Asosiy darslik va o‘quv qo‘llanmalar 1. Azizov N.X. Belbog‘li turkiston Kurashi. - Toshkent: о‘qituvchi, 1998.
2. Борисов К. Прaктикa рукопaшного боя. Учебное пособия под/рек. 2003 г
Qo‘shimcha adabiyotlar 3. Salomov R.S. Sport mashg‘ulotining nazariy asoslari – Toshkent., О‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti, 2005 yil - 238 b.
4. Goncharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish Toshkent., О‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti 2005 yil - 171 b.
5. Dzyudo Kurashi. A.A.Absatarov. A.A.Istomin. Toshkent Iqtisod-Moliya 1993 yil.
Internet saytlari 6. www.cspi.uz
7. www.pedagog.uz
8. www.edu.uz
9. www.nadlib.uz (A.Navoiy nomidagi O‘z.MK)
10. http://ziyonet.uz — Ziyonet axborot-ta’lim resurslari portali
3-Seminar: Dzyudo va sambo kurashining rivojlanishi tarixi Yaponcha djiu-djitsu Kurashi zamonaviy dzyudo asosi xisoblanadi. Uning afsonaviy imkoniyatlari XIX asrning oxirida, ushbu kurolsiz ko'l jangini olib borish tizimining eng rivojlangan davrida Yevropaga kirib keldi.
Doktor Dzigaro Kano zamonaviy dzyudoning otasi xisoblanadi. Xali talabalik yillaridanok u tana va rux uygunlashuviga erishish mumkinligi ustida jiddiy fikr yuritdi. 18 yoshga kelib unda yangi Kurash turini yaratish karori paydo bo'ldi. Kano risoladagidek jismoniy kobiliyatlarga ega bo'lmasa-da, kiska vakt ichida djiu-djitsu, karate, sumo va boshka Kurash turlarining ko'p sonli usullari texnikasini egallab oldi. Ular ichidan eng samaralilarini tanlab olib xamda xavfli ushlashlar va zarbalarni chikarib tashlab, yangi tizim yoki Kurashni yaratdi. U dzyudo, ya'ni - “yumshok yo'l” deb nom oldi. Kano 1882 yil universitetni tamomlab, Tokioning Eyse ibodatxonasida birinchi dzyudo maktabi - “Kadokan” ni (“Usulni egallash uyi”) ochdi. Dzyudo asoschisining xisoblashicha, bu sport turi usullarini mukammal o'rganib olib, ancha kuchli, lekin epchil bo'lmagan kishi ustidan galabaga erishish mumkin. Dzyudoda eng asosiysi - bu kuch emas, balki yukori maxorat, o'tkirlashtirilgan texnikadir. Shuning uchun dzyudo bo'yicha birinchi musobakalar o'tkazilganda ishtirokchilarni vazn toifalariga karab bo'lmaganlar. 1956-1958 yillarda Yaponiyada bo'lib o'tgan birinchi uchta jaxon chempionatlari fakat mutlak toifada o'tkazilgan. Dzyudoning butun jaxonda ommaviyligi ortib borayotganligi sababli 1961 yilda jaxon chempionati birinchi marta Yevropa kit'asida - Parijda o'tkazildi. Bu chempionatda shov-shuv sodir bo'ldi: 27 yoshli gollandiyalik Anton Xeesink finalda jaxon chempioni Kodzi Sone ustidan galabaga erishdi. Yaponiyalik dzyudochilarning birinchi muvaffakiyatsizligi tufayli dzyudo asoschisi 1964 yildan boshlab vazn toifalarini kiritishga majbur bo'ldi. 1965 yilda Braziliyada bo'lib o'tgan jaxon chempionatida ishtirokchilar to'rtta vazn toifasida medallar uchun Kurash olib bordilar. Yaponiyalik sportchilar uchta birinchi o'rinlarni egalladilar, Anton Xeesink to'rtinchi bor chempion bo'ldi. 1964 yilda Tokiodagi Olimpiya o'yinlarida dzyudo birinchi bor ishtirok etdi. Turnirda 27 mamlakat vakillari katnashdi. Olimpiada-64 mezbonlari uchta vazn toifasida birinchi o'rinni egalladilar. Va fakat A. Xeesink eng obro'li, mutlak vazn toifasida galaba kozonib, oltin medalni ko'lga kiritdi. Olimpiya-68 dasturiga dzyudo kiritilmadi. Lekin to'rt yildan so'ng, Myunxen o'yinlarida bu sport turi uzil-kesil olimpiya makomini oldi. Yana shov-shuv yuzaga keldi. Gollandiyalik Vim Ryuska ogir va mutlak vazn toifalarida ikkita oltin medalni kulga kiritdi. 1976 yil Xalkaro dzyudo federatsiyasi Kongressida vazn toifalarini ko'paytirish - mutlak vazn toifasini ko'shib sakkiztagacha yetkazish to'grisida karor kabul kilindi. Nisbatan kiska vakt ichida dzyudo xavaskorlari ko'paydi va ko'pgina mamlakatlarga tarkaldi. 1956 yilda Xalkaro dzyudo federatsiyasi tashkil kilindi. U 100 dan ortik davlatlarni birlashtiradi.
.