Modellar bazasining boshqaruv tizimi quyidagi imkoniyat- larga ega bo‘lishi lozim: yangi modellarni yaratish yoki mavjudini o'zgartirish, modellar ko'rsatkichlarini qo‘llab-quwatlash va yangilash, modellarni manipulatsiya qilish.
Axborot texnologiyalarining samaradorligi va moslashuv- chanligi ko‘p jihatdan qaror qabul qilishni qo‘llab-quwatlashning interfeys tizimi xususiyatlariga bog'liq. Interfeys-foydalanuvchining tili, displey ekranida muloqotni tashkil etuvchi kompyuter xabari- ning tili, foydalanuvchining bilimini belgilaydi.
Keyingi paytda vizual interfeys ancha ommaviylashdi. «Sich- qon» manipulyatori yordamida foydalanuvchi ekranda rasmlar shaklida unga takdim etilgan obyekt va buyruqlami tanlaydi, bu bilan o‘z xatti-harakatlarini amalga oshiradi.
Inson ovozi yordamida kompyutemi boshqarish — foydalanuvchining eng sodda va o‘zi istagan til shaklidir. U hali yetarli ishlab chiqilmagan va shu bois kam ommaviylashgan.
Mavjud ishlanmalar foydalanuvchidan jiddiy cheklanishlar: muayyan so‘z va ifodalar jamlanmasi; foydalanuvchi ovozining o'ziga xosligini hisobga oluvchi maxsus sozlash; odatdagi silliq nutq ko‘rinishida emas, balki diskret buyruk ko'rinishidagi bosh- qarishlami talab etadi. Bu yondashuv texnologiyasi jadal rivojlanib bormoqda.
interfeys samaradorligining muhim ko‘rsatkichi foydalanuvchi va tizim o‘rtasida tanlangan muloqot shaklidir. Hoziigi paytda quyidagi muloqot shakllari: so‘rov-javob rejimi, buyruq rejimi, menyu rejimi, kompyuter taklif etgan ifodalarda kirish (propusk)ni to‘l- dirish rejimi eng ko‘p tarqalgandir.
Har bir shakl vazifaning turi, foydalanuvchining o'ziga xoslik- lari va qabul qilayotgan qarorlariga bog'liq holda o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega.
Uzoq vaqtlar xabarlami amalga oshiruvchi yagona til harflarda terilgan yoki displey ekraniga chiqarilgan hisobot yoki xabarlar bo‘lgan. Endilikda chiqish ma’lumotlarini taqdim etuvchi yangi imkoniyat — mashina grafikasi paydo bo'ldi. U ekran va qog'ozda uch oMchovli ko‘rinishda rangli grafik tasvirlami yaratish imko- niyatiga ega. Mashina grafikasidan foydalanish chiqish ma’lumot- larining ko‘rgazmaliligi va talqin ettirishni ancha oshira borib, qaror qabul qilishni qo‘llab-quwatlashning axborot texnologiyalarida tobora ommaviylashmoqda.
So'nggi bir necha yil mobaynida mashina grafikasi rivojlanish- ning yangi yo'nalish — mulptiplikatsiya ko‘zga tashlanadi. Multi- plikatsiya jismoniy tizim va obyektlami modellashtirish bilan bog'liq qaror qabul qilishni qo'llab-quvvatlash tizimlari chiqish ma’lumotlarini talqin qilish uchun ayniqsa samarali bo'lmoqda.
Yaqin yillarda xabarlar tili sifatida inson ovozidan foydalanish kutilmoqda. Hozir bu shakl moliya sohasida qarorlami qabul qilishni qo‘llab-quwatlash tizimida qo'llanilmoqla, unda favqulodda hisobotlar yuzaga kelishi jarayonida biror-bir holatning yagonaligi sabablari tushuntirilmoqda.
Foydalanuvchining bilimlari — bu, foydalanuvchi tizim bilan ishlashda bilish lozim bo'lgan narsalardir. Ular nafaqat foydalanuvchi miyasida bo'lgan xatti-harakatlar rejasi, balki kompyuter beradigan darsliklar, ko'rsatmalar, ma’lumotnoma xabarlariga ham oiddir.
Qarorlami qabul qilishni qo‘llab-quwatlash tizimi inter- feysini takomillashtirish ko'rsatilgan uch kompyuterlardan har birining rivojlanishidagi yutuqlar bilan belgilanadi. Interfeys quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lmog‘i lozim:
foydalanuvchi tanlovi bo‘yicha qarorlami qabul qilish jara- yonida o‘zgartirgan holda muloqotning turli shakllarini mani- pulatsiya qilish;
ma’lumotlami turli usullarda tizimga uzatish;
tizimning turli asbob-uskunalardan xilma-xil shakllarda ma’lumot olish;
foydalanuvchi bilimlarini qo‘llab-quwatlash (so'rov bo‘yi- cha yordam ko‘rsatish; bilmaganlarini aytib berish).
Zamonaviy axborot texnologiyalarining kundan-kunga rivoj- lanib borishi ulardan xalq xo'jaligining turli sohalarida samarali foydalanish uchun imkoniyat yaratib bermoqda.
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR
Tizim tushunchasi, axborot tizimi tushunchasi, kompyuter tizimlari, axborot tizimlari, ularning farqi. Axborot tizimlarining taraqqiyot bosqichlari. Axborot tizimlarining apparat va dasturiy qismlari. Quyi tizim tushunchasi, axborot tizimlari tuzilmasi (texnik, matematik, dasturiy, axborot, tashkiliy, huquqiy ta’minoti).
Axborot tizimlarining tasnifi, quyi tizimlami vazifalari bo‘yicha tasniflash.
Axborot tizimlari turi (mutaxassis, o‘rta pog‘onadagi menejer, yuqori pog‘onadagi menejerlar uchun axborot tizimlari). Axborot tizimlarining boshqa tasniflari (avtomatlashtirish darajasi bo'yicha, qo‘llash muhiti bo‘yicha, axborot xususiyati bo‘yicha).
Texnologiya, jarayon, moddiy ishlab chiqarish texnologiyasi, axborot texnologiyasi, yangi axborot texnologiyasi tushunchasi. Axborot texnologiyasi taraqqiyotining bosqichlari (bo'linish alomatlari bo‘yicha).
Axborot texnologiyasi turlari. Axborot texnologiyasining asosiy komponentlari: ma’lumotlar jamlanmasi, qayta ishlash, saqlash, hisobotlar. Boshqaruvning axborot texnologiyasi (maqsadi, vazifalari, natijalari: doimiy maxsus, qiyosiy va favqulodda hisobotlar).
Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi: ma’lumotlar bazasi, kompyuterli ofis texnologiyalari (matnli protsessor,