] axborot tizimlari va texnologiyalari



Download 378,54 Kb.
bet26/34
Sana31.12.2021
Hajmi378,54 Kb.
#255654
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34
Bog'liq
AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI

Asosiy komponentlar

Ma ’lumotlar bazasi. Axborot texnologiyasining asosiy kompo- nenti ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. Axborot ma’lumotlar bazasiga firmaning tashqi muhitidan keladi.

Mutaxassislar bazada ishlashning asosiy texnologik amallarini bilishlari shart. Axborot ma’lumotlar bazasidan kompyuteming dasturiy ilovalari (matnli protsessor, jadvalli protsessor, elektron pochta, kompyuter konfrensiyalari)ga tushadi. Ma’lumotlar bazasidan chiqqan axborot kompyutersiz texnik vositalar yorda- mida uzatishga, ko‘paytirishga va saqlashga ishlatilishi mumkin.



Matnli protsessor. Amaliy dasturiy ta’minot mahsuloti bo‘lib, matnli hujjatlarni yaratish va qayta ishlash uchun foydalaniladi. Matnli protsessor so‘zni qo‘shish va o‘chirish, abzas va gaplami o‘tkazish, formatlash, rejim va matn elementlarini o‘zgartirishga imkoniyat yaratadi. Hujjat tayyor bo'lganda, xodim uni tashqi xotiraga yozib, chop etish yoki kerak bo‘lgan kompyuter tarmog'i orqali uzatishi mumkin.

Elektron pochta. Elektron pochta (E-mail) kompyuterlarni tarmoqda ishlatishga asoslangan bo‘lib, foydalanuvchiga tarmoq orqali xabarlami olish, saqlash va yuborish imkoniyatlarini yaratib beradi.

Audiopochta. Bu pochta xabami tovush orqali yuboradi. Bu pochta elektron pochtaga o‘xshaydi. Faqat xabar klaviaturadan kiritilmasdan, telefondan tovush orqali kiritiladi. Xabar ham telefon orqali olinadi. Bu tizimda maxsus qurilma bo‘lib, u audiosignallami raqamlarga (va aksincha) aylantirib beradi. Audiopochta ham tarmoqda ishlaydi.

Jadval protsessori. Bu axborot texnologiyasining tayanch amaliy dasturiy komponenti hisoblanadi.Jadval protsessorida ishlash texnologiyasini bilmasdan turib, foydalanuvchi o‘z faoliyatida kompyutemi to'laqonli ishlata olmaydi. Zamonaviy jadval protsessorlari jadval ko‘rinishidagi qiymatlar ustida juda ko‘p amallarni bajaradi. Bu amallaming asosiylari quyidagilar:



  • klaviaturadan va ma’lumotlar bazasidan qiymatlarni kiritish;

  • ma’lumotlarni qayta ishlash (saralash, jamlash, ko‘chirish, nusxa olish, hisoblash amallari);

  • axborotni nashr, fayl ko‘rinishida chiqarish;

  • ma’lumotlami diagramma va grafik tarzda ko'rsatish;

  • muhandislik, moliyaviy, statistik hisoblami bajarish;

  • matematik modellashtirish va boshqa yordamchi amallar.

Elektron kalendar. Bu dasturiy vosita bo‘lib, tashkilotning

xodimlari va menejerlari uchun kompyuter tarmog'i orqali ish jadvallarini tuzish uchun ishlatiladi. Menejer uchrashuv yoki boshqa tadbiming sanasi va vaqtini belgilaydi, jadvalni ко‘rib chiqadi, o‘zgartirishlar kiritadi. Texnik va dasturiy ta’minot elektron pochtaning ta’minoti bilan bir xil.



Audiokonferensiya. Amaliyotda konferensiyalar uch turga bo'linadi: audio-, video- va kompyuterli konferensiyalar.

Audiokonferensiya firmaning uzoqda joylashgan bo'limlari yoki xodimlari bilan aloqani o‘matish uchun qo'llaniladi. Eng oddiy aloqa bu telefon aloqasidir. Aloqaga maxsus qurilmalar ulangan bo'lib, ular ikki va undan ortiq qatnashchilami konferensiyada ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Audiokonferen- siyalarda kompyuter ishlatilmaydi. Audiokonferensiya qaror qabul qilish uchun juda qulay va arzon vosita hisoblanadi.



Kompyuterli konferensiyalar. Kompyuterli konferensiyalar kompyuter tarmog‘idan foydalangan holda ayrim muammo ustida ishlayotgan guruh a’zolari o‘rtasida axborotlar almashuvini tashkil etadi.

Videokonferensiya. Videokonferensiyani ham audiokonferen­siya maqsadida foydalanish mumkin. Bunda faqat videoapparaturalar ishlatiladi. Bu konferensiyani o‘tkazish kompyuterdan foydala- nishni talab etmaydi. Videokonferensiya jarayonida uning qatnash- chilari o‘zini va boshqa ishtirokchilami teleekranda ko‘rib turadi. Teletasvir bilan tovush ham uzatiladi. Videokonferensiyaning uch turidan foydalaniladi:

  • bir tomonlama video- va audioaloqa. Bunda aloqa faqat bir tomonlama amalga oshiriladi. Masalan, boshliqdan bajaruvchilarga;

  • bir tomonlama video- va ikki tomonlama audioaloqa;

  • ikki tomonlama video- va audioaloqa.

Videomatn. Videomatn monitor ekranida kompyuter orqali matnli va grafikli ma’lumotlami ko‘rish uchun ishlatiladi. Foydalanuvchi uchun videomatn shaklida axborotni olishning uch yo'li mavjud:

  • o‘z kompyuterida videomatn fayllarini yaratish;

maxsus firma bilan videomatn faylini serverda saqlash va boshqa foydalanuvchilarga tarmoq yoki disklar orqali yetkazib berish uchun shartnoma tuzish:

•boshqa kompaniyalar bilan ularning videomatn fayllarini olish uchun shartnomalar tuzish.



Tasvirlami saqlash. Har bir tashkilotda katta hajmdagi hujjat- lami saqlanadi. Ulaming soni shunchalik ko‘p bo'ladiki, hatto ulami fayl tarzida saqlash ham muammo bo'lib qolishi mumkin. Shuning uchun hujjatning o'zini emas, uning tasvirini saqlash g'oyasi paydo bo‘lgan.

Tasvirlami saqlash (imaging) texnologiyasi ofis texnologiyasi - dagi istiqbolli yo‘nalishlardan biridir. Bu texnologiyada maxsus qurilma — tasvimi optik ko'rsatish qurilmasidan foydalaniladi. Qurilma hujjat va filmning tasvirlarini kompyuterning tashqi xotirasida saqlash uchun raqam ko‘rinishiga o'tkazadi. Saqlanayot- gan raqam shaklidagi tasvir xohlagan vaqtda haqiqiy ko‘rinishda ekranga yoki printerga chiqarilishi mumkin. Tasvirlami saqlash uchun katta hajmga ega bo'lgan optik disklar ishlatiladi. Masalan, besh dyuymli optik diskda 200 ming betning tasvirini saqlash mumkin.



Faksimal aloqa. Faks apparatlarini ishlatishga mo'ljallangan. Faks-aloqa kommunikatsiya kanalining bir uchida hujjatni o'qish va ikkinchi uchida esa uni ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

QAROR QABUL QILISHNI QO‘LLAB-QUWATLASH AXBOROT TEXNOLOGIYALARI




Download 378,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish