Tashkiliy ta’minot
Tashkiliy ta’minot — axborot tizimini yaratish va undan foydalanish jarayonida xodimlar va texnik vositalar hamda xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni muvofiqlashtiruvchi usullar va vositalar to‘plamidir.
Tashkiliy ta’minot quyidagi vazifalami bajaradi:
muassasa boshqaruv joriy tizimini tahlil etadi va shu asosda avtomatlashtirish vazifalarini belgilaydi;
kompyuterda bajarish uchun vazifani tayyorlash hamda axborot tizimini loyihalash, texnik topshiriqni va texnik-iqtisodiy asoslashning samaradorligini hisoblaydi;
muassasa tuzilmasi va tarkibi bo'yicha boshqaruv qarorlarini va boshqaruv tizimining samaradorligini oshirish bo'yicha vazifalami yechish uslubiyotini tuzadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |