# 3-son 2019. indd


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/163
Sana26.09.2021
Hajmi2,6 Mb.
#186206
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163
Bog'liq
3-son-2019

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
•  mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi;
•  bolani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga yor-
dam beradi.
Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sohasida, o‘quv faoli-
yatida va o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Ax-
borot texnologiyalari ta’limni amalga oshirish jarayonida hayot bilan uyg‘unlashtirish-
ga imkon beradi. O‘qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan chambarchas bog‘lash 
imkoniyati paydo bo‘ladi. Axborot texnologiyalarini qo‘llashda o‘quvchi shaxsining 
butun imkoniyatlarini amalga oshirishga: kompyuter vositalari orqali bolaning bilishga 
oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va estetikaviy imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro‘yobga 
chiqarishga intilish lozim. Kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quvchi shaxsini 
rivojlantirishning to‘laqonli vositasiga aylantirish uchun o‘qituvchining o‘zi axborot tex-
nologiyalari sohasida bilimdon (salohiyatli) bo‘lishi kerak.
ATlarini o‘quv jarayoniga tatbiq etishda ma’ruza darslariga alohida e’tibor beriladi 
va bu o‘qitish metodi oliy ta’limda muhim o‘qitish shakllaridan biri hisoblanadi. Ma’ruza 
darslarini nazariy, g‘oyaviy tomonlarini takomillashtirish uning o‘quv jarayonidagi ahami-
yatini yanada oshib borishini ta’minlaydi. Ko‘pgina pedagog-olimlar ma’ruza darslarini 
rivojlantirish o‘qitish sifatining oshishiga olib kelishini ta’kidlaganlar. Ma’ruza o‘qishning 
maqsadi talabalarni amaliy, laboratoriya ishlari hamda o‘quv adabiyotlari bilan mustaqil 
ishlay olishlarini ta’minlash uchun ularni o‘quv materiallari bilan qurollantirishdan iborat.
Ma’ruza darslarini o‘quvchi-talabalar tomonidan o‘zlashtirish uchun ularda ma’lum 
darajada bilim, iroda, mehnat hamda diqqatni jalb etish kabi hislatlarning bo‘lishi talab 
etiladi. Shuning uchun ma’ruza darslarini o‘tishda o‘quvchi-talabalarning o‘qituvchilar 
bilan hamkorlikda ishlashlarini ta’minlash katta samara beradi. Shu bilan bir qatorda, 
o‘quvchi-talabalarning mustaqil ishlashlari uchun ham alohida e’tibor va sharoit yarat-
moq lozim. O‘quvchi-talabalar mavzu ustida qancha ko‘p bosh qotirsalar, uni shuncha 
ko‘p tushunadilar va eslab qoladilar. Tushunib, eslab qolish bilim olishning eng yaxshi 
va mustahkam usullaridandir.
Mustaqil shug‘ullanish o‘quvchi-talabalarda psixologik jarayonlarni rivojlantirishga 
sabab bo‘ladi va keyinchalik mavzuni tushunishlari uchun ularni keng miqyosda fikr-
lash, voqea-hodisa hamda faktlarni tahlil qilishga tayyorlab boradi. Shuni ta’kidlash 
lozimki, ma’ruza darslarini o‘tishda mavzularga doir didaktika elementlarini qo‘llash 
ham yaxshi samara beradi. Shu sababli ma’ruza darslariga tayyorgarlik ko‘rish alohi-
da o‘rinda turadi. Bu esa zamonaviy vositalardan foydalanish, mavzu bo‘yicha o‘quv-
chi-talabalarga o‘quv materiallarini ko‘rish, eshitish, taqqoslash, obrazlar ko‘rinishida 
taqdim etish kabi komponentlarning kiritilish imkoniyatlarini yaratadiki, bular ma’ruza 
darslari samaradorligini oshirishga olib keladi.
An’anaviy o‘qitish metodikasining kamchiliklari to‘g‘risida pedagogika sohasidagi 
ko‘pgina adabiyotlarda fikrlar mavjud. Jumladan, V.I. Onishenko va M.N. Gendinlar-
ning fikricha, hozirgi vaqtda ma’ruza – umumlashtiruvchi jarayonni bildirib, bir tomon-
dan, o‘qituvchining ma’lumotlar berishini ta’minlasa, ikkinchi tomondan, u talabalar-
ning qabul qilish jarayonini ifodalaydi. Har bir fanni o‘qitish uchun, odatda, belgilangan 
maqsadga ko‘ra, uning mazmuni tanlanadi. Uni o‘zlashtirish uchun mos metodlar, 
o‘quv vositalari va nihoyat mos o‘qitish shakli tanlanadi.
Albatta, ta’lim berish sifatini oshirish uchun o‘qituvchi tomonidan ma’ruza o‘qishda 
berilayotgan materialni har xil ko‘rinishda (nutqning darajasi, past yoki baland, takror-
lash, qo‘shimcha namoyish qilish) bayon qilishi mumkin. 


109
Ikkinchidan, o‘qituvchi bunga qachon ehtiyoj tug‘ilganligini aniq bilmasligi mumkin. 
Bunga talabalarning ma’ruza darslarini ma’lum qismlariga faol ishtirok etmaganliklari 
sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa, oqibatda darsdan darsgacha bo‘lgan materialni o‘z-
lashtirmaslikka olib keladi. Shu ma’noda, axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga 
qo‘llashda o‘quv-materiallarini elektron nusxa shaklida joriy etish o‘quvchi-talabalar va 
pedagog-xodimlarga keng imkoniyatlar yaratadi. 
Ta’limda uzluksizlikni ta’minlash metodik tizim deb ataluvchi maqsad, mazmun, 
metod, vosita, shakl kabi uning tarkibiy qismlari orasidagi uzviy aloqalarga bog‘liq. 
Shu o‘rinda hozir fanlarni o‘qitish uchun tuzilgan o‘quv fanlari davr talabiga javob bera 
oladimi? degan savol tug‘iladi. Ta’limda hamma vaqt mazmun va metodlar muammo-
si mavjud bo‘lib, bu muammolar bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Ta’lim metodlaridagi 
muammolar “kimni qanday o‘qitamiz?” degan savol bilan bog‘liq bo‘lib, bundan ta’lim 
metodlarini ishlab chiqish uning mazmuniga bog‘liq ekanligidan kelib chiqadi. Bu ikki 
muammo bir-biriga qarama-qarshilikda bo‘lib, bir-birini to‘ldirib boradi.
O‘quvchi (talaba)larning psixologik tayyorgarliklari, fikrlash darajalari yoki olgan 
bilimlarni o‘zlashtirish layoqatiga qarab, har bir ta’lim bosqichi uchun mos mazmun va 
metodlar tanlanadi. Har bir bosqichning o‘ziga xos mazmunini bayon qilish mantiq va 
usullari mavjud.
Metodikaning maqsadi mazkur fandan yangi o‘quv fani (o‘quv predmeti) yaratish 
va bu fanning o‘zlashtirilishini ta’minlashdan iborat. Bunday o‘quv fanlari o‘quvchining 
barcha talab-ehtiyojlarini qoniqtirishi, ilg‘or pedagogik texnologiyalar talablari asosi-
da “avval o‘qish, so‘ngra bu o‘qishga o‘rgatish uchun o‘qish” prinsipiga asoslanish, 
talabaning o‘quv materialini o‘zlashtirishdagi darajalari, nazariy va amaliy bilimlarni 
egallashda soddadan-murakkabga qoidasiga asoslangan nazorat topshiriqlarini belgi-
lash, o‘quvchilarga individual va tabaqalashgan holda yondashish kabi xususiyatlarni 
hisobga olish lozim.
Metodikaning vazifalari va muammolarining to‘g‘ri hal qilinishi uchun fanlarni 
o‘qitish konsepsiyalarini yaratish hamda fanlarning mazmunini qanday izohlashdan 
iborat bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan ikki muammoning yechimini topish kerak bo‘ladi. 
Fanlarning o‘qitish konsepsiyalari 80-yillarda yaratilgan. Hozirga kelib ilm-fanning ja-
dal taraqqiyoti, axborot texnologiyalarining keng joriy qilinishi natijasida fanlarni o‘qi-
tish maqsadlari ham o‘zgarib bormoqda. Shu munosabat bilan bu konsepsiyalarni 
qarab chiqish maqsadga muvofiqdir. Fanlarning mazmunini izohlash muammolari va 
mazmuni o‘quvchi diqqatini tortishi, qiziqtirishi, nazariya bilan amaliyotning bog‘la-
nishini ta’minlashdan iborat. An’anaviy metodikada o‘quvchi shaxsining rivojlanishini 
hisobga olgan holda bilimni ko‘nikmaga, undan esa malakagacha rivojlanishiga axa-
miyat bermasligi ayon. O‘qituvchi o‘quvchiga iloji boricha o‘rganilayotgan fanning 
mavzusidan ko‘proq ma’lumot berishga harakat qiladi. Shu bilan bir qatorda, o‘qi-
tuvchi axborotlarni to‘plash, ularni tanlash va qayta ishlash, o‘rganilgan (o‘rgatilgan) 
axborotlarni qo‘llash kabi bilimning uchta bosqichidan iborat modeliga hamma vaqt 
rioya qilavermaydi.
Keyingi navbatda, o‘quvchining bilim faoliyati (olgan bilimi) uning yangi pog‘o-
nasiga, ya’ni bilish faoliyatining faollashuv jarayoniga o‘tishi kerak. Shundagina bilim 
ko‘nikmaga, ko‘nikma esa malakaga aylanadi.
O‘quvchi bilish faoliyatining faollashuvi qator tamoyillarga tayanadi:
● fanni o‘rganishga qiziqtirish;
● muammoli metodlarni qo‘llash;


110

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish