“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
– demokratiyaga hurmat va demokratik jarayonlarda ishtirok etishni qo‘llab-quvvatlash.
Angliyada qabul qilinayotgan va amalga oshirilayotgan qonunlarni hurmat qilishni o‘rgatish.
5
Angliyalik tadqiqotchi Rob Bovden (Rob Bowden) ingliz qadriyatlari bilan umumin-
soniy qadriyatlarini quyidagicha uyg‘unlishtiradi
6
:
Fundamantal ingliz qadriyatlari
Umuminsoniy qadriyatlar
demokratiya
o‘z maqsadini belgilab olish, mustaqilligi, ijtimoiy tuzimi
qonun ustuvorligi
ijtimoiy adolat, dunyo tinchligi, mas’uliyat, erkinlik,
an’analarga hurmat
shaxsiy erkinligi
erkinlik, o‘z-o‘zini hurmat qilish, mustaqil, teng huquqlilik
o‘zaro bag‘rikenglik va boshqa e’tiqod
va ishonchlarga hurmat
baxtiyorlik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, teng huquqlilik,
an’analarga hurmat, kamtarlik
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tarbiya masalasi azaldan O‘zbek maktabchiligi-
ning o‘ziga xos an’anaviy shakli hisoblanadi. Tarbiya masalasiga e’tibor qaratadigan
bo‘lsak uni tarix sarxadlari uzra milliy qadriyatlar bag‘riga singib ketganini ko‘ramiz.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach milliy qadriyatlar ruhiyati singdirilgan ta’limga
yangicha yondashuv “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ishlab chiqildi. Bu “Milliy dastur”
mazmun-mohiyatiga ko‘ra shaxsni har tomonlama, ya’ni, ham ma’naviy, ham axloqiy,
ham ijtimoiy, ham madaniy rivojlantirishga qaratilgan o‘ziga hos xususiyatlari bilan aj-
ralib turadi. O‘zbek milliy qadriyatlari haqida so‘z yuritilganda ularni bir qolipga solib
talqin qilib bo‘lmaydi albatta, chunki ular mazmunan keng qamrovli bo‘lib, o‘zida butun
bir millat ruhiyatini aks ettiradi. Yuqorida keltirib o‘tilgan Buyuk Britaniyaning ta’lim de-
partamenti tomonidan qabul qilingan yangi ta’lim to‘g‘risidagi qonun talablariga ko‘ra
ta’lim oluvchilarni shaxs sifatida rivojlanishida ta’lim muassasalari e’tibor qaratishi za-
rur bo‘lgan omillar O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalari faoliyatidagi omillar
bilan o‘xshash va farqli xususiyatlarini taqqoslashga imkoniyat yaratadi. Jumladan,
Buyuk Britaniya ta’lim muassasalari e’tibor qaratish lozim bo‘lgan “Boshqa kishilarni
hurmat qilishni o‘rgatish, haq va nohaqni farqiga borish” kabi masalalar o‘zbek milla-
ti asrlar davomida qo‘llab kelgan tarbiya mazmunidan joy olishini, ta’lim oluvchilarni
“O‘zligini anglash, o‘zligidan faxrlanish, madaniy bag‘ri kenglik, demokratiyaga hur-
mat” kabi masalalar O‘zbekiston Respublikasining “Milliy istiqlol g‘oyasi”da aks etgan
“Milliy g‘urur, diniy bag‘rikenglik, mustaqillikni ko‘z qorachig‘idek asrash” kabi masala-
lar bilan hamohangligini ko‘ramiz. Keyingi uch yil mobaynida mamlakatimizda barka-
mol avlod tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga yanada katta e’tibor qaratila
boshlandi. Jumladan, 2018-yil 14-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim tarbi-
ya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-3907-sonli Qarori qabul qilindi.
7
Mazkur qarorga ko‘ra, o‘sib kelayotgan yosh av-
lodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash ustuvor vazifa
sifatida belgilab qo‘yildi.
5
https://www.gov.uk/government/uploads/system/uploads/attachment_data/file/380595/SMSC_
Guidance_Maintained_Schools.pdf
6
Do'stlaringiz bilan baham: |