“ budjet hisobi ” fanidan O’quv–uslubiy majmua


Budjet tashkilotlari smetalar hamda shtatlar jadvalini tasdiqlash, ro‘yxatdan



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/329
Sana26.05.2022
Hajmi7,57 Mb.
#610118
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   329
Bog'liq
BUDJET HISOBI fani UMK-2018 K.Ibragimov

4.Budjet tashkilotlari smetalar hamda shtatlar jadvalini tasdiqlash, ro‘yxatdan 
o‘tkazish.
Tashkilotlarning xarajatlar smetalari, shuningdek markazlashgan xarajatlar smetalari 
tasdiqlangandan so‘ng choraklar (oylar) kesimidagi xarajatlarni yillik umumlashmasi budjet 
tasnifining bo‘limlari, kichik bo‘limlari, boblari va iqtisodiy tasnifi bo‘yicha choraklarga 
(oylarga) bo‘lingan holda aniqlanadi va tegishli moliya organiga taqdim etiladi. 
Shu bilan bir vaqtda setlar, kontingentlar va shtatlar bo‘yicha umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar 
taqdim etiladi. 
Umumiy smetalar tasdiqlangandan so‘ng markazlashgan buxgalteriyalar bu smetalar 
bo‘yicha 
moliyalashtiriladigan 
tashkilotlarga 
quyidagilarni 
xabar 
qiladilar: 

shtatlar va tashkilot xodimlari ish haqi stavkalari haqidagi ma’lumotlar; 

tashkilotlarning xo‘jalik ehtiyojlariga rejalashtirilayotgan yilda ajratiladigan yoqilg‘i 
miqdori, 
elektroenergiya 
va 
suv 
bo‘yicha 
natural 
ko‘rsatkichlar; 

budjet mablag‘lari doirasida sotib olishga mo‘ljallangan inventarlar va asbob-uskunalar 
ro‘yxati; 

kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha asosiy ishlar ro‘yxati; 

hokimiyatlarning tegishli moliya boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan, yuqori 
moliya organlari bilan kelishilgan holda belgilangan tashkilotlarga xabar beriladigan 
ko‘rsatkichlar va shakllari ro‘yxati. 
Shtatlar jadvali rejalashtirilayotgan yilning 1 yanvar holatiga har bir tashkilot bo‘yicha 
alohida holda, ularning tuzilmaviy bo‘linmalari kesimida mazkur tashkilot uchun o‘rnatilgan 
mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq ravishda tuziladi. 
Shtatlar jadvaliga kiritiladigan lavozimlar nomlari va ma’muriy-boshqaruv, o‘quv-
yordamchi va yordamchi (xizmat ko‘rsatuvchi va texnik) xodimlarining soni,
xodimlar va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha ularning razryadlari (bazaviy stavkalari) 
quyidagilarga muvofiq bo‘lishi shart: 

belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shtatlar jadvalida va mehnatga haq 
to‘lash bo‘yicha razryadlarda (bazaviy stavkalarda) nazarda tutilgan lavozimlarga; 


76 

hodimlarning umumiy birliklari doirasiga va boshqaruv xizmatchilarining xodimlar 
birliklariga; 

tashkilotlar turlari bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shtatlar 
jadvallariga; 

davlat boshqaruv organlarida xodimlar toifalarining me’yoriy nisbatlarini Davlat va 
xo‘jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlari 
lavozimlarining nomenklaturasi bilan muvofiqligiga. 
Tarifikatsiya ro‘yxatiga muvofiq mehnatga haq to‘lanishi hisob-kitob qilinadigan 
lavozimlar shtatlar jadvaliga stavkalar soni, lavozimlarning har bir guruhi bo‘yicha 
(o‘qituvchilar, tarbiyachilar, vrachlar, o‘rta tibbiy hodimlar va boshqalar), to‘lovlarning turlari 
bo‘yicha (pedagoglarga daftar tekshirishga, sinf rahbarligiga, maxsus unvon uchun va 
boshqalar) oylik mehnatga haq to‘lash jamg‘armasini ko‘rsatgan holda va tarifikatsiya 
ro‘yxatini shtatlar jadvaliga ilova qilgan holda kiritiladi. 
Shtatlar jadvalida, shuningdek, yakun bo‘yicha alohida qatorda mehnatga haq to‘lash 
shartlarida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi va yil bo‘yicha hisob-kitoblar 
natijasida ustamalar to‘lashga, qo‘shimchalar va xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga 
yo‘naltiriladigan mablag‘lar ko‘rsatiladi, masalan: 
• mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga nisbatan 15 foiz miqdorda shakllanadigan Budjet 
tashkilotlari va muassasalarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi; 
• uzoq yillik mehnati uchun bir martalik rag‘batlantirishni to‘lash, moddiy yordam 
ko‘rsatish, mukofotlash uchun mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi; 
• mehnat ta’tilidagi shaxslarning o‘rnini bosuvchi xodimlarning mehnatiga haq to‘lash 
uchun mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi; 
• umumta’lim muassasalari, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining direktor 
jamg‘armasi va boshqalar. 

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish