3.Asosiy vositalarni hisobvaraqlarda aks ettirish
Buxgalteriya hisobida asosiy vositalarning sintetik hisobi 01 “Asosiy vositalar” schyotida
yuritiladi.
01 “Asosiy vositalar” schyoti quyidagi subschyotlarga bo‘linadi:
010 “Turar-joy imoratlar”;
011 “Noturar joy imoratlar”;
012 “Inshootlar”;
013 “Mashina va jihozlar”;
015 “Transport vositalari”;
018 “Kutubxona fondi”;
019 “Boshqa asosiy vositalar”.
010 “Turar-joy imoratlar” subschyotida to‘liq yoki asosan turar-joy uchun belgilangan
binolar (turar-joy binolarining umumiy foydali maydoni, barcha maydonni 50 foizidan kam
bo‘lmagan) hisobga olinadi. Shuningdek, ushbu subschyotda tashkilotlarning balansida
bo‘lgan va o‘z xodimlarining, jumladan xarbiy xizmatchilarning yashashi uchun
foydalaniladigan binolari ham hisobga olinadi.
011 “Noturar joy imoratlar” subschyotida turar-joy bo‘lmagan barcha imoratlar,
jumladan, ishlab-chiqarish xo‘jalik binolari, boshqaruv organlari, ijtimoiy-madaniy (o‘quv
yurtlari, kasalxonalar, poliklinikalar va ambulatoriyalar, internatlar, qariyalar va nogironlar
uylari, maktabgacha ta’lim muassasalari, kutubxonalar, klublar, muzeylar, laboratoriyalar va
boshqalar) va tashkilotlar tomonidan band qilingan boshqa binolar hisobga olinadi.
012 “Inshootlar” subschyotida quyidagilar hisobga olinadi: vodokachkalar, stadionlar,
basseynlar, yo‘llar, ko‘priklar, yodgorlik-haykallari, parklar, hiyobonlar va jamoat
bog‘larining, shuningdek tashkilotlarning to‘siqlari va boshqalar.
Bundan tashqari, ushbu subschyotda elektr uzatkich tarmoqlar, transmissiyalar va quvur
o‘tkazgichlar (ularga tegishli barcha oraliq moslamalari bilan), transformatsiya (o‘zgartirish)
va quvur o‘tkazgichlarda suyuq va gazsimon moddalarni iste’molchilarga yetkazish uchun
energiya uzatgichlar va boshqalar ham hisobga olinadi. Bunda, elektr stansiyalarning,
gazkompressor, nasos va boshqa stansiyalarning binolari 011 subschyotda, ularning jihozlari
esa,
013
subschyotda
hisobga
olinadi.
013 “Mashina va jihozlar” subschyotida quyidagilar: kuchlanish mashinalari va jihozlar, ish
mashinalari va jihozlar, o‘lchov asboblari, tartibga soluvchi asboblar va moslamalar,
laboratoriya jihozlari, hisoblash texnikasi, meditsina jihozlari hamda boshqa mashina va
jihozlar
alohida
guruhlarga
ajratilib
hisobga
olinadi:
1) kuchlanish mashinalari va jihozlar, issiqlik va elektr energiyasini hosil qiluvchi mashina-
generatorlar va turli xil energiyani (suv, shamol, issiqlik, elektr energiyasi va h.k.) mexanik,
ya’ni,
harakat
energiyasiga
aylantirib
beruvchi
mashina
dvigatellar;
2) ish mashinalari va jihozlar, mahsulot yaratish yoki ishlab chiqarish tusidagi xizmatlar
jarayonida mehnat predmetiga mexanik, issiqlik va kimyoviy ta’sir ko‘rsatishga hamda ishlab
chiqarish jarayonida mehnat predmetini mexanik dvigatellar, inson va hayvonlar kuchi
yordamida joydan-joyga ko‘chirish uchun mo‘ljallangan mashinalar, apparatlar va jihozlar;
3) o‘lchov asboblari – dozatorlar, ampermetrlar, barometrlar, vattmetrlar,
vaakummetrlar, vaporimetrlar, voltmetrlar, balandlik o‘lchagichlar, galvonometrlar,
geodeziya asboblari, gidroskoplar, indikatorlar, kompasslar, monometrlar, xranometrlar,
maxsus tarozilar, o‘lchagichlar, kassa apparatlari, elektr energiyasi, gaz, suv o‘lchash
asboblari
va
boshqalar;
4) tartibga soluvchi asboblar va moslamalar, kislorod nafas oldirgich asboblar, elektr,
pnevmatik va gidravlik muntazamlashtirib turuvchi moslamalar, avtomatik boshqarish
83
pultlari, markazlashtirish, blakirovka qilish apparaturalari, dispecherlik nazorati liniyasi
moslamalari va boshqalar;
5) laboratoriya jihozlari – pirometrlar, regulyatorlar, kalorimetrlar, nam o‘lchagich
asboblar, tutish kublari, laboratoriya kopralari, gaz o‘tkazmaslikni sinash uchun mo‘ljallangan
asboblar, mikroskoplar, termostatlar, stabilizatorlar, surib oluvchi shkaflar va shu kabilar;
6) hisoblash texnikasi – elektron-hisoblash, boshqaruvchi va analogli mashinalar,
kompyuterlar va unga qo‘shimcha qurilmalar, printerlar, uyali va mobil aloqa apparatlari,
raqamli hisoblash mashinalari va moslamalari (klavishli hisoblash va jamlovchi mashinalar,
perforatsion
hisoblash
mashinalari)
va
boshqalar;
7) meditsina jihozlari – meditsina jihozlari (tish davolash kreslolari, operatsiya stollari,
maxsus jihozli krovatlar va boshqalar), dizenfeksiyalovchi va dezinseksionlovchi maxsus
jihozlar, sut oshxonalari va sut stansiyalarining, qon quyish stansiyalarining jihozlari va
boshqalar;
8) asbob-uskunalar – mexanizatsiyalashtirilgan va mexanizatsiyalashtiril-magan umumiy
foydalanishga mo‘ljallangan mehnat qurollari, shuningdek, materiallarga ishlov beruvchi
mashinalarga biriktirib qo‘yilgan predmetlar. Ularga quyidagilar kiradi: kesuvchi,
zarbberuvchi, presslovchi va zichlovchi qo‘l mehnati qurollari, bularga elektr energiyasi,
siqilgan havo va shunga o‘xshashlar yordamida ishlovchi mexanizatsiyalashtirilgan qo‘l
mehnati qurollari ham kiradi (elektrodrellar, kraskopultlar, elektr vibratorlar, gayka
buragichlar va boshqalar), shuningdek, materiallarga ishlov berishga, montaj ishlarini
bajarishga va shunga o‘xshashlarga mo‘ljallangan turli xil moslamalar (tiskilar, patronlar,
bo‘lgich golovkalar, avtomobil dvigatellarini o‘rnatish uchun va kardanli valni aylantirish
uchun mo‘ljallangan moslamalar) va boshqalar;
9) ishlab-chiqarish inventarlari va buyumlari – ish vaqtida ishlab chiqarish
operatsiyalarini yengillatishga xizmat qiladigan predmetlari, ish stollari, verstaklar,
kafedralar, partalar va boshqalar, mehnatni muhofaza qilishga qaratilgan jihozlar: suyuq va
sochiluvchan jismlarni saqlashga mo‘ljallangan moslamalar (baklar, tanlar, omborlar va
boshqalar), savdo shkaflari va stelajlari, inventarlar, ish mashinalari qatoriga qo‘shib
bo‘lmaydigan
texnika
predmetlari;
10) xo‘jalik inventarlari – idora jihozlari, ko‘chma barerlar, kiyim ilgich, garderoblar, turli xil
shkaflar, divanlar, stollar, kreslolar, yonmaydigan (yong‘inga chidamli) shkaflar va qutilar,
yozuv mashinkalari, gektograflar, kapirograflar va boshqa apparatlar, ko‘chma o‘tovlar,
palatkalar (kislorodlilardan tashqari), krovatlar (maxsus jihozli krovatlardan tashqari),
gilamlar, pardalar va boshqa xo‘jalik inventarlari va shuningdek, yong‘inga qarshi predmetlar
–
gidropultlar,
stendlar,
qo‘l
narvonlari
va
h.k;
11) boshqa mashina va jihozlar – yuqoridagi guruhlarda nomi keltirilmagan mashinalar,
apparatlar, sport maydonlari, stadionlar va sport binolarining jihozlari (shu jumladan sport
anjomlari), o‘quv yurtlaridagi xonalar va ustaxonalarning jihozlari, muzika asboblari,
televizorlar,
radioapparaturalar,
ilmiy-tadqiqot
muassasalari
va
ilmiy
ish
bilan
shug‘ullanuvchi boshqa muassasalarning maxsus jihozlari, ATS jihozlari, o‘t o‘chirishda
ishlatiladigan mexanik narvonlar, kir yuvadigan va tikuv mashinalari, sovitkichlar
(muzlatkichlar),
chang
yutgichlar
va
boshqalar.
015 “Transport vositalari” subschyotida quyidagilar alohida guruhlarga ajratilib odamlarni va
yuklarni
tashishga
mo‘ljallangan
barcha
turdagi
vositalar
hisobga
olinadi:
1) temir yo‘l, suv va avtomobil transportining harakatdagi tarkibi (elektrovozlar, teplovozlar,
paravozlar, motovozlar, motodrezinalar, vagonlar, platshakllar, sisternalar, teploxodlar,
paroxodlar, dizel-elektroxodlar, buksirlar, barjalar va barkalar, qutqaruvchi qayiqlar, suzuvchi
pristanlar, parusli kemalar, yuk avtomobillari va yengil avtomobillar, pritseplar,
avtosamosvallar, avtotsisternalar, avtobuslar, tortuvchi traktorlar va boshqalar);
2) havo transportining harakatdagi tarkibi (samolyotlar, vertalyotlar va boshqalar);
3) ot-aravalar (aravalar va boshqalar);
84
4) ishlab-chiqarish transporti (elektrokaralar, mototsikllar, motorolerlar, velosipedlar,
aravachalar va boshqalar);
5) sport transportining hamma turlari.
Bunda,
yuk
tortadigan
va
sport
otlari
hamda
boshqa
ish
hayvonlari
019 “Boshqa asosiy vositalar” subschyotida hisobga olinadi.
018 “Kutubxona fondi” subschyotida kutubxona fondlari, kitoblarning ayrim
nusxalarining qiymatidan qat’i nazar hisobga olinadi. Kutubxona fondiga ilmiy, badiiy va
o‘quv adabiyotlari,
adabiyotning maxsus turlari va boshqa nashrlar kiradi.
019 “Boshqa asosiy vositalar” subschyotida alohida guruhlarga ajratilib quyidagilar
hisobga
olinadi:
1) ko‘p yillik daraxtlar va ekinlar. Ko‘p yillik daraxtlar va ekinlarga sun’iy ko‘p yillik
ko‘chatlar (ularning yoshidan qat’i nazar), mevali ko‘chatlarning hamma turlari (daraxt va
butalar), ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, hiyobonlar, muassasalar hududida turarjoy uylarining
hovlilaridagi ko‘kalamzorlashtiruvchi va manzarali daraxt va butalar, yashil to‘siqlar, qordan
to‘suvchi va dalalarni himoya qiluvchi, qumlarni va daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash uchun
ekiladigan daraxtlar, jar va soy yoqalariga ekiladigan daraxtlar va shunga o‘xshashlar,
botanika bog‘lari va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalarining hamda o‘quv yurtlarining ilmiy
maqsadlarga mo‘ljallangan sun’iy daraxtlari va boshqa ko‘p yillik sun’iy daraxtlar (hamma
turdagi yosh daraxtlar to‘liq yetilgan, ya’ni meva beradigan daraxtlardan alohida hisobga
olinadi).
2) muzey qimmatliklari (ularning qiymatidan qat’i nazar) davlat muzeylarida hisobga
olinadigan muzey eksponatlaridan (san’at va tabiatshunoslik predmetlari, qadimiy va turmush
madaniyati predmetlari hamda ilmiy, tarixiy va texnikaviy ahamiyatga ega bo‘lgan
eksponatlardan)
tashqari;
3) hayvonot bog‘lari va shunga o‘xshash muassasalardagi hayvonat olami eksponatlari
(ularning qiymatidan qat’i nazar);
4) sahna-tomosha vositalari, dekoratsiyalar, mebel va rekvizitlar, butaforiya, teatr
kostyumlari va milliy kostyumlar, bosh kiyimlar, ich kiyimlar, poyafzallar, pariklar va
boshqalar;
5)
o‘quv
kinofilmlar,
magnit
diskalar,
kasetalar
va
boshqalar;
6) ish hayvonlari – otlar, ho‘kizlar, tuyalar, eshaklar va boshqa ish hayvonlari (yuk tashuvchi
va sport otlari hamda boshqa yuk tashuvchi hayvonlarni ham qo‘shib);
7) mahsuldor va zotdor mollar – sigirlar, buqalar qo‘toslar va buyvollar (ish
hayvonlaridan tashqari), ayg‘irlar va zotdor biyalar (ish hayvonlari sifatida
foydalanilmaydiganlari), yilqida boqishga o‘tkazilgan biyalar, tuyalar (ish hayvonlari sifatida
foydalanilmaydiganlari), bug‘ular, cho‘chqalar, qo‘ylar, echkilar, qo‘chqorlar va boshqalar;
8) boshqa inventarlar (bolalar uyinchoqlari, maxsus chang‘ilar va boshqalar);
9) boshqa maxsus, shu jumladan harbiy asosiy vositalar.
01 “Asosiy vositalar” schyotining debet tomonida asosiy vositalarning kirimi (dastlabki
qiymatini
shishi), kredit tomonida esa, asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi (dastlabki
qiymatini kamayishi) aks ettiriladi.
Budjet tashkiloti ishchi schyotlar rejasini tasdiqlayotganda 01 “Asosiy vositalar”
schyotining tegishli subschyotlarini tashkilotga kirim qilingan asosiy vositalar manbaalari
bo‘yicha alohida shakllantirib olishi mumkin. Masalan 013/1 “Mashina va jixozlar(budjet
mablag‘i hisobidan)”, 013/2 “Mashina va jixozlar (rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘i
hisobidan)” va hokazo. Xuddi shuningdek boshqa asosiy vositalarni aks ettiruvchi
subschyotlar bo‘yicha ham ochish mumkin. Bu o‘z navbatida asosiy vositalarga eskitrish
hisoblanayotganda balansga olinish manbaasidan kelib chiqib haqiqiy xarajatlarda, hisobdan
chiqarilishida aniq aks ettirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |