“ budjet hisobi ” fanidan O’quv–uslubiy majmua


Nomoddiy aktivlar kirimini hisobga olish va ularni baholash xamda ularni



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/329
Sana26.05.2022
Hajmi7,57 Mb.
#610118
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   329
Bog'liq
BUDJET HISOBI fani UMK-2018 K.Ibragimov

7.Nomoddiy aktivlar kirimini hisobga olish va ularni baholash xamda ularni 
balansdan chiqarilishi hisobi. 
Nomoddiy aktivlar kirimi hisobi buxgalteriya hisobida belgilangan tartibda buxgalteriya 
birlamchi, yig‘ma va hisob registrlarida aks ettiriladi. Jumladan: 
nomoddiy aktivlar tashkilot tomonidan yaratilaganda nomoddiy aktivni barpo etish 
to‘g‘risida shartnoma, ob’ektni barpo etishga ketgan xarajatlarni tasdiqlovchi xujjatlar
ob’ektni kirim qilib olish to‘g‘risidagi dalolatnoma; 
Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha ob’ektni sotib olishda xuquqlar berilganligi to‘g‘risida 
shartnoma, amalga oshirilgan to‘lovlarni tasdiqlovchi xujjatlar, qabul qilib olish 
dalolatnomasi; 
Beg‘araz kelib tushishi bo‘yicha xuquqlar berilganligi to‘g‘risida shartnoma, qabul 
qilish dalolatnomasi, baxolash dalolatnomasi.
Ortiqcha (hisobga olinmagan) nomoddiy aktivlar ob’ektlarini aniqlash bo‘yicha 
inventarizatsiya 
dalolatnomasi.
Nomoddiy aktivlar kirimi bilan bog‘liq xarajatlar xar bir inventar ob’ekt bo‘yicha jamlanma 
qaydnoma tuzilib buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida AV-6 shakldagi inventar kartochka 
ochiladi, buxgalteriya yozuvlari berilib 6-memorial order yoki 274-son shakldagi memorial 
order , memorial orderga asosan 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga 
tushiriladi.
Nomoddiy aktivlar foydalanishga yaroqsiz holga kelguniga qadar hisobda aks ettiriladi. 
Foydalanishga yaroqsiz holga kelgan nomoddiy aktivlar belgilangan tartibda hisobdan 
chiqariladi.
Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida tashkilot balansidan hisobdan chiqariladi: 
-tugatish; 
-sotish; 
-beg‘araz berish; 
-kamomad yoki yo‘qotishning aniqlanishi; 
-qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar. 
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi bilan bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya 
hisobida aks ettirish uchun quyidagi xujjatlar rasmiylashtiriladi: 
tugatish bo‘yicha amal qilish muddati tugaganligi tufayli hisobdan chiqarilganda – 
hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma; 
sotish bo‘yicha – shartnoma, xaq olinganligini tasdiqlovchi to‘lov xujjatlari, chiqib 
ketish to‘g‘risida dalolatnoma; 
beg‘araz berilish bo‘yicha - chiqib ketish to‘g‘risida dalolatnoma; 
kamomad yoki yo‘qotishning aniqlanishi bo‘yicha – inventarizatsiya dalolatnomasi. 
Nomoddiy aktivlarni chiqib ketishiga oid buxgalteriya xujjatlariga asosan buxgalteriya 
yozuvlari berilib 274-son shakldagi memorial order rasmiylashtiriladi. Memorial orderga 
asosan 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi (5-chizma). 
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha sintetik hisob 03 “Boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy 
aktivlar” schyotining 030 “Nomoddiy aktivlar” subschyotida yuritiladi. Bu schyotning debet 
tomonida nomoddiy aktivlar kirimi qiymati, kredit tomonida nomoddiy aktivlarni hisobdan 
chiqarilishi qiymati aks ettiriladi. Budjet tashkiloti ishchi schyotlar rejasini tasdiqlayotganda 
030 “Nomoddiy aktivlar” subschyotini tashkilotga kirim qilingan nomoddiy aktivlar 
manbaalari bo‘yicha alohida shakllantirib olishi mumkin. Masalan 030/1 “Nomoddiy 


92 
aktivlar(budjet mablag‘i hisobidan)”, 030/1 “Nomoddiy aktivlar (rivojlantirish jamg‘armasi 
mablag‘i hisobidan)” va xokazo. 

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish