] axborot tizimlari va texnologiyalari


Tashkilotning boshqaruv tuzilmasi



Download 378,54 Kb.
bet7/34
Sana31.12.2021
Hajmi378,54 Kb.
#255654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Bog'liq
AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI

Tashkilotning boshqaruv tuzilmasi

Tashkilotning hamma bo‘limlarining faoliyatini tashkil etish turli darajadagi boshqaruv bo‘g‘inlari ishtirokida amalga oshiriladi. Boshqarish deganda qo‘yilgan maqsadni egallash uchun quyidagi vazifalarni bajarish ko‘zda tutiladi:



Tashkillashtirish, rejalashtirish, hisobini olish, tahlil etish, nazorat qilish, rag‘batlantirish. Har bir boshqaruv vazifalaming mohiyatini ko‘rib chiqamiz.

Tashkillashtirish vazifasiga tashkiliy tuzilmani va me’yoriy hujjatlar to‘plamini tuzish kiradi: firma, bo'lim, laboratoriya va guruhlar uchun mas’uliyati, xabardorlik doirasi, huquqi, maj- buriyatlarini ko‘rsatgan holda tuzilgan shtat jadvallari. Bular asosan tashkilot bo‘limlari uchun chiqarilgan Nizomlarda ko‘rsatiladi.

Rejalashtirish vazifasi qo‘yilgan maqsadni ko‘zlagan holda rejalarni tayyorlash va amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Masalan, tashkilot uchun biznes-rejasi, ishlab chiqarish rejasi, marketing tadqiqot rejasi, moliyaviy reja, ilmiy-tadqiqot rejasi va boshqa rejalar (turli davrlarga mo'ljallangan: yil, kvartal, oy, kun).

Hisobini olish vazifasiga tashkilot faoliyatining ko‘rsatkichlarini tayyor shakllarda va usullarda hisob-kitob qilishni tashkil etish va amalga oshirish kiradi: buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi va boshqalar. Umuman olganda, hisobini olish vazifasiga xo'jalik jarayonining aniq axborotlarini olish, qayd qilish, to‘plash, qayta ishlash va ko'rsatish kiradi.

Tahlil etish vazifasi reja va buyurtmalami bajarilish natijasini o'rganish, ta’sir etuvchi omillami aniqlash, zaxiralami ko'rsa- tish, taraqqiyot yo‘nalishlarini o'rganish bilan bog'liq bo'ladi.

Nazarot qilish vazifasini menejer olib boradi: rejaning bajari- lishi, materiallar zaxirasining sarflanishi, moliyaviy vositalami ishlatilishlarini nazorat qiladi.

Rag ‘batlantirish vazifasiga xodimlaming ish samaradorligini oshirish bo'yicha tadbirlar tuzish va amalga oshirish kiradi:

  • moliyaviy rag‘batlantirish — ish haqi, mukofot, aksiyalar, lavozimini ko‘tarish va boshqalar;

  • psixologik rag‘batlantirish — tashakkumoma, faxriy yorliq va boshqalar.

Boshqarish sohasida «qaror qabul qilish» tushunchasi ishlatil- moqda. Bu tushuncha bilan bog'liq bo‘lgan qaror qabul qilishni qo'llab-quwatlovchi tizimlar, usullar, vositalami qo'llash ishlari tashkil qilinmoqda.

Qaror qabul qilish — boshqarish obyektiga maqsadli ta’sir etish: holatni tahlili asosida maqsadni aniqlash, shu maqsadni egallash dasturini tuzish.

Boshqarish darajasi (boshqaruv faoliyati turi) bajarilayotgan vazifalaming murakkabligi bilan aniqlanadi. Vazifa qancha murakkab bo'lsa, bu vazifani bajarish uchun yuqori darajali boshqaruv

talab qilinadi. Tashkilot boshqaruv tuzilmasi an’anaviy uch daijaga bo‘linadi: Tezkor, funksional va strategik. Boshqaruvning uch darajasi 3.2-rasmda ko‘rsatilgan.


Boshqaruv darajasi

A /Uzoq

/ \ /muddatli

3.2-rasm. Boshqaruv tuzilmasining darajalari

Qaror qabul qi­lish dinamikasi

Rahbariyat mas’uliyati. bajarilayotgan vazifalar- ning murakkabligining oshish darajasi
j



Tezkor boshqaruv darajasi ko‘p marta takrorlanadigan amal- larni bajarish va joriy axborotni o'zgarishiga tezda javob berish vazifalarini amalga oshiradi. Bu darajada bajarilayotgan amallaming hajmi ham, boshqaruv qaroriami qabul qilish dinamikasi ham yuqori bo‘ladi.

Funksional (taktik) boshqaruv darajasi birinchi (tezkor) darajada tayyorlangan axborotlami tahlil qilgan holda vazifalarni amalaga oshiradi. Bu darajada boshqaruvning tahlil vazifasi katta ahamiyatga ega. Bajarilayotgan vazifalar kamayadi, lekin ulaming murakkabligi oshadi.

Strategik boshqaruv darajasi tashkilotning uzoq muddatli strategik maqsadni bajarishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini tuzish bilan shug‘ullanadi. Strategik boshqaruv darajasini istiqbolli rejalashtirish deb ham yuritiladi. Boshqaruv qarorini qabul qilish mas’uliyati juda yuqoridir va u matematik hamda maxsus usullar yordamida tayyorlangan tahlil natijalariga shuningdek menejer mahoratiga ham bog‘liqdir.


Download 378,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish