“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
● nazariy-pedagogik qoidalar majmui innovatsion faoliyatning asoslari bilan bel-
gilanishi;
● innovatsion faoliyatning maqsadi, vazifasi, mazmuni hamda uni tashkil etish
tamoyillarini o‘z ichiga olishi.
Ta’lim muassasasi o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga jalb etuvchi omillar inno-
vatsion faoliyatga ularni motivlashtirish (undash) vositalari sifatida xizmat qiladi. O‘qi-
tuvchilarning innovatsion faoliyatini tashkil etish ishlari asosiy maqsadga erishishga
yo‘naltirilgan bo‘ladi va shu munosabat bilan ta’lim muassasasida asosiy o‘zgarishlar
vujudga keladi. Mazkur maqsadlarga erishishda qator vazifalarni bajarish zarur:
● uzluksiz ta’lim g‘oyalarini amalga oshirishning dolzarb ehtiyojlarini ifodalovchi
yangilangan texnologik va dasturiy-metodik maxsulotlarni yaratish;
● ko‘proq samarali hisoblangan o‘qitish vositalarini tanlash;
● ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot salohiyatini rivojlantirish;
● o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorligiga asoslangan hamkorlikdagi innovatsi-
on faoliyatni tashkil etish;
● jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlariga mos, bilimli va qobiliyatli bitiruvchilar
modelini amalga oshirishga asoslanish (ta’lim mazmunini yangilash);
● o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy
etish (ta’lim dasturlarini yangilash), bunda innovatsion yondashuvlar quyidagilarni na-
zarda tutadi:
● birinchidan, o‘quv darsliklarining mazmunini turli mafkuralardan tozalash, raqo-
batni vujudga keltiruvchi fikrlar bilan to‘ldirish;
● ikkinchidan, davlat ta’lim standartlariga mos ravishda, harakatdagi dasturlarga
yangi rivojlantiruvchi ayrim o‘zgartirishlarni kiritish;
● uchinchidan, o‘quv rejasining fakultativ va ta’lim muassasasi ixtiyoridagi soatlar
bloklariga yangi fanlarni kiritish.
Innovatsion faoliyatni tashkil etishni ta’minlashning asosiy shartlari alohida bosh-
qaruv jihatlari, ya’ni mazkur faoliyatni tashkil etishga yo‘naltirilgan, yangilangan bosh-
qaruv strukturasini shakllantirish hisoblanadi.
Innovatsion faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish munosabati bilan ta’lim jarayoniga
innovatsiyalarni kiritishda barqarorlik vujudga keladi. Bunda, eng muhimi, pedagogik
jamoaning innovatsion faoliyatga tayyorgarligi va ehtiyojlarini inobatga olib yangiliklar-
ni tanlash hisoblanadi.
Ta’lim tizimining rivojlanishini tizimli boshqarish ta’lim muassasalarining me’yoriy funk-
siyalarini bajarish bilan, alohida innovatsion loyihalarni birlashtiruvchi, yagona maqsadga
qaratilgan dasturlar doirasida pedagogik jamoa a’zolarini birlashtirishga yo‘naltiriladi.
Shuningdek, ta’lim muassasasi rivojlanishini boshqarishning yangilangan struktu-
rasini amaliyotga tatbiq etish jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:
1. Subyekt – rahbar, rahbar o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning o‘zi-
ni-o‘zi boshqarish faoliyatini tatbiq etish.
2. Tatbiq etish jarayonining elementlari innovatsion modelning mustahkam hara-
katlanishini qo‘llab-quvvatlovchi choralar majmui sifatida shakl, metod va vositalarni
o‘z ichiga oladi.
Tatbiq etishning asosiy shakli pedagogik tajriba-sinov ishlari hisoblanadi va bunda
tahlil qilish, natijalarni baholash, o‘qituvchi faoliyatining mazmunini takomillashtirish,
ularning aloqalari va o‘zaro munosabatlarini, huquq va mas’uliyatlarini belgilash ishlari
amalga oshiriladi.
105
Mazkur jarayonda vazifalar taqsimotini tahlil qilishda tizimdagi axborotlar oqimi,
hujjatlar aylanishi, ish rejimi, muassasa holati va tasnifiy xususiyatlari, lavozimlar bo‘yi-
cha ko‘rsatmalar o‘rganiladi, shuningdek, muassasa faoliyati, innovatsion jarayonlarni
amalga oshiruvchi shaxslarning funksional vazifalari va innovatsiyalarni zarur axbo-
rotlar bilan ta’minlovchi hujjatlar, nizom, tezkor muvofiqlashtirish rejalari va boshqa
me’yoriy hujjatlar aniqlanadi.
Mazkur yo‘nalishda innovatsiyalarni tatbiq etish metodlari va vositalariga:
● o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini tahlil qilish asosida ularni innovatsion
faoliyatga va uning natijaviyligiga ishbilarmon o‘yinlari orqali ishontirish;
● o‘qituvchilarning innovatsion jarayonlarni tashkil etishga qiziqishini shakllanti-
rish;
● ilg‘or tajribalarga ega bo‘lgan malakali o‘qituvchilar faoliyatini kuzatishga yo‘nal-
tirish;
● o‘qituvchilarning o‘zaro bir-birini kuzatishi va nazorat qilishi uchun turli cho-
ra-tadbirlar belgilash;
● ustoz-shogird institutini amaliyotga tatbiq etish;
● innovatsion faoliyat amaliyoti bo‘yicha axborotlar bilan ta’minlash;
● innovatsion faoliyatni loyihalashtirish va modellashtirish yo‘nalishidagi seminar-
lar, maslahatlar;
● innovatsion faoliyat strategiyalarini shakllantirishga ko‘proq tajribaga ega bo‘l-
gan o‘qituvchilarni jalb etish misol bo‘ladi.
3. Samarali tatbiq etish sharoitlarining majmui. Bu – tashkiliy-pedagogik va psixo-
logik-pedagogik shart-sharoitlar bo‘lib, boshqaruv strukturasining qulayligi, boshqaruv-
ning demokratik xususiyatlari, jamoada ijodiy-ta’limiy muhitni yaratish, uning mustah-
kamligini kuchaytirish, pedagogik jarayon subyektlarining o‘z faoliyatlaridan qoniqish
hosil qilishlarini kuchaytirishni o‘z ichiga oladi.
O‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning innovatsion model-
larini tatbiq etish samaradorligining ahamiyatli ko‘rsatkichlari ularning o‘quv-me-
todik qo‘llanma va ko‘rsatmalar tayyorlash, turli xil tadqiqot ishlarini bajarishdagi
faolligi, ya’ni innovatsion faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllanganligini ifoda-
laydi.
O‘qituvchilarning pedagogik va ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini faollashtirish ularda in-
novatsion faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday
ekan, ta’lim mazmuniga yangiliklarni kiritish, ta’lim jarayonini tashkil etish va uni bosh-
qarishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlarni qo‘llash, o‘qituv-
chilarning ilmiy-pedagogik asoslarda malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga
oshirish bilan tavsiflanadi.
Ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining innovatsion faoliyatini tashkil etish va
boshqarishda ta’lim muassasasi rahbarlarini innovatsion faoliyatga undovchi va maz-
kur yo‘nalishdagi irodaviy xatti-harakatlarini ta’minlovchi asoslar to‘rtta asosiy guruhga
ajratiladi:
● birinchidan, bu yangilik kiritish natijasida vujudga keladigan, hurmat-e’tibor, ho-
kimiyat, vakolat va mavqeyi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan shaxsiy qiziqishlar;
● ikkinchidan, tashkiliy tizimning samarali rivojlanishiga mos ravishda o‘zini-o‘zi
kasbiy rivojlantirishga intilish;
● uchinchidan, jamoaning ta’limiy muhitda innovatsion jarayonlarning ahamiyatini
anglashi;
106
Do'stlaringiz bilan baham: |