“ budjet hisobi ” fanidan O’quv–uslubiy majmua


Budjet tashkilotlarida buhgalteriya hisobi



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/329
Sana26.05.2022
Hajmi7,57 Mb.
#610118
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   329
Bog'liq
BUDJET HISOBI fani UMK-2018 K.Ibragimov

Budjet tashkilotlarida buhgalteriya hisobi
” 
Darslik. – T.: “Sano-standart”, 2013. 
11. 
“Public Budgeting Systems “
9th Edition by Robert D. Lee Jr. (Author), Ronald W. 
Johnson (Author), Philip G. Joyce (Author) Hardcover: 656 pages Publisher: Jones & Bartlett 
Learning; 9 edition (July 30, 2012) Language: English 
12.”
The Politics of Public Budgeting: Getting and Spending, Borrowing and 
Balancing
”7th Edition 
by Irene S. Rubin (Author) Paperback: 352 pages Publisher: CQ Press; 7 edition 
(August 20, 2013) Language: English 
13.”Financial Management in the Public Sector: Tools, Applications and Cases 

3rd Edition 
by Xiaohu (Shawn) Wang (Author) Paperback: 216 pages Publisher: Routledge; 3 
edition (March 7, 2014) 
Language: English 
 
Internet saytlari: 
 
www.lex.uz
 
www.mf.uz 
www.soliq.uz 
www.gov.uz 
www.oecd.org/gov/budget/database
 
 
 
 
9-MAVZU: BUDJET TASHKILOTLARIDA ASOSIY VOSITA VA NOMODDIY 
AKTIVLAR HISOBI
REJA: 
1. Asosiy vositalar hisobini tashkil etish, uning maqsadi va vazifalari. 
2. Asosiy vositalar kirimini hisobga olish va xujjatlashtirish. 
3.Asosiy vositalarni hisobvaraqlarda aks ettirish 
4. Asosiy vositalar eskirishi hisobi. 
5. Asosiy vositalarni balansdan chiqarilishi hisobi. 
6. Nomoddiy aktivlar hisobini tashkil etish, uning maqsadi va vazifalari. 
7. Nomoddiy aktivlar kirimini hisobga olish va ularni baholash xamda ularni balansdan 
chiqarilishi hisobi. 
 
1. Asosiy vositalar hisobini tashkil etish, uning maqsadi va vazifalari.
 


78 
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobi alohida tashkil etiladi. Tashkilotlar 
o’zlarining zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan faoliyatlarini 
amalga oshirishi, shuningdek ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) jarayonida 
foydalaniladigan, qiymatidan qat’i nazar 1 yildan ortiq xizmat qilish muddatiga ega bo’lgan 
moddiy aktivlarni buxgalteriya hisobida asosiy vositalar tarkibida hisobga oladi va aks 
ettiradi. Asosiy vositalar – qonunchilikka muvofiq zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga 
oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq vaqt davomida (bir yildan ortiq) 
foydalanadigan, shuningdek, ijaraga berishi mumkin bo’lgan moddiy aktivlardir. 
Asosiy vositalar tarkibida quyidagilar hisobga olinadi: imoratlar, inshootlar, mashina va 
uskunalar, kompyuter texnikasi va unga qo’shimcha qurilmalar, transport vositalari, 
kutubxona fondi, uzatkich moslamalari, ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar va boshqa 
asosiy vositalar (muzey boyliklari, hayvonot olami eksponatlari, sahna-tomosha vositalari, 
o’quv kinofilmlari, magnit disklari va lentalari, kassetalar va hokazo). 
Qiymati va xizmat muddatidan qat’i nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiradi: 
qishloq xo’jaligi mashinalari va uskunalari, katta yoshdagi ishchi va mahsulot beruvchi 
hayvonlar (shu jumladan, maydasi ham), kutubxona fondlari, muzey boyliklari (muzey 
eksponatlaridan tashqari), hayvonot olami eksponatlari va namunaviy loyihalashtirishga oid 
hujjatlar. 
Ko’p yillik ko’chatlarga doir kapital xarajatlar har yili, butun ishlar majmui tugashidan 
qat’i nazar, foydalanishga qabul qilingan maydonlarga taalluqli xarajatlar summasida asosiy 
vositalar tarkibiga kiritiladi. Asosiy vositalar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi 
oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi: 
1.
Moddiy aktivlarni qonunchilikda belgilangan tartibda asosiy vositalar tarkibida aks 
ettirish;
2.
Asosiy vositalarning kelib tushishi, ularning tashkilot ichida joydan-joyga o’tishi 
(ko’chishi), tashkilot hisobidan chiqarilishi (jumladan, yaroqsiz holga kelganligi sababli), 
shuningdek, har bir ob’ektning (predmetning, komplektning) saqlanishi va to’g’ri foydalanishi 
ustidan nazorat qilinish; 
3.
Asosiy vositalar xarakatini hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilish hamda hisob 
registrlarida o’z vaqtida aks ettirilishini ta’minlash; 
4.
Belgilangan tartibda asosiy vositalarga eskirish hisoblash va qayta baholash hamda 
ularni buxgalteriya xujjatlari, hisob registrlarida qayd etib borish; 
5.
Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobini yuritish;
6.Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobvaraqlarda holati va xarakatini aks ettirish;
7. Asosiy vositalar bo’yicha o’z vaqtida to’liq hamda aniq buxgalteriya axborotlarini 
shakllantirib berish.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomonidan asosiy fondlarni qayta 
baholash chog’ida indeks usulini qo’llash uchun 31 dekabrga qadar navbatdagi qayta baholash 
bo’yicha tegishli indekslar ishlab chiqiladi va rasmiy ravishda ommaviy axborot vositalarida 
e’lon qilinadi. 
Asosiy vositalarning butligi ustidan nazoratni yo’lga qo’yish va ularni hisobini tashkil 
etish uchun har bir ob’ekt (predmet)ga, kutubxona fondlaridan tashqari, sakkiz belgidan 
(asosiy vositalar ko’p bo’lgan hollarda, ushbu belgilar soni ham ko’paytirilishi mumkin) 
iborat inventar raqami beriladi.

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish