Bellashuvlar dvomida ishlatiladigan atamalar.
1. Respublika, Osiyo, Jahon chempionatlarida, Olimpiya O`yinlarida quyidagicha vaqtlar ajratiladi:
2. Erkaklar: 4 daqiqa sof vaqt
3. Ayollar: 4 daqiqa sof vaqt
4. Yoshlar: 4 daqiqa sof vaqt
5. O`smirlar: 3 daqiqa sof vaqt
6. qizlar: 3 daqiqa sof vaqt
Har ikkala jinsdagi va ixtiyoriy yoshdagi dzyudochilarning bellashuvlari orasidagi tanaffus 5 daqiqadan kam bo`lmasligi kerak.
Izoh: darajasi past musobaqalarda musobaqa tashkilotchilari tomonidan bellashuv paytidagi matte, xajime buyruqlari orasidagi vaqtni tuxtatmasdan (nosof) olib borishga ruxsat berishlari mumkin.
б). Bellashuvlarni vaqti
1. Bellashuv vaqti va musobaqa ish tartibi (reglamenti) Dzyudo Kurashi Qoidalari asosida belgilanishi kerak.
2. O`rtadagi hakam gilamga chiqishidan oldin bellashuv davomiyligini bilishi kerak.
3. O`rtadagi hakamning matte va xajime buyruqlari orasidagi vaqt, sono-mama va yoshi buyruqlari orasidagi vaqt bellashuv vaqtining davomiyligiga kirmaydi.
4. Bellashuv vaqtining tugaganligi ishorasi o`rtadagi hakamga bong tovushi yoki shunga uxshash tovush bilan bildiriladi.
5. Agar musobaqa bir nechta gilamda bir vaqtda o`tkazilayotgan bo`lsa, bu gilamlardagi bonglarning tovushlari har hil bo`lishi kerak.
6. Bellashuv vaqtini tugaganligi ishorasi tomoshabinlarning shovqinini bosib ketishi kerak.
в). Bellashuvni boshlanishi – xajime.
1. Har bir bellashuv boshlanishidan oldin hakamlar uchligi (o`rtadagi hakam va yon hakam) birgalikda musobaqa maydoni chekkasida turib, o`rtadagi hakam buyrug`i bilan birgalikda egiladilar va so`ng o`z joylarini egallaydilar. Musobaqa maydonini tark qilishda, hakamlar uchligi yana musobaqa maydoni chekkasida yig`iladilar va birgalikda egiladilar.
2. O`rtadagi hakam va yon hakamlar o`z joylarini dzyudochilar gilamga chiqqunlaricha egallashlari kerak. O`rtadagi hakam markazda dzyudochilarning boshlash chizig`ini tutashtiruvchi chiziqdan ikki metr masofada, hakamlar stoliga yuzlangan holda turishi kerak.
3. Dzyudochilar gilamga chiqayotganlarida va gilamni tark qilayotganlarida, ishchi zonaga kirayotganlarida va undan chiqayotganlarida, har bir bellashuvning boshlanishidan oldin va tugaganidan keyin, boshlash chizig`i oldiga kelishlari, o`rtadagi hakamning ishorasi va rey buyrug`i bilan bir-birlariga bir vaqtda egilishlari, keyin oldinga bir qadam tashlashlari kerak. O`rtadagi hakam natijani e`lon qilganidan keyin, boshlash chizig`i oldida turgan dzyudochilar bir vaqtda orqaga qadam tashlashlari va bir vaqtda egilishlari kerak.
4. Bellashuv har doim tikka turgan – Nage-vaza holatida, o`rtadagi hakamning xajime buyrug`i bilan boshlanadi.
5. Faqat hakamlar hay`atining a`zolarigina bellashuvni tuxtatishlari mumkin.
6. Dzyudochilar tik turgan holda beldan 300 burchak ostida oldinga egilishlari kerak. Agar dzyudochilar egilmasalar, o`rtadagi hakam buni talab qilishi kerak. O`rtadagi hakam talabiga bo`ysunmagan dzyudochi yoki dzyudochilarni hakamlarning ―uchlikning ko`pchiligi‖ qoidasiga muvofiq xansoku-make jazosini berib musobaqadan chetlashtirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |