislar tomonidan nuqsonlar dalolatnomasi tuziladi. Ushbu dalolatnomada
asosiy vositani xolati aks ettiriladi. Qonunchilikda belgilangan tartibda budjet tashkiloti
yuqori tashkilotga asosiy vositani tugatilishi munosabati bilan hisobdan chiqarilishi bo‘yicha
yozma murojat qiladi va ijobiy javob olingandan so‘ng tashkilot raxbari tomonidan
tasdiqlangan doimiy faoliyat qiluvchi komissiya tomonida tegishli dalolatnomalar tuzilib
hisobdan
chiqariladi.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni sotish “Budjet tashkilotlari va davlat unitar
korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan b’ektlarini sotish,
shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risida Nizom”
(Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 31 dekabrdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan)ga asosan
tartibga
solinadi.
Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan ob’ektlarini sotish
quyidagi shartlardan biri qoniqtirilgan taqdirda amalga oshiriladi:
- belgilangan xizmat qilish muddatining tamom bo‘lishi (to‘liq eskirish hisobga
o‘tkazilishi);
87
- ularning jismoniy eskirishi, avariyalar, tabiiy ofatlar, foydalanishning normal sharoitlari
buzilishi oqibatida yaroqsiz holga kelishi;
- ma’naviy eskirishi;
-
budjet
tashkilotlarining
qurilishi,
kengaytirilishi,
rekonstruksiya
qilinishi,
modernizatsiya qilinishi va qayta tashkil etilishi munosabati bilan bo‘shab qolishi.
Budjet tashkilotlarining binolari va inshootlari (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan
binolari va inshootlari) O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi yoki uning hududiy
boshqarmalari tomonidan xususiylashtirish tartibida sotiladi.
Budjet tashkilotlarining qolgan asosiy vositalari budjet tashkilotlari tomonidan yuqori
tashkilot bilan kelishgan holda, yuqori tashkilot bo‘lmagan taqdirda - qonun hujjatlariga
muvofiq mustaqil ravishda sotiladi. Bunda:
- bir inventar ob’ektning qoldiq qiymati O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng
kam oylik ish haqining (budjet tashkiloti tomonidan sotish to‘g‘risida qaror qabul qilingan
paytda) yuz baravari miqdoridan ortiqni tashkil etadigan avtomototransport vositalari,
shuningdek boshqa asosiy vositalar asosiy vositalar qiymatini baholash tashkilotlari
tomonidan baholangandan keyin ommaviy savdolarda sotilishi kerak;
- bir inventar ob’ektning qoldiq qiymati O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng
kam oylik ish haqining (budjet tashkiloti tomonidan sotish to‘g‘risida qaror qabul qilingan
paytda) yuz baravari miqdoridan ortiq bo‘lmagan asosiy vositalar budjet tashkilotlari
tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali sotiladi.
Yuqori tashkilotning (mavjud bo‘lganda) talabiga ko‘ra yoki budjet tashkilotlarining o‘z
tashabbusi bilan ushbu asosiy vositalar asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari
tomonidan baholangandan keyin ommaviy savdolarda sotilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi budjet tashkilotlari hisoblanadigan
vakolatxonalarining asosiy vositalari va qurilishi tugallanmagan ob’ektlari quyidagi tartibda
sotiladi:
- binolar va inshootlar (qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar ham shu jumlaga
kiradi) - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida;
- qolgan asosiy vositalar - O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi vakolatxonalari
tomonidan yuqori tashkilot bilan (mavjud bo‘lganda) kelishgan holda vakolatxona joylashgan
mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali
mustaqil
ravishda
sotiladi.
Binolar va inshootlarni (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarni)
sotishdan tushgan mablag‘lar Davlat mulki qo‘mitasining maxsus g‘aznachilik hisob
raqamida jamlanadi va ular, sotib olish manbalaridan qat’i nazar, Davlat mulki qo‘mitasi
tomonidan xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar sifatida taqsimlanadi.
Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablag‘lar O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy
hisob raqamlarida jamlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar budjet tashkilotlari tomonidan
quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi - tegishli budjet daromadiga o‘tkaziladi;
50 foizi - budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha budjet tashkilotlarining O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy
hisob
raqamlarida
qoladi.
Budjet tashkilotlari tomonidan asosiy vositalar ommaviy savdolarda sotilgan taqdirda
mablag‘larni taqsimlash ularni baholash va sotish xarajatlari chiqarib tashlangandan keyin
amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan budjet tashkilotlari tomonidan
faoliyat ixtisosligiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga (shu jumladan,
avtomototransport vositalarini sotib olishga), shuningdek kreditorlik qarzni (mavjud
bo‘lganda) to‘lashga yo‘naltiriladi. O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi budjet
tashkilotlari hisoblanadigan vakolatxonalarining asosiy vositalari va qurilishi tugallanmagan
ob’ektlarini
sotishdan
tushgan
mablag‘lar:
88
- binolar va inshootlar bo‘yicha (qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar ham shu
jumlaga kiradi) - ularni sotish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
alohida qarorlarida belgilangan tartibda;
- qolgan asosiy vositalar bo‘yicha - xarajatlar smetasida nazarda tutilgan asosiy
vositalarni
sotib
olishga,
faoliyat
ixtisosligiga
muvofiq
moddiy-texnik
bazani
mustahkamlashga, shuningdek kreditorlik qarzni (mavjud bo‘lganda) to‘lashga taqsimlanadi.
Asosiy vositalarni beg‘araz berish yuqori tashkilot bilan kelishilgan xolda
qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya natijasida asosiy vositalar bo‘yicha kamomad yoki yo‘qotishning
aniqlanishi ulan undirilishi “Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va
ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” (Moliya
vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
2004 yil 10 martdagi 37, 2004-26, 20/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan) ga asosan tartibga
solinadi. Ushbu nizomga asosan ish beruvchining mulkiga yetkazilgan zarar hajmi, zarar
uchun xodimning moddiy javobgarlik chegaralari va tartibini aniqlash O‘zbekiston
Respublikasi
Mehnat
kodeksi
bilan
tartibga
solinishi
ko‘rsatilgan.
Bir oylik o‘rtacha ish xaqidan oshmaydigan yetkazilgan zarar summasini aybdor xodimdan
undirish ish beruvchining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi. Farmoyish yetkazilgan
zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi mumkin. Bunda zarar
hajmi inventarizatsiya o‘tkazish davrida mazkur joyda amal qilayotgan bozor baholari
bo‘yicha hisoblanadi. Agar xodimdan undirilishi lozim bo‘lgan yetkazilgan zarar summasi
uning o‘rtacha oylik ish xaqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik
muddat o‘tgan bo‘lsa, undirish sud orqali amalga oshiriladi. Ish beruvchining mulki
o‘g‘irlanganda, kam chiqqanda, qasddan yo‘qotish yoki qasddan buzish natijasida hamda
boshqa hollarda yetkazilgan zarar hajmi bozor qiymati bo‘yicha hisoblanadi.
Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun
quyidagilardan foydalanish mumkin:
a) ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan va ularning rasmiy dilerlaridan, tovar xom ashyo
birjalaridan, ko‘chmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday mahsulotga
doir narxlar to‘ѓrisidagi ma’lumotlar;
b) Markaziy bankning kamomad (ortiqcha) aniqlangan sanadagi va tegishli mulkni sotib
olish sanasidagi kurslarning nisbati shaklida aniqlangan hisob-kitob koeffitsiyentini qo‘llagan
holda sotib olish sanasidagi (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda) mol-mulklarning erkin
konvertatsiyalanadigan valyuta (EKV) dagi qiymati to‘g‘risidagi
ma’lumotlar;
v) tegishli davlat idoralarida mavjud bo‘lgan narxlar darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
g) inventarizatsiya o‘tkazilayotgan davrda ommaviy axborot vositalari va maxsus
adabiyotlarda e’lon qilingan narx darajalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
d) tegishli mol-mulkning qiymati to‘g‘risida baholovchining ekspert xulosasi.
Asosiy vositalarni ularning tugatilishi sababli hisobdan chiqarish to‘g‘risida komissiya
tomonidan qabul qilingan qaror natijalari budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni hisobdan
chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma bilan (AV-4-son shakl, byudj.), shu jumladan, transport
vositalari bo‘yicha budjet tashkilotlarida transport vositalarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi
dalolatnoma (AV-4a-son shakl, byudj.) bilan, kutubxonadagi mavjud adabiyotlarni hisobdan
chiqarish budjet tashkilotlari kutubxonasida mavjud bo‘lgan adabiyotlarni hisobdan chiqarish
bo‘yicha dalolatnoma (444-son shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomalar
komissiya tomonidan ikki nusxada tuziladi va barcha komissiya a’zolari tomonidan
imzolanadi. Birinchi nusxasi buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxasi asosiy vositalar
ob’ektlarining saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan shaxsda qolib, hisobdan chiqarish natijasida
qolgan moddiy qimmatliklar yoki temir-tersakni omborga topshirish yoki sotish uchun asos
bo‘ladi. Transport vositasini hisobdan chiqarishda buxgalteriyaga dalolatnoma bilan
birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat
xizmati organlarida hisobdan chiqarilganligini tasdiqlaydigan hujjat ham taqdim qilinadi.
89
Ushbu dalolatnomalar tashkilot rahbari (yoki uning o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanguniga
qadar asosiy vositalarni qismlarga bo‘lish va demontaj qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Asosiy
vositalarni hisobdan chiqarish va joydan-joyga ko‘chirish operatsiyalarining hisobi 438-son
shakldagi jamlanma qaydnomada (9-memorial orderda) olib boriladi. Jamlanma qaydnomaga
yozuvlar har bir hujjat bo‘yicha yoziladi. Bunda, “Jami” ustunida (tikqatorida) yoziladigan
hisobdan chiqarilgan va joydan-joyga ko‘chirilgan moddiy ashyolar summasi subschyotning
debet bo‘yicha summasiga teng bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |