“ budjet hisobi ” fanidan O’quv–uslubiy majmua


 Asosiy vositalar kirimini hisobga olish va xujjatlashtirish



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/329
Sana26.05.2022
Hajmi7,57 Mb.
#610118
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   329
Bog'liq
BUDJET HISOBI fani UMK-2018 K.Ibragimov

2. Asosiy vositalar kirimini hisobga olish va xujjatlashtirish. 
Asosiy vositalarning analitik hisobi AV-6-son shakldagi va AV-8-son shakldagi 
inventar kartochkalarda yuritiladi. Kartochkalar har bir inventar ob’ekt (predmet) bo‘yicha 
yuritiladi. Bir turdagi predmetlar AV-9-son shakldagi kartochkalarda hisobga olinadi. 
AV-6, AV-8 va AV-9-son shakldagi inventar kartochkalari AV-10-son shakldagi asosiy 
vositalar hisobi bo‘yicha inventar kartochkalar ro‘yxatida xatlashdan o‘tkaziladi. Ushbu 
ro‘yxat bir nusxada yuritiladi. Undagi yozuvlar asosiy vositalarni guruhlarga bo‘lib, 


79 
kartochkalar ochilgan yilni ko‘rsatib amalga oshiriladi. Har bir guruh uchun tegishli miqdorda 
sahifa ajratiladi. Raqamlash har bir guruh bo‘yicha 1 dan boshlanadi. Asosiy vositalar 
hisobdan chiqarilganda va joydan-joyga ko‘chirilganda xatlash ro‘yxatining “Izoh” grafasida 
memorial 
orderning 
sanasi 
(kun, 
oy, 
yil) 
hamda 
raqami 
ko‘rsatiladi. 
Inventar kartochkalar kartotekalarda saqlanadi. Ular tegishli subschyotlar va guruhlar 
bo‘yicha hamda o‘z ichida moddiy javobgar shaxslarga bo‘lingan holda joylashtiriladi. 
AV-6-son shakldagi inventar kartochka turar-joy imoratlar (010 subschyot), noturar joy 
imoratlar (011 subschyot), inshootlar (012 subschyot), mashina va jihozlar (013 subschyot), 
transport vositalari (015 subschyot)ni hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Inventar 
kartochkalarni yuritishdan maqsad asosiy vositalarni barcha tavsifini va ulardagi 
o‘zgarishlarni 
aks 
ettirishdan 
iborat. 
Inventar kartochka buxgalteriyada har bir alohida ob’ekt uchun ochiladi va asosiy vositalarni 
qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, mazkur ob’ekt uchun tayyorlovchi zavodning 
pasportlari, 
texnik 
va 
boshqa 
hujjatlari 
asosida 
to‘ldiriladi. 
Asosiy vositalar ob’ektiga ilova qilinadigan hujjatlarga muvofiq inventar kartochkada 
ob’ektning belgilari, ya’ni, ob’ektning inventar raqami, chizmasi, loyihasi, modeli, xili, 
markasi, zavod (yoki boshqa) raqami, chiqarilgan (tayyorlangan) sanasi, qabul qilish 
dalolatnomasining sanasi va raqami, dastlabki (tiklash) qiymati, xarid va qayta baholash 
hujjatlari bo‘yicha eskirishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Asbob-uskunalar, priborlar, 
hisoblash teknikasi, muzey qimmatliklari va boshqalar tarkibida qimmatbaho metallar bor 
bo‘lsa, tarkibida qimmatbaho metall bor bo‘lgan detallar ro‘yxati, pasportda ko‘rsatilgan 
detallarning 
nomi 
va 
metall 
og‘irligi 
ko‘rsatiladi. 
Inventar kartochkaning orqa tomonida asosiy vositalarning kelib tushishi (ob’ektni qabul 
qilish-topshirish dalolatnomasi asosida), joyini o‘zgartirilishi (asosiy vositalar ob’ektining 
ichki joylashishi joyini o‘zgartirish yukxati asosida), ob’ektlarning hisobdan chiqarilishi 
(asosiy vositalar ob’ektini (avtotransport vositalaridan tashqari) hisobdan chiqarish 
to‘g‘risidagi dalolatnoma yoki avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi 
dalolatnoma asosida asosiy vositalar ob’ektining chiqib ketishida yoki hisobdan 
chiqarilishida) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ob’ektning o‘ziga hos qisqacha tavsifi, uni tashkil 
qiluvchi predmetlar ro‘yxati va uning asosiy sifat hamda miqdor ko‘rsatkichlari, shuningdek 
dalolatnomalar va ilova qilinadigan texnik hujjatlar ma’lumotlari asosida eng kerakli taqab 
qurilgan 
binolari, 
moslamalari 
va 
jihozlari 
keltiriladi. 
AV-8-son shakl inventar kartochka boshqa asosiy vositalarni (019 subschyot) hisobga olish 
uchun xizmat qiladi. 
Kartochka qabul qilish dalolatnomalari asosida (xarid qilish hujjatlari bo‘yicha) ochiladi 
va unda boshqa asosiy vositalarning, jumladan hayvonlarning yoshi, rangi (tusi), tamg‘asi, oti 
va h.k. ko‘rsatilgan holda o‘ziga hos tavsifi keltiriladi. 
Ko‘p yillik o‘simliklar turi, o‘tqazilgan birliklar soni va maydoni ko‘rsatilgan holda 
inventar ob’ektlari bo‘yicha hisobga olinadi.
AV-9-son shakldagi inventar kartochka aynan bir xil ishlab chiqarish ahamiyatiga, 
texnik tavsifga ega bo‘lgan asosiy vositalar ob’ektlarining bir xil guruhlari: kutubxona 
fondlari va sahnaga qo‘yish vositalarini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Kartochkadagi 
yozuvlar miqdor va summa ifodasida yozib boriladi. 
Inventar kartochka asosiy vositalar ob’ektlari guruhlarini qabul qilish-topshirish 
dalolatnomasi, asosiy vositalar ob’ektlarini ichki joylashish joyini o‘zgartirish yukxati asosida 
ochiladi va har bir moddiy javobgar shaxs bo‘yicha yuritiladi. Ob’ektlarni hisobdan chiqarish 
hisobdan 
chiqarish 
to‘g‘risidagi 
dalolatnoma 
asosida 
amalga 
oshiriladi.
Kutubxona fondlari uchun bitta inventar kartochka ochiladi. Unda hisob umumiy qiymati 
bo‘yicha faqat pul ifodasida yuritiladi.
Sahnaga qo‘yish vositalari hisobi soni va ob’ektlarning qiymati bo‘yicha inventar 
kortochkalarda yuritiladi. 
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kirim qilinadi: 


80 
o
oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha ob’ektni sotib olish; 
o
kapital qo’yilmalar tugaganidan so’ng tiklangan ob’ektni qabul qilish-
topshirish; 
o
beg’araz kelib tushish; 
o
tovar-moddiy zahiralar tarkibidan o’tkazish; 
o
asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) ob’ektlarini aniqlash; 
o
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar. 
Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobiga kirim qilinishi asosiy vositalarning dastlabki 
qiymati bo’yicha amalga oshiriladi. 
Cotib olingan asosiy vositalar, tugallangan qurilishlar va inshootlar, shuningdek, 
tashkilotning o’zida tayyorlangan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga ularning sotib olish 
narxi va ularga qilingan barcha xarajatlarning to’liq summasida, jumladan, mazkur asosiy 
vositalarni foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan etkazib 
berish va montaj qilish, o’rnatish, ishga tushirish va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda 
kiritiladi. 
Sotib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymati quyidagi xarajatlardan 
tashkil topadi: 
- etkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo’yicha qurilish-montaj ishlarini bajarganlik 
uchun pudratchilarga to’lanadigan summalar; 
- asosiy vositalarni sotib olish (qurish) munosabati bilan qonunchilikda belgilangan 
tartibda to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summalari, shu jumladan bojxona 
bojlari va yig’imlari (agar ular qoplanmasa); 
- asosiy vositalarni sotib olish (qurish) bilan bog’liq axborot va maslahat xizmatlari 
uchun to’langan summalar; 
- asosiy vositalarni etkazib berish (qurish) xatarini sug’urtalash bo’yicha xarajatlar; 
- asosiy vositalar ob’ektini sotgan vositachilarga to’lanadigan haqlar; 
- asosiy vositalarni o’rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar; 
- aktivdan foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan 
boshqa xarajatlar. 

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish