“ budjet hisobi ” fanidan O’quv–uslubiy majmua


Asosiy vositalarni hisobvaraqlarda aks ettirish



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/329
Sana26.05.2022
Hajmi7,57 Mb.
#610118
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   329
Bog'liq
BUDJET HISOBI fani UMK-2018 K.Ibragimov

 
3.Asosiy vositalarni hisobvaraqlarda aks ettirish 
Buxgalteriya hisobida asosiy vositalarning sintetik hisobi 01 “Asosiy vositalar” schyotida 
yuritiladi.
01 “Asosiy vositalar” schyoti quyidagi subschyotlarga bo‘linadi: 
010 “Turar-joy imoratlar”; 
011 “Noturar joy imoratlar”; 
012 “Inshootlar”; 
013 “Mashina va jihozlar”; 
015 “Transport vositalari”; 
018 “Kutubxona fondi”; 
019 “Boshqa asosiy vositalar”. 
010 “Turar-joy imoratlar” subschyotida to‘liq yoki asosan turar-joy uchun belgilangan 
binolar (turar-joy binolarining umumiy foydali maydoni, barcha maydonni 50 foizidan kam 
bo‘lmagan) hisobga olinadi. Shuningdek, ushbu subschyotda tashkilotlarning balansida 
bo‘lgan va o‘z xodimlarining, jumladan xarbiy xizmatchilarning yashashi uchun 
foydalaniladigan binolari ham hisobga olinadi. 
011 “Noturar joy imoratlar” subschyotida turar-joy bo‘lmagan barcha imoratlar, 
jumladan, ishlab-chiqarish xo‘jalik binolari, boshqaruv organlari, ijtimoiy-madaniy (o‘quv 
yurtlari, kasalxonalar, poliklinikalar va ambulatoriyalar, internatlar, qariyalar va nogironlar 
uylari, maktabgacha ta’lim muassasalari, kutubxonalar, klublar, muzeylar, laboratoriyalar va 
boshqalar) va tashkilotlar tomonidan band qilingan boshqa binolar hisobga olinadi. 
012 “Inshootlar” subschyotida quyidagilar hisobga olinadi: vodokachkalar, stadionlar, 
basseynlar, yo‘llar, ko‘priklar, yodgorlik-haykallari, parklar, hiyobonlar va jamoat 
bog‘larining, shuningdek tashkilotlarning to‘siqlari va boshqalar. 
Bundan tashqari, ushbu subschyotda elektr uzatkich tarmoqlar, transmissiyalar va quvur 
o‘tkazgichlar (ularga tegishli barcha oraliq moslamalari bilan), transformatsiya (o‘zgartirish) 
va quvur o‘tkazgichlarda suyuq va gazsimon moddalarni iste’molchilarga yetkazish uchun 
energiya uzatgichlar va boshqalar ham hisobga olinadi. Bunda, elektr stansiyalarning, 
gazkompressor, nasos va boshqa stansiyalarning binolari 011 subschyotda, ularning jihozlari 
esa, 
013 
subschyotda 
hisobga 
olinadi. 
013 “Mashina va jihozlar” subschyotida quyidagilar: kuchlanish mashinalari va jihozlar, ish 
mashinalari va jihozlar, o‘lchov asboblari, tartibga soluvchi asboblar va moslamalar, 
laboratoriya jihozlari, hisoblash texnikasi, meditsina jihozlari hamda boshqa mashina va 
jihozlar 
alohida 
guruhlarga 
ajratilib 
hisobga 
olinadi: 
1) kuchlanish mashinalari va jihozlar, issiqlik va elektr energiyasini hosil qiluvchi mashina-
generatorlar va turli xil energiyani (suv, shamol, issiqlik, elektr energiyasi va h.k.) mexanik, 
ya’ni, 
harakat 
energiyasiga 
aylantirib 
beruvchi 
mashina 
dvigatellar; 
2) ish mashinalari va jihozlar, mahsulot yaratish yoki ishlab chiqarish tusidagi xizmatlar 
jarayonida mehnat predmetiga mexanik, issiqlik va kimyoviy ta’sir ko‘rsatishga hamda ishlab 
chiqarish jarayonida mehnat predmetini mexanik dvigatellar, inson va hayvonlar kuchi 
yordamida joydan-joyga ko‘chirish uchun mo‘ljallangan mashinalar, apparatlar va jihozlar; 
3) o‘lchov asboblari – dozatorlar, ampermetrlar, barometrlar, vattmetrlar, 
vaakummetrlar, vaporimetrlar, voltmetrlar, balandlik o‘lchagichlar, galvonometrlar, 
geodeziya asboblari, gidroskoplar, indikatorlar, kompasslar, monometrlar, xranometrlar, 
maxsus tarozilar, o‘lchagichlar, kassa apparatlari, elektr energiyasi, gaz, suv o‘lchash 
asboblari 
va 
boshqalar; 
4) tartibga soluvchi asboblar va moslamalar, kislorod nafas oldirgich asboblar, elektr, 
pnevmatik va gidravlik muntazamlashtirib turuvchi moslamalar, avtomatik boshqarish 


83 
pultlari, markazlashtirish, blakirovka qilish apparaturalari, dispecherlik nazorati liniyasi 
moslamalari va boshqalar; 
5) laboratoriya jihozlari – pirometrlar, regulyatorlar, kalorimetrlar, nam o‘lchagich 
asboblar, tutish kublari, laboratoriya kopralari, gaz o‘tkazmaslikni sinash uchun mo‘ljallangan 
asboblar, mikroskoplar, termostatlar, stabilizatorlar, surib oluvchi shkaflar va shu kabilar; 
6) hisoblash texnikasi – elektron-hisoblash, boshqaruvchi va analogli mashinalar, 
kompyuterlar va unga qo‘shimcha qurilmalar, printerlar, uyali va mobil aloqa apparatlari, 
raqamli hisoblash mashinalari va moslamalari (klavishli hisoblash va jamlovchi mashinalar, 
perforatsion 
hisoblash 
mashinalari) 
va 
boshqalar; 
7) meditsina jihozlari – meditsina jihozlari (tish davolash kreslolari, operatsiya stollari, 
maxsus jihozli krovatlar va boshqalar), dizenfeksiyalovchi va dezinseksionlovchi maxsus 
jihozlar, sut oshxonalari va sut stansiyalarining, qon quyish stansiyalarining jihozlari va 
boshqalar; 
8) asbob-uskunalar – mexanizatsiyalashtirilgan va mexanizatsiyalashtiril-magan umumiy 
foydalanishga mo‘ljallangan mehnat qurollari, shuningdek, materiallarga ishlov beruvchi 
mashinalarga biriktirib qo‘yilgan predmetlar. Ularga quyidagilar kiradi: kesuvchi, 
zarbberuvchi, presslovchi va zichlovchi qo‘l mehnati qurollari, bularga elektr energiyasi, 
siqilgan havo va shunga o‘xshashlar yordamida ishlovchi mexanizatsiyalashtirilgan qo‘l 
mehnati qurollari ham kiradi (elektrodrellar, kraskopultlar, elektr vibratorlar, gayka 
buragichlar va boshqalar), shuningdek, materiallarga ishlov berishga, montaj ishlarini 
bajarishga va shunga o‘xshashlarga mo‘ljallangan turli xil moslamalar (tiskilar, patronlar, 
bo‘lgich golovkalar, avtomobil dvigatellarini o‘rnatish uchun va kardanli valni aylantirish 
uchun mo‘ljallangan moslamalar) va boshqalar; 
9) ishlab-chiqarish inventarlari va buyumlari – ish vaqtida ishlab chiqarish 
operatsiyalarini yengillatishga xizmat qiladigan predmetlari, ish stollari, verstaklar, 
kafedralar, partalar va boshqalar, mehnatni muhofaza qilishga qaratilgan jihozlar: suyuq va 
sochiluvchan jismlarni saqlashga mo‘ljallangan moslamalar (baklar, tanlar, omborlar va 
boshqalar), savdo shkaflari va stelajlari, inventarlar, ish mashinalari qatoriga qo‘shib 
bo‘lmaydigan 
texnika 
predmetlari; 
10) xo‘jalik inventarlari – idora jihozlari, ko‘chma barerlar, kiyim ilgich, garderoblar, turli xil 
shkaflar, divanlar, stollar, kreslolar, yonmaydigan (yong‘inga chidamli) shkaflar va qutilar, 
yozuv mashinkalari, gektograflar, kapirograflar va boshqa apparatlar, ko‘chma o‘tovlar, 
palatkalar (kislorodlilardan tashqari), krovatlar (maxsus jihozli krovatlardan tashqari), 
gilamlar, pardalar va boshqa xo‘jalik inventarlari va shuningdek, yong‘inga qarshi predmetlar 
– 
gidropultlar, 
stendlar, 
qo‘l 
narvonlari 
va 
h.k; 
11) boshqa mashina va jihozlar – yuqoridagi guruhlarda nomi keltirilmagan mashinalar, 
apparatlar, sport maydonlari, stadionlar va sport binolarining jihozlari (shu jumladan sport 
anjomlari), o‘quv yurtlaridagi xonalar va ustaxonalarning jihozlari, muzika asboblari, 
televizorlar, 
radioapparaturalar, 
ilmiy-tadqiqot 
muassasalari 
va 
ilmiy 
ish 
bilan 
shug‘ullanuvchi boshqa muassasalarning maxsus jihozlari, ATS jihozlari, o‘t o‘chirishda 
ishlatiladigan mexanik narvonlar, kir yuvadigan va tikuv mashinalari, sovitkichlar 
(muzlatkichlar), 
chang 
yutgichlar 
va 
boshqalar. 
015 “Transport vositalari” subschyotida quyidagilar alohida guruhlarga ajratilib odamlarni va 
yuklarni 
tashishga 
mo‘ljallangan 
barcha 
turdagi 
vositalar 
hisobga 
olinadi: 
1) temir yo‘l, suv va avtomobil transportining harakatdagi tarkibi (elektrovozlar, teplovozlar, 
paravozlar, motovozlar, motodrezinalar, vagonlar, platshakllar, sisternalar, teploxodlar, 
paroxodlar, dizel-elektroxodlar, buksirlar, barjalar va barkalar, qutqaruvchi qayiqlar, suzuvchi 
pristanlar, parusli kemalar, yuk avtomobillari va yengil avtomobillar, pritseplar, 
avtosamosvallar, avtotsisternalar, avtobuslar, tortuvchi traktorlar va boshqalar); 
2) havo transportining harakatdagi tarkibi (samolyotlar, vertalyotlar va boshqalar); 
3) ot-aravalar (aravalar va boshqalar); 


84 
4) ishlab-chiqarish transporti (elektrokaralar, mototsikllar, motorolerlar, velosipedlar, 
aravachalar va boshqalar); 
5) sport transportining hamma turlari. 
Bunda, 
yuk 
tortadigan 
va 
sport 
otlari 
hamda 
boshqa 
ish 
hayvonlari
019 “Boshqa asosiy vositalar” subschyotida hisobga olinadi. 
018 “Kutubxona fondi” subschyotida kutubxona fondlari, kitoblarning ayrim 
nusxalarining qiymatidan qat’i nazar hisobga olinadi. Kutubxona fondiga ilmiy, badiiy va 
o‘quv adabiyotlari, 
adabiyotning maxsus turlari va boshqa nashrlar kiradi. 
019 “Boshqa asosiy vositalar” subschyotida alohida guruhlarga ajratilib quyidagilar 
hisobga 
olinadi: 
1) ko‘p yillik daraxtlar va ekinlar. Ko‘p yillik daraxtlar va ekinlarga sun’iy ko‘p yillik 
ko‘chatlar (ularning yoshidan qat’i nazar), mevali ko‘chatlarning hamma turlari (daraxt va 
butalar), ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, hiyobonlar, muassasalar hududida turarjoy uylarining 
hovlilaridagi ko‘kalamzorlashtiruvchi va manzarali daraxt va butalar, yashil to‘siqlar, qordan 
to‘suvchi va dalalarni himoya qiluvchi, qumlarni va daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash uchun 
ekiladigan daraxtlar, jar va soy yoqalariga ekiladigan daraxtlar va shunga o‘xshashlar, 
botanika bog‘lari va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalarining hamda o‘quv yurtlarining ilmiy 
maqsadlarga mo‘ljallangan sun’iy daraxtlari va boshqa ko‘p yillik sun’iy daraxtlar (hamma 
turdagi yosh daraxtlar to‘liq yetilgan, ya’ni meva beradigan daraxtlardan alohida hisobga 
olinadi). 
2) muzey qimmatliklari (ularning qiymatidan qat’i nazar) davlat muzeylarida hisobga 
olinadigan muzey eksponatlaridan (san’at va tabiatshunoslik predmetlari, qadimiy va turmush 
madaniyati predmetlari hamda ilmiy, tarixiy va texnikaviy ahamiyatga ega bo‘lgan 
eksponatlardan) 
tashqari; 
3) hayvonot bog‘lari va shunga o‘xshash muassasalardagi hayvonat olami eksponatlari 
(ularning qiymatidan qat’i nazar); 
4) sahna-tomosha vositalari, dekoratsiyalar, mebel va rekvizitlar, butaforiya, teatr 
kostyumlari va milliy kostyumlar, bosh kiyimlar, ich kiyimlar, poyafzallar, pariklar va 
boshqalar; 
5) 
o‘quv 
kinofilmlar, 
magnit 
diskalar, 
kasetalar 
va 
boshqalar; 
6) ish hayvonlari – otlar, ho‘kizlar, tuyalar, eshaklar va boshqa ish hayvonlari (yuk tashuvchi 
va sport otlari hamda boshqa yuk tashuvchi hayvonlarni ham qo‘shib); 
7) mahsuldor va zotdor mollar – sigirlar, buqalar qo‘toslar va buyvollar (ish 
hayvonlaridan tashqari), ayg‘irlar va zotdor biyalar (ish hayvonlari sifatida 
foydalanilmaydiganlari), yilqida boqishga o‘tkazilgan biyalar, tuyalar (ish hayvonlari sifatida 
foydalanilmaydiganlari), bug‘ular, cho‘chqalar, qo‘ylar, echkilar, qo‘chqorlar va boshqalar; 
8) boshqa inventarlar (bolalar uyinchoqlari, maxsus chang‘ilar va boshqalar); 
9) boshqa maxsus, shu jumladan harbiy asosiy vositalar. 
01 “Asosiy vositalar” schyotining debet tomonida asosiy vositalarning kirimi (dastlabki 
qiymatini
shishi), kredit tomonida esa, asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi (dastlabki 
qiymatini kamayishi) aks ettiriladi. 
Budjet tashkiloti ishchi schyotlar rejasini tasdiqlayotganda 01 “Asosiy vositalar” 
schyotining tegishli subschyotlarini tashkilotga kirim qilingan asosiy vositalar manbaalari 
bo‘yicha alohida shakllantirib olishi mumkin. Masalan 013/1 “Mashina va jixozlar(budjet 
mablag‘i hisobidan)”, 013/2 “Mashina va jixozlar (rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘i 
hisobidan)” va hokazo. Xuddi shuningdek boshqa asosiy vositalarni aks ettiruvchi 
subschyotlar bo‘yicha ham ochish mumkin. Bu o‘z navbatida asosiy vositalarga eskitrish 
hisoblanayotganda balansga olinish manbaasidan kelib chiqib haqiqiy xarajatlarda, hisobdan 
chiqarilishida aniq aks ettirish imkonini beradi. 

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish