6.Nomoddiy aktivlar hisobini tashkil etish, uning maqsadi va vazifalari.
Nomoddiy aktivlar
- tashkilot tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish,
xizmatlar ko‘rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy
va boshqa funksiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan,
moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan mol-mulk ob’ektlaridir.
Aktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilishda bir vaqtning
o‘zida quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
a) moddiy-ashyoviy tuzilish (shakl)ga ega bo‘lmasligi;
b) aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda
yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funksiyalari uchun uzoq muddat, ya’ni davomiyligi
12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u 12 oydan oshadigan bo‘lsa, oddiy
operatsion
sikl
mobaynida
foydalanish.
v) korxona ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni mo‘ljallamaydi;
g) ishonchlilik, ya’ni korxonada aktiv va unga bo‘lgan mutlaq huquqning mavjudligini
tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar (patentlar, guvohnomalar, boshqa
muhofaza qiluvchi hujjatlar, patent, tovar belgisidan voz kechish (sotib olish)
shartnomasi)ning mavjudligi;
d) identifikatsiyalash imkoniyati.
Nomoddiy aktiv identifikatsiyalanadigan bo‘lib hisoblanadi, agarda u quyidagi
mezonlardan biriga muvofiq kelsa:
a)
ajraladigan bo‘lsa, ya’ni uni korxonadan ajratib bo‘lsa hamda sotish, berib
yuborish, ijaraga berish, alohida yoki ular bilan bog‘liq aktiv, kontrakt yoki majburiyat bilan
birga ayirboshlash (gudvilldan tashqari) mumkin bo‘lsa.
b)
Agar EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning
(shu jumladan o‘rnatilmagan) tarkibiy qismi hisoblansa, u moddiy aktiv ahamiyatiga ega
bo‘lgan asosiy vosita bilan birga qaraladi. Agar EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasi
tegishli asosiy vositaning tarkibiy qismi hisoblanmasa va mutlaq huquq korxonaga tegishli
bo‘lsa,
u
nomoddiy
aktiv
hisoblanadi;
b) ushbu huquqlar beriladigan yoki korxonadan yoxud boshqa huquq va majburiyatlardan
ajraladigan bo‘lishidan qat’i nazar, shartnomaviy va boshqa yuridik huquqlardan paydo
bo‘ladi.
Kelgusida korxonaning nomoddiy aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda olish ehtimoli faqatgina
quyidagi holda mavjud bo‘ladi:
c)
a) aktivning kelgusida korxonaning iqtisodiy foydasi (daromadi)ning
ko‘paytirishga qodirligi, shuningdek korxonaning aktivdan ushbu maqsadda foydalanish
niyati
isbotlanganda;
b) korxona kutilayotgan kelgusidagi iqtisodiy foydani topa olishi uchun yetarlicha resurslar
mavjud bo‘lganda yoki ularning hammabopligini isbotlash mumkin bo‘lganda.
Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi birligi bo‘lib inventar ob’ekti hisoblanadi.
Nomoddiy aktivlarning inventar ob’ekti bo‘lib bitta patentdan, guvohnomadan, huquqdan voz
kechish shartnomasidan va shu kabilardan kelib chiqadigan huquqlar jami hisoblanadi. Bir
inventar ob’ekti boshqasidan ajratilishi (identifikatsiyalanishi)ning asosiy belgisi bo‘lib, ular
tomonidan mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda mustaqil
vazifalarning bajarilishi yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funksiyalari uchun
ishlatilishi
hisoblanadi.
90
Ikkita yoki bir nechta korxona mulkida bo‘lgan nomoddiy aktivlar ob’ekti har bir korxona
tomonidan umumiy mulkdagi uning ulushiga teng miqdorda nomoddiy aktivlar tarkibida aks
ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarga yuqoridagi talablarga javob beruvchi quyidagi ob’ektlar kiritilishi
mumkin:
a) patent egasining ixtiro, sanoat namunalari va foydali modellarga bo‘lgan mutlaq huquqi;
b) muallif yoki boshqa huquq egasining EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalariga
bo‘lgan mutlaq huquqi;
d)
v) muallif yoki boshqa huquq egasining integral mikrosxemalarning topologiyalariga
bo‘lgan mutloq huquqi;
e)
g) huquq egasining tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisiga bo‘lgan mutlaq
huquqi, shuningdek tovar ishlab chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi;
f)
d) huquq egasining seleksiya yutuqlariga bo‘lgan mutlaq huquqi;
g)
gudvill
j) tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ya’ni yer osti boyliklari, atrof-muhitdagi boshqa
resurslar, atrof-muhit to‘g‘risidagi geologik va boshqa ma’lumotlar va shu kabilardan
foydalanish huquqi;
h)
z) yer uchastkasidan foydalanish huquqi;
i)
i) boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar
ko‘rsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi va shu kabilar).
Nomoddiy
aktivlar
quyidagilar
natijasida
tashkilot
balansiga
kiritiladi:
- ishlab chiqarish tugaganidan so‘ng yaratilgan ob’ektni qabul qilish-topshirish;
j)
-
oldi-sotdi
shartnomasi
bo‘yicha
ob’ektni
sotib
olish;
- beg‘araz kelib tushish;
k)
- ortiqcha (hisobga olinmagan) nomoddiy aktivlar ob’ektlarini aniqlash;
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarga ko‘ra.
l)
Cotib olingan, shuningdek tashkilotning o‘zida yaratilgan nomoddiy aktivlarning
dastlabki qiymatiga ularning sotib olish narxi (tannarxi) va ularga qilingan barcha
xarajatlarining to‘liq summasida, jumladan mazkur nomoddiy aktivlarni yetkazib berish va
o‘rnatish, ishga tushirish va boshqa shu bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda
kiritiladi. Jumladan, sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati quyidagi
xarajatlardan
tashkil
topadi:
• huquqdan voz kechish (sotib olish) shartnomasiga muvofiq huquq egasi (sotuvchi)ga
to‘langan
summalar;
• huquq egasining mutlaq huquqidan voz kechishi (sotib olish) munosabati bilan amalga
oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari, davlat bojlari, patent bojlari va boshqa shunga
o‘xshash to‘lovlar;
m)
• bojxona bojlari va yig‘imlari;
n)
• nomoddiy aktivlarni sotib olish munosabati bilan to‘lanadigan soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlar summalari (agar ular qoplanmasa);
o)
• nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari uchun
to‘langan summalar;
p)
• nomoddiy aktivlar ular orqali sotib olingan vositachilarga to‘lanadigan haqlar;
• nomoddiy aktivlar ob’ektlarini yetkazib berish tavakkalchiligini sug‘urtalash bo‘yicha
xarajatlar;
• aktivdan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun uni yaroqli holatga keltirish bilan bevosita
bog‘liq boshqa xarajatlar.
q)
Sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar, sotib olish
bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar hamda
aktivlarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar nomoddiy
aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida
xaqiqiy xarajatlar sifatida hisobotlarda aks ettiriladi.
91
r)
Tashkilotning o‘zi tomonidan yaratilgan (ishlab chiqilgan) nomoddiy aktivlarning
boshlang‘ich qiymati ushbu nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarishga sarflangan haqiqiy
xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi.
Nomoddiy aktivlar chet el valyutasi hisobiga sotib olinishida sotib olinayotgan
nomoddiy aktivlarning qiymati operatsiya sodir etilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki kursi bo‘yicha chet el valyutasini so‘mga hisoblab o‘tkazish yo‘li bilan
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |