“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
● to‘rtinchidan, innovatsion faoliyatning mazmun va mohiyatini tushunish va man-
tiqan zaruriyatini qabul qilish.
Bu jarayonda quyidagi qator vazifalar o‘qituvchilarda innovatsion faoliyat ko‘rsa-
tish ko‘nikmalarini shakllantirish asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish, yangiliklar
kiritishni amalga oshirishda ta’lim muassasasi rahbarlarining asosiy vazifalari va ular-
ning boshqaruv faoliyatining hamda pedagogik innovatsiyalar samaradorligining aso-
siy shartlari hisoblanadi:
● o‘qituvchilar uchun innovatsion faoliyat ko‘rsatishning dolzarbligi muammolarni
uzil-kesil hal qilish va ta’lim-tarbiya jarayonlarining sifat va samaradorligini ta’minlash-
ning asosiy omillari sifatida belgilanishi;
● tanlangan innovatsion vositalarning o‘qituvchilarning bilim, ko‘nikma, malakala-
ri, kasbiy tajribasi va imkoniyatlariga mos kelishi;
● innovatsiyalarning to‘la ilmiy asoslanganligi;
● innovatsion jarayonlarning ahamiyatliligi va tizimliligi;
● yangilik yaratuvchi va undan foydalanuvchilarning shaxsiy-professional xususi-
yatlarini hisobga olish va innovatsiyalarning ahamiyatini anglash, har bir subyektning
yuqori darajadagi mas’uliyati hamda javobgarligini ifodalashi;
● innovatsion jarayonlarda tavakkalchilikning minimal darajada bo‘lishi uchun ye-
tarli shart-sharoitlar yaratish, tavakkalchilikning darajasini tushunish va ularning asos-
langanligining zaruriyati;
● boshqaruv funksiyalari va boshqaruv mexanizmlarida, ta’lim jarayonining maz-
munida, pedagogik texnologiyalarda, ta’lim muassasasining dasturi va konsepsiyasida
o‘zgartirishlar hamda rivojlanish tamoyillarining o‘z ifodasini topishi;
● rahbarlarning boshqaruv faoliyati metodologiyasining innovatsion jarayonlarni
boshqarish shartlari va tamoyillariga mos kelishi.
Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bevo-
sita ta’lim tizimiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ta’limni yangilash va uzviyligini ta’minlash uni
demokratlashtirishni, ijtimoiylashuvi va insonparvarlashuvini, boshqaruvda ma’muriy
buyruqbozlik tizimidan voz kechishni, integrativ jarayonlarni kuchaytirish, ta’limning
ishlab chiqarish bilan aloqasini takomillashtirishni nazarda tutadi. Bu jarayonlar ijtimo-
iy-madaniy vaziyatlarning obyektiv o‘zgarishlari bilan bog‘liq holda mazkur tizimning
innovatsion faoliyatlarga bo‘lgan ehtiyojini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |