Jomiy (taxallusi; asl ism-sharifi Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad) (7-noyabr 1414-yil, Jom — 9-noyabr 1492-yil, Hirot) — fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili. Jomiyning ota-bobolari asli Dashtdan boʻlib, Jomda, keyinchalik Hirotda hayot kechirishgan. Jomiy Madrasa yoshidan ancha erta Hirotdagi „Dilkash“ (Navoiy maʼlumotiga koʻra, „Nizomiya“) madrasasiga kirib, oʻz davrining taniqli til, adabiyot olimlari va mudarrislari qoʻlida tahsil olgan. Shu davrdayoq u arab tilini mukammal oʻrgana boshlagan. Keyinroq Jomiy oʻz bilimini oshirish uchun Samarqandga keladi va Ulugʻbek madrasasida buyuk falakiyotshunos Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, fiqhshunos Fazlulloh Abullays kabilardan taʼlim oladi. Jomiy (taxallusi; asl ism-sharifi Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad) (7-noyabr 1414-yil, Jom — 9-noyabr 1492-yil, Hirot) — fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili. Jomiyning ota-bobolari asli Dashtdan boʻlib, Jomda, keyinchalik Hirotda hayot kechirishgan. Jomiy Madrasa yoshidan ancha erta Hirotdagi „Dilkash“ (Navoiy maʼlumotiga koʻra, „Nizomiya“) madrasasiga kirib, oʻz davrining taniqli til, adabiyot olimlari va mudarrislari qoʻlida tahsil olgan. Shu davrdayoq u arab tilini mukammal oʻrgana boshlagan. Keyinroq Jomiy oʻz bilimini oshirish uchun Samarqandga keladi va Ulugʻbek madrasasida buyuk falakiyotshunos Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, fiqhshunos Fazlulloh Abullays kabilardan taʼlim oladi.
Jomiydan ulkan va rangbarang adabiy hamda ilmiy meros qolgan. Baʼzi olimlar Jomiy asarlarining umumiy soni 100 ga yaqin deb taxmin qiladilar. Navoiy Hamsat ul-mutahayyirinda uning 38 asarini nomma-nom sanab koʻrsatadi. Jomiy asarlari falsafa, tasavvuf, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, sanʼat sohalariga hamda nazm va nasrning har xil janrlariga oid. Jomiyning ijodiy faoliyati koʻp qirrali boʻlsa ham u Sharq xalqlari madaniyati tarixida koʻproq genial shoir va mutafakkir — olim sifatida tanilgan. Bu jihatdan uning epik va lirik merosi gʻoyat diqqatga sazovordir. Sunggi asr adabiyotshunoslari haqli ravishda uni fors-tojik adabiyotining ilk taraqqiyot davrdagi (10—15-asirlar) buyuk mutafakkir-ijodkor deb ataydilar.
Jomiy asarlari
Jomiyning ‘Lujjat ul-asror” (“Sirlar dengizi”, 1475), “Ashiat ul-lamoat” (“Yiltillagan nur”, 1476) diniy-falsafiy qasidasi Ibn Sinoga bag’ishlangan. Dostonlarida xalq ommasining eng yaxshi orzu-umidlarini kuylagan. 7 dostondan iborat “Haft avrang” (“Etti taxt” yoki “Katta ayiq”, 1480— 87)dagi “Silsilat uz-zahab” (“Oltin zanjir”, 1472), “Tuhfat ul-ahror” (“Nuroniylar tuhfasi”, 1481— 82), “Sibhat ul-abror” (“Taqvodorlar tasbehi”, 1482— 83) dostonlarida yuksak xulq-atvor mezonlarini targ’ib qilgan, kishilarni ma’rifatga, yurtparvarlikka, to’g’rilik, insof va iymonga chaqirgan.
Jomiy uchta lirtik devon, etti dostondon iborat «haft rang» («Yetti taxt»), ta’lim-tarbiyaga oid «Bahoriston» asarlari bilan jahon madaniyati tarakkiyotida munosib o‘ringa ega bo‘ldi.
Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axlokiy karashlari Sa’diyning Guliston asari uslubida yozilgan «Bahoriston» asari va «Xaft avranga kirgan «Tuhfatul axror» hamda «Silsilatuz zahab» (Oltin tizmalar») va boshqa dostonlarida ifodalangan. Bu dostonlarda va «Bahoriston»da Jomiy hakiqiy kamolatga erishgan insgon haqidagi qarashlarini bayon etadi.
«Baxoriston» asarida esa ilmni bexuda egallamaslik, xar bir shaxs foydasi tegadigan ilmni egalashi zarurligini ta’kidlaydi: Eng zarur bilimni kunt bilan o‘rgan, Zarur bo‘lmaganin axtarib yurma. Zarurini hosil kilgandan keyin, Unga amal kilmay umr o‘tkurma. Abduraxmon Jomiy asarlarida xam boshqa allomalardagi kabi tarbiyaning axamiyatiga katta e’tibor beriladi. Yetuk insonga xos bo‘lgan axloqiy xislatlar uning barcha asarlarida keng tarannum etiladi.
Jomiy o‘zining mashhur «Silsilatuz zahab» («Oltin tizmalar») dostonida esa «Sevimli aziz farzandga nasihat» bobida, avvalo har bir yosh bilim olishi zarurligi, chunki inson umri juda qisqa bo‘lib, bu umrni behuda o‘tkazmasligi, ammo bilim olgandan so‘ng unga almal qilish lozimligini ta’kidlaydi va amaliyotsiz ilm ham behuda ekanligini alohida uqtiradi.Alloma ilmning ahamiyati haqida gapirar ekan, bu bilimni egallashda kitobning har bir yoshning bilim olishidzgi o‘rniga, uning hislatlariga alohida to‘xtab o‘tadi va kitobni «teri yopingan olim» o‘xshatadi.
Jomiy fikrlari
Eng zarur bilimni qunt bilan o’rgan,
Zarur bo’lmaganin axtarib yurma.
Qoldiray desang jahonda yaxshi nom,
Yaxshilik qil, yaxshilik qilgil mudom
Samarqand ilmiy maktabida faoliyat yuritgan qaysi olimlarni bilasiz? - Samarqand ilmiy maktabida faoliyat yuritgan qaysi olimlarni bilasiz?
- Ulug‘bekning astronomiyaga oid asari qanday nomlanadi?
- Ulug‘bekning “Risolai Ulug‘bek” asari qaysi fan sohasiga bag‘ishlangan?
- Ulug‘bek tarixnavis donishmand sifatida qanday asar yozgan?
- Ulug‘bek tomonidan qurilgan qaysi madrasa eshik tabaqalariga arab tilida “Bilim olish har bir musulmon ayol va erkak uchun farzdir” degan ibora о‘yib yozilgan?
- Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi nechanchi yillarda qurilgan?
- Ulug‘bek rasadxonasidagi astronomik asbob qanday nomlanadi?
- Ulug‘bekning ta’lim islohotida qilgan ishlari. ?
- Ulug’bekda pedagogik fikr va g’oyalar shakllanishiga ta’sir etgan allomalar?
- Ulug’bek asarining sharxchisi va iste’dodli shogirdi nomini ayting?
- Samarqand akademiyasi haqida fransuz faylasufi Vol’ter tomonidan Ulug’bekka berilgan ta’rifni ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |