" Badoyi ul-bidoya" "Debocha" si sharhida



Download 21,86 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi21,86 Kb.
#723758
Bog'liq
Badoyi ul


" Badoyi ul-bidoya" "Debocha" si sharhida
Termiz davlat universiteti o'zbek filologiyasi fakulteti 2- bosqich talabasi
Jo'rayeva Muhayyo Botir qizi
Annotatsiya
Ushbu maqolada Alisher navoiyning “Badoyi ul-bidoya” asari “Debocha”si sharhi, unda aks ettirilgan voqea-hodisalar, devonning qanday tuzilganligi va unda ta’rif-tavsifi keltirilgan ulug’ avliyo zotlar tasvirlari qiqacha sharhlangani ko’rsatilgan.
Tayanch so’zlar: Hamd, na’t, Husayn Boyqaro, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Sulton Muhammad, devon.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy "Badoyi ul-bidoya" asari "Debocha" sini boshqa asarlari singari Alloh taologa hamd bilan boshlaydi. Shoirning aytishicha, nazm ahli o'zinng ijod ma'munasini adabiyot ahliga tortiq qilar ekan, avvalo, unga shunday iste'dodni bergani uchun Alloh taologa hamd-u sanolar aytsin. Negaki, Yaratgan insonga so'zdek, so'zlashdek tengsiz ne'matni berdi va uni boshqa yaratiqlardan mukammal qilib yaratdi. Insonga shu ne'matlarni bergani uchun ham u barcha jonzotlarning gultojiga aylandi. Agarki shu ne'matlarga erishib turib uni in'om etgan Allohga hamdlar aytmaslik, unga shukronalar izhor etmaslikning iloji yo'q. Har ishni Allohga hamd va shukrona bilan boshlar ekansiz, u ijod bo'ladimi yoki biror rejami albatta muvaffaqiyatli yakun topadi.
Hamd qismidan keyin Navoiy payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) ga salovat va salomlar yo'llab na't qismiga murojaat qiladi. Uni quyidagi misralar bilan davom ettiradi:
"Muhammadkim, rasul anjumdur, ul oy,
Qayu oy, balki mehri olamoroy" [1]
Shoir ushbu devonni yozayotganida o'zining yigitlik, yoshlik, navqironlik davrida ekanligini bayon etadi. U yoshlikning g'aroyib onlarida ishq-u muhabbatdan sarmast damlarini bunday bayon etadi: "Bu parishon ajzoning varaqnigori va bu oshufta avroqning qissaguzaroyi, mehnat poymonasing juz'achashi va malomat xumxonasining sabukashi, shaydoliq mahallasining rasvosi va rasvolik ko'chasining shaydosi
Vafo bo'stonining dostonsaroyi,
Malomat bulbuli, ya'ni Navoiy".[2]
Yuqoridagi misralarni keltirar ekan Navoiy o'sha davrda Xurosonda Ko'ragoniylar hukmronlik qilayotgan davr bo'lganini, umrining o'sha davr hayotidagi "shabob shamlar" i nuridan munavvar ekanligini ta'kidlaydi. Bu damlarda shoirning diliga tugib qo'ygan , yozilishi joiz bo'lgan misralar uni ijod sari chorlayotgan edi. Ishq oshiq jonini bodadan mast aylar, ko'ngli esa boda ishqidin mayparast bo'lgan edi. Dil neni xohlasa, til u tuyg'ularni she'rga solar edi:
"Ko'nglimda ne ma'ni o'lsa erdi paydo,
Til aylar edi nazm libosida ado"[3].
Mumtoz adabiyotimizda ijodkorlari o'z asarlarida ularning kamolga yetishida yuksak o'ringa ega bo'lgan ustozlarini yodga oladilar .Navoiy ham o'ziga buyuk ustoz deb bilgan Amir Xusrav Dehlaviy, Xoja Hofiz Sheroziy,Abdurahmon Jomiy, Sakkokiy, Mavlono, Lutfiylarni o'z asarida eslab, ularning buyuk siymolar ekanligi haqida yana bir bor fikr yuritadi.
"Badoyi ul-bidoya" devoni aslida Sulton Husayn Boyqaroning iltimosiga ko'ra yaratiladi. Bu devondan oldin ham Navoiyning muxlislari, shogirdlari tomonidan tartib berilgan devoni mavjud bo’lgan. U bu haqda ham “Debocha” da alohida to’xtaladi. Husayn Boyqaro she'riyatga oshno, adabiyotdan ancha xabardor bo'lgan kishi edi. U Navoiyning ijod qilishi uchun saroyda barcha shart -sharoitlarni yaratgan. U shoir ijodiga hurmat bilan qaragan. Shoir qalamiga mansub g'azallarni she'riy kechalarda nazm ahliga taqdim etar edi. Ayrim ko'ngliga yoqmagan yoki kamchiliklari bo'lgan she'rlariga e'tiroz bildirib ularni tuzatish kerakligini ham aytib o'tgan.Husayn Boyqaro ijodda ham Navoiyning eng yaqin hamrohi ,shu bilan birga uning asarlari tanqidchisi ham bo'lgan.
Shu o'rinda Navoiy yetti pusht ajdodlari Husayn boyqaro xonadonining eng yaqin kishilaridan bo’lgan. Ular o'rtasidagi do'stlik rishtalarini shoir shunday bayon qiladi:

"Otam bu ostonaning xokbezi,


Onam ham bu saro bo'ston kanizi,
Manga, gar xud bo'lay bulbul, agar zog',
Kim ushbu gargah o'lg'ay gulshani bog'.
Vale umre bu gulshandin xavodis,
Qilib jonimg'a hijron rangi hodis"[4].
"Debocha" da Navoiy shahzoda Sulton Muhammad haqida ham fikr yuritadi. Sulton Muhammad ham adabiyotga, she'riyatga ixlosi baland bo'lganini, o'zi ham ijod bilan shug'illanib turganligini qayd etadi.
Shoir devonining tuzilish jihatlarini, qaysi she'riy janrdagi ijod na'munalari bilan uni boyitmoqchiligini ham aytib o'tadi hamda bu devon kelgusida nazm ahliga manzur kelishi haqida shunday deydi: " Bu devon inshaolloh, bu robita bilakim mazkur bo'lur, murattab bo'lg'ay va bu robita bilakim mastur bo'lur, ihyo topg'ay"[5].
Xulosa o'rnida shuni aytish kerak-ki, Alisher Navoiy asarlarining birgina sahifasi, birgina jumlasida bayon qilingan so'zlarni sharh etish uchun o'nlab sahifa so'zlar kamlik qiladi. O'nlab sahifani sharh bilan to'ldirsangizda uni mag'zini to'laqonli chaqishning ilojosi yo'q. Chunki Navoiy ijodi bir ummon, nihoyasi yo'q xazinadir. Uni o'rganish, asarlari ustida tadqiqotlar olib borish, shoir ijodining ochilmagan qirralarini ochish bugungi kun yoshlari, adabiyotshunoslari, tilshunoslari oldidagi eng muhim vazifalardan biridir.

Asar sharhida foydalanilgan lug'atlar


1. Avbosh- badkor, bezori, yo'lto'sar, bebosh
2. Abhar- bo'tako'z nargis
3. Durud- duo , salom, olqish, tahsin, madh, sano; 2. kesimlik affiksi
4. Grihkushoy- tugunlarni yechuvchi, qiyin ishlarni hal qiluvchi
5. Muraffah- osuda, orom; xursand, xushdil
6. Murazo- kasallar, kasal bo'lganlar
7. Mu'nim- ne'mat beruvchi, rizq beruvchi, saxovatli
8. Jur'achash- mayxo'r, may totuvchi
9. Sa'b- qiyin, og'ir
10. Soyib- yuruvchi, kezuvchi, sayr qiluvchi
11. Soyg'al- sarflanmoq, xarj bo'lmoq
12. Robita-munosabat, bog'lanish, a'loqa, zanjir
13. Murofaa- da'vo, shikoyat bilan qoziga borish
14. Izo- ozor, azob, ranj
15. Lavlok- agar sen bo'lmaganingda
16. Bebok - 1 botir qo'rqmas hayiqmas 2 zolim, toshbag'ir, shafqatsiz, mahbuba , go'zal, yor 3 hayosiz, mulohazasiz, andishasiz.
17. Jur'a- qultum (ichimlik)
18. Zabunkush- ojizlarni o'ldiruvchi , zolim, jafokor
[1] Alisher Navoiy Mukammal asarlar to'plami I tom "Badoyi ul-bidoya " Toshkent.1987-yil 11- bet
[2] shu asar 12- bet
[3] shu asar 12- bet
[4] shu asar 17- bet

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:



  1. Alisher Navoiy Mukammal asarlar to'plami I tom "Badoyi ul-bidoya " Toshkent.1987-yil

  2. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug’ati I, II, III Toshkent. “Fan” 1983-yil

  3. SH. Sirojiddinnov,D. Yusupova, O. Davlatov Navoiyshunoslik I kitob Toshkent. “Tamaddun” 2018-yil

Download 21,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish