https://buxdu.uz
# 4, 2020 PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL
151
Dilfuza ORIFBOYEVA
Namangan davlat universiteti
katta oʻqituvchisi
IJTIMOIY BOXABARLIK IJTIMOIY KOMPETENTLIKNING TARKIBIY QISMI
SIFATIDA
Ushbu maqolada boʻlajak pedagoglarni kasbiy tayyorlashda ijtimoiy boxabarlik tushunchasi ijtimoiy
kompetentlikni shakllanishiga xizmat qiluvchi asosiy tushunchalardan biri sifatidagi olimlarning qarashlari aks
ettirilgan.
Kalit soʻzlar: kompetensiya, ijtimoiy kompetentlik, intellektual kompetentlik, ijtimoiy bohabarlik, kasbiy
tayyorgarlik,empativlik, oʻzini-oʻzi anglash.
В данной статье отражены взгляды ученых на концепцию социальной осведомленности в
профессиональной подготовке будущих учителей как одну из ключевых концепций, способствующих
формированию социальной компетентности.
Ключевые слова: компетентность, социальная компетентность, интеллектуальная компетентность,
социальная осведомленность, профессиональная подготовка, эмпатия, самосознание.
This article reflects the views of scholars on the concept of social awareness in the professional training of
future teachers as one of the key concepts that contribute to the formation of social competence.
Keywords: competence, social competence, intellectual competence, social awareness, professional training,
empathy, self-awareness.
Zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlarining amaliyotida shu narsa sezilmoqdaki, boʻlajak
pedagog mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik mazmunini, shakllangan shaxs modelini va ixtisoslik
faoliyatini ta’riflash me’yorlarini ishlab chiqish, faoliyat subyektining kasbiy tasavvuri va tafakkurini hamda
oʻzini oʻqituvchi sifatida anglab yetishini tadqiq qilish masalalariga ilmiy jamoatchilikning e’tibori yanada
ortmoqda.
Boʻlajak oʻqituvchilarning zamonaviy talablar asosida kasbiy tayyorgarligini ta’minlash uchun mazkur
jarayonning negizi hisoblangan pedagog mehnatining mazmunini hozirgi davr talablari darajasida tashkil
etish zarur. Kasbiy tayyorgarlik jarayonining har bir qismi va holatini uygʻunlashtirib yaxlit tasavvur
qilingandagina, uning oʻziga xos xususiyatlari yaqqol namoyon boʻladi, murakkabliklarining tarkibini
aniqlash, muammolarining yechimlarini topish osonlashadi, nozik qirralari va jihatlari anglanadi, ayni paytda
umumpedagogik jarayonning sifati yanada ortadi. Ana shu maqsadda boʻlgʻusi oʻqituvchilarning kasbiy
tayyorgarligi jarayoniga nisbatan munosabat tizimini oʻzgartirish muammoga yangicha yondashish, boʻlajak
pedagoglar kasbiy kompetentligining zamonaviy jihatlarini oʻrganishni taqozo etadi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2020-yilning 24-yanvar kuni Oliy Majlisga
murojaatnomasida “Kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida milliy
malaka tizimi ishlab chiqiladi. Ushbu tizim 9 mingga yaqin kasblar boʻyicha kadrlar tayyorlash imkonini
beradi. Oliy ma’lumot olaman, oʻz ustimda ishlab, ilmli boʻlaman, degan, yuragida oʻti bor, joʻshqin
yoshlarimizning tahsil olishi uchun hamma qulayliklarni yaratishimiz shart.
Shuning uchun maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2020-yilda kamida
25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetkazamiz. Bu borada shuni unutmaslik kerakki, oliy ta’lim qamrovini
oshirish toʻlov kontraktiga bogʻliq boʻlib qolmasligi zarur” degan fikrlari oliy ta’limga koʻplab
bitiruvchilarni qamrab olish hamda barcha oliy ta’limni tamomlayotgan kadrlarda kasbga xos
kompetentsiyalarni shaklantirish kerakligining alohida ifodasi deyish mumkin [1].
Psixologik-pedagogik adabiyotlarda, tadqiqot ishlarida kompetentlikning tarkibi quyidagi tarzda
koʻrib chiqiladi:
-
jamiyatdagi kompetentlik muomala qobiliyati boʻlib, bunda xabarlar almashinadi, pedagogik
jarayonda ishtirokchilar bilan munosabat oʻrnatiladi va saqlab qolinadi;
-
intellektual kompetentlik bilimlar yigʻindisining alohida tipi boʻlib, u alohida faoliyat sohasida
samarali qarorlar qabul qilish imkonini beradi;
-
ijtimoiy-psixologik kompetentlik, mustahkam va hamkorlikdagi faoliyat yuritishda namoyon boʻladi
(oʻquv ta’lim-tarbiyaviy, tadqiqot, amaliy), texnologiyalarni ishlab chiqishdagi eng optimal usullarda
ifodalanadi. Nazorat tizimini samarali tashkil qilish oʻzini nazorat qilish ta’lim subyektlari bilan qayta aloqa
oʻrnatish.
Kompetentlik (xabardorlik) – bu kompetensiyalar tizimi, berilgan sohada samarali faoliyat uchun zarur
bilim va tajribaning mavjudligi. Pedagogika va ijtimoiy psixologiyada “ijtimoiy xabardorlik” ta’rifida
https://buxdu.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |