б). Og`ritish usullari – kansetsu-vaza:
1. Og`ritish usullari ham faqat ne-vaza holatlarida qo`llaniladi. Og`ritish uchun qo`lni tirsakdan orqaga yoki yon tomonlarga qayirib bajariladi. Tirsakdan tashqari barcha bug`imlardan og`ritish usullari qo`llanilmaydi, bu salbiy dzyudoga kiradi. Bunday hollarda o`rtadagi hakam matte buyrug`ini beradi va hakamlarlarning ―uchlikning ko`pchiligi‖ qoidasiga muvofiq aybdor dzyudochiga belgilangan Qoidalarga binoan jazo e`lon qiladi.
2. Agar hujum qilinayotgan dzyudochi qo`lini olib qocha olmasa o`rnidan turib, raqibni ham 2-3 soniya davomida ko`tarib turishi va matte buyrug`idan keyin sekin qo`yishi kerak. Agar hujum qilinayotgan dzyudochi matte buyrug`idan keyin raqibni gilamga ataylab qattiq tashlab yuborsa, bu holatda o`rtadagi hakam matte buyrug`ini beradi va dzyudochilarni boshlang`ich holatga olib keladi. So`ngra hakamlarlarning ―uchlikning ko`pchiligi‖ qoidasiga muvofiq aybdor dzyudochiga belgilangan Qoidalarga binoan jazo e`lon qilinadi.
3. Og`ritish usullari bilan bir paytda osayekomi ni ham bajarish mumkin. O`rtadagi hakam osayekomi buyrug`ini e`lon qilishi kerak.
4. Agar 10 soniya davomida og`ritish usuli natija bermasa, o`rtadagi hakam matte buyrug`ini e`lon qilib, dzyudochilarni nage-vaza holatiga – boshlang`ich joylariga qaytaradi va tezda xajime buyrug`ini beradi.
5. Og`ritish usuli bajarilayotgan paytda raqib dzyudochi tan berishi uchun tatami ni bir necha marotaba ikkinchi qo`li yoki oyoqlari bilan urishi kerak. O`rtadagi hakam ippon bahosini ko`rsatib soromade buyrug`ini e`lon qiladi.
6. Agar dzyudochi og`ritish usuli bajarayotganda raqibi noto`g`ri ushlashlardan foydalansa o`rtadagi hakam sono-mama buyrug`ini berib aybdor dzyudochiga shido e`lon qiladi va ikkala dzyudochini ham bir vaqtda qo`li bilan yengil turtib, yoshi buyrug`i bilan bellashuvni davom qildiradi. Biroq xansoku-make jazosini e`lon qilish kerak bo`lsa (masalan, raqibni tishlab olish, sukinish, ta`qiqlangan harakatlar qo`llash va hk.) o`rtadagi hakam matte buyrug`ini berib dzyudochilarni nage-vaza holatida boshlang`ich joylariga kelishlarini ishora qiladi va aybdor dzyudochiga hakamlarning ―uchlikning ko`pchiligi‖ qoidasiga muvofiq harakatni bajaradi (Hakamlar Hay`ati a`zolariga bildirish kerak.)
7. Og`ritish usullarida qo`llanilayotganda ham o`rtadagi hakam va yon hakamlar bu holatlarga juda katta e`tibor qaratishlari kerak, aks hollarda bellashuv salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
8. Kichik o`smirlar va bolalar musobaqalarida musobaqa tashkilotchilari tomonidan bug`ish va og`ritish usullarini qo`llashlikni ta`qiqlashlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |