AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TURLARI
Ma’lumotlami qayta ishlashning axborot texnologiyasi
Boshqaruvning axborot texnologiyasi
Ofisni avtomatlashtirish
Qaror qabul qilishni qo‘llab-quwatlash axborot texnologiyalari
MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASHNING AXBOROT TEXNOLOGIYASI
Xususiyati va ifodalanishi
Ma’lumotlarni qayta ishlashning axborot texnologiyalari yaxshi tuzilmalashgan vazifalami hal qilish uchun mo‘ljallangan. Ularga ko'ra zarur kirish ma’lumotlari mavjud algoritmlar hamda ulami qayta ishlashning boshqa standart amallari ham ma’lum.
Bu texnologiya boshqaruv mehnatining ayrim mayda, doimiy takrorlanib turuvchi operatsiyalarini avtomatlashtirish maqsad- larida yuqori bo'lmagan malakali xodimlaming tezkor (ijrochilik) faoliyati darajasida qo'llaniladi. Shu bois axborot texnologiyalari tizimlarini bu darajada qo'llash xodimlar mehnati samaradorligini ancha oshiradi, ulami mayda operatsiyalardan ozod etadi, ehtimol, hatto xodimlar sonini qisqartirish zaruriyatiga olib kelishi ham mumkin.
Tezkor faoliyat darajasida quyidagi vazifalar hal etiladi:
firmadagi bajarilayotgan amallar haqidagi ma’lumotlami qayta ishlash;
firmadagi ishlaming holati to‘g‘risida davriy nazorat hisobotlarini tuzish;
istalgan joriy so‘rovlargajavob olish va ulami qog‘oz hujjatlari yoki hisobotlari ko‘rinishida rasmiylashtirish.
Ma’lumotlami qayta ishlash bilan bog‘liq bir necha o'ziga xosliklar mavjud, ular quyidagi jihatlar bilan boshqa texnologiya- lardan ajralib turadi:
Ma’lumotlarni qayta ishlash bo'yicha firmaga zarur bo‘lgan vazifalarni bajarish har bir firma o‘z faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish va saqlashga qonunan haqli. Ular firmada nazoratni ta’minlash va qo‘llab-quwatlash vositasi sifatida foydalanilishi mumkin. Shu bois istalgan firmada ma’lumotlami qayta ishlash axborot tizimi albatta bo‘lishi va tegishli axborot texnologiyasi ishlab chiqilishi lozim;
faqat yaxshi tartiblashgan vazifalarni hal etish, buning uchun algoritm ishlab chiqish mumkin;
qayta ishlashning standart ish tartibini bajarish. Mavjud standart ma’lumotlami qayta ishlashning namunaviy ish tartibini belgilaydi va ularga barcha turdagi tashkilotlar rioya qilishini ko'zda tutadi;
odam kam qatnashadigan avtomatik rejimdagi asosiy ish hajmini bajarish;
batafsil ma’lumotlardan foydalanish. Taftish o‘tkazishga yo‘l qo'yuvchi, firma faoliyati haqida yozuvlami amalga oshirish. Taftish jarayonida firma faoliyati boshidan oxirigacha va oxiridan boshigacha ketma-ketlik tartibida tekshiriladi;
voqealar ketma-ketligiga(xronologiyasiga) e’tibor berish;
muammolarni hal etishda boshqa mutaxassislardan kam yordam talab qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |