Taqiqlangan harakatlar – kinshi-vaza va jazolar – shido, xansoku-make. 1. Jazolar jamlanmaydi. Har bir jazoga muqobil baho mavjud. Har qanday takroriy jazo oldingi jazoni bekor qiladi. Dzyudochi qanday jazoga ega bo`lsa ham, buning darajasidagi har qanday keyingi jazo oldingisidan bir daraja ustun bo`ladi. Ta`qiqlangan harakatlar qo`llanilganda jazolar berish 4 guruhga bo`linadi:
1 chi shido – tabloga yoziladi, lekin baholanishga kirmaydi.
2 chi shido – yuko bahosiga teng. Raqibiga yuko bahosi beriladi(bugungi kunda qoidadan olib tashlangan). 3 chi shido – vaza-ari bahosiga teng. Raqibiga vaza-ari bahosi beriladi.
2. Xansoku-make – oxirgi jazo. Raqibiga birdan kachi – g`alaba beriladi.
3. O`rtadagi hakam jazoni e`lon qilayotganida, zaruriy holda oddiy ishora bilan jazolashning sababini ko`rsatishi kerak. Bellashuv davomida sodir qilingan qoida buzish yoki istisno hollarda bellashuv tugaganligi ishorasidan keyin sodir qilingan jiddiy qoida buzish, agar bellashuv natijasi e`lon qilinmagan bo`lsa, jazo soromade buyrug`idan keyin ham e`lon qilinishi mumkin.
4. Har bir e`lon qilingan jazo – shido oldingi berilgan jazo – shido ni va uning bahosini bekor qiladi.
1. а). Shido yengil qoida buzgan dzyudochi yoki dzyudochilarga beriladi:
2. Bellashuv paytida raqibining harakatlariga halaqit berish uchun, uning ushlashlaridan ataylab qochish.
3. Nage-vaza holatida 5 soniyadan ortiq vaqtda butunlay himoyada bo`lsa. Tirsagini to`g`ri qilib blok tirasa yoki 5 soniya hech qanday harakatsiz raqibining belbog`idan ushlab tursa.
4. 5 soniyadan ortiq vaqt davomida raqibning yeng qirrasini (qirralarini) himoya maqsadida ushlab turish, yeng qirralarini tovlash yoki bir tomonlama ushlash.
5. Nage-vaza holatida 5 soniyadan ortiq vaqt davomida raqibining bir qo`li yoki ikkala qo`lining barmoqlarini raqibning harakatlariga xalaqit berish maqsadida chirmashtirib ushlab turish.
6. O`rtadagi hakam ruxsatisiz, ataylab o`z kiyimini betartib holatga keltirish, belbog`ini yoki ishtonining ipini yechish yoki bog`lash.
7. Muvofiq kelmaydigan va ta`qiqlangan harakatlar bilan raqibini ne-vaza holatiga o`tkazish.
8. Barmog`ini (barmoqlarini) raqibining yenglarining yoki pochalarining pastlari ichlariga tiqish yoki ushlashda yenglarini tovlash.
9. Tikka holatda hujumsiz (3-5 soniya davomida) ―to`g`ri‖ ushlashdan farq qiladigan har qanday ushlashni bajarish. Chap qo`l bilan raqib kiyimining o`ng tomonining belbog`dan yuqori qismini va o`ng qo`li bilan raqib kiyimining chap tomonining belbog`dan yuqori qismini ushlash ―to`g`ri‖ ushlash hisoblanadi.
10. Dzyudochilarning biri o`z raqibini ne-vaza holatiga mos kelmaydigan harakat bilan yotgan holda Kurashish holatiga tortsa, uning raqibi esa ne-vaza davomida ustunlikka ega bo`lmasa, o`rtadagi hakam matte buyrug`ini beradi va qoidani buzgan dzyudochiga shido jazosini e`lon qiladi.
11. Agar raqib kiyimining bir tarafidan ikkala qo`li bilan ushlash, raqib boshini qo`l ostidan chiqarib olishi natijasida sodir bo`lsa, bu dzyudochi jazolanmasligi kerak. Biroq, dzyudochi bir necha marotaba boshini raqib qo`li ostidan chiqarib olsa, o`rtadagi hakam bu harakatga tegishli ishora bilan shido jazosini berishi kerak.
12. Tik turgan holatda qulay ushlagan bo`lsa ham hujum harakatlarini qilmaslik sust Kurashga kiradi.