§ 2-mavzu. Yangi davrda industrial tizimning vujudga kelishi (XVIII asr)



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana09.02.2022
Hajmi0,59 Mb.
#439154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 мавзу итт

4.4.
 
Germaniyaning iqtisodiy qoloqligi sabablari 
XVIII
asrda Germaniya feodal va iqtisodiy jihatdan qoloq mam- lakatligicha qolardi. 
Bozor xo'jaligini rivojlantirishga qaratilgan Gollandiya, Angliya va Fransiyadan farqli o'laroq 
Germaniya, ay- niqsa uning sharqiy qismi, krepostnoylikni kuchayib borishi bilan 
xarakterlarnalardi. Yerni feodal ekspropriatsiya qilish (barshchi- na) yirik miqyoslarga erishdi. 
Yerdan mahrum bo'lgan dehqonlar feodalning xonadonida ovqat uchun yollanib ishlashardi. 
Mamlakat iqtisodiyotini kuchsizlanib borishining sabablari- dan biri - Germaniya 
tomonidan yirik jahon savdosi markazi o'rnining yo'qotishidir. Buyuk geografik kashfiyotlar 
natijasida savdo markazi Atlantika okeaniga ko'chib o'tdi. Germaniya siyosiy tarqoqligi sababli 
mustamlakalarni bosib olish, dastlabki kapital jamg'arishining tashqi manbalarini izlashda faol 
ishtirok etishda qatnasha olmadi. 

Siyosiy tarqoqlik 
XVIII
asr boshlarida Germaniya hududida 300 ga yaqin mus- taqil knyazliklar
gersogliklar va arxiepiskopliklar, 9 ta kurfyurst- liklar
1
, 36 ta diniy knyazliklar, 62 ta ariskratik va 
1
Kurfyurst - imperator saylovida qatnashish huquqiga ega bo'lgan knyaz ("German millatining muqaddas Rim imperiyasi"). 


IQTISODIY TARIX fanidan O'QUV QO'LLANMA
100 ga yaqin im- periya ritsarliklari, 50 ta imperiya shaharlari mavjud edi. Ushbu konglomerat 
"German millatining muqaddas Rim imperiyasi" deb nomlanar edi. Ushbu knyazliklarning yerlari 
alohidalashgan bo'lib, o'z avtonomiyasiga ega edi, lekin rasman ular imperatorlik tarki- bida edi. 
Ushbu alohida hududlarning eng yiriklari - Brandenburg va Saksoniya, Meklenburg va Gessen, 
Gannover va Braunshveyg, Bavariya va Vyurtenberg va boshq. 
Siyosiy tarqoqlik xo'jaliklarni rivojlanishiga ham to'siqlik qildi. Ko'psonli bojxona postlari 
juda ko'p bojlar olar edilar. Yagona pul birligi mavjud bo'lmaganligi sababli pul muomalasida 
betar- tiblik mavjud edi. Mamlakatda 600 turdagi tangalar zarb etilardi. Yagona o'lchov va og'irlik 
tizimi yo'q edi. Bu sharoitda sanoat va savdodagi bir tomonlama proteksionizm iqtisodiy 
turg'unlikni chuqurlashtirar edi. 
Ichki (diniy) va tashqi urushlar ham qashshoqlikka olib kelar- di. O'ttiz yillik urush (1618-
1648 yy.) haqiqiy milliy fojiaga olib kelib, uzoq muddatga xo'jalik rivojlanishiga to'siqlik qildi. 
Urush- dagi yo'qotishlar juda katta bo'lib ba'zi yerlarda aholining s qis- mini nobud bo'lishiga olib 
keldi. Qishloq xo'jaligida ham katta yo'qotishlar yuz berdi. 

Qishloq xo'jaligi 
Bu davrda qishloq xo'jalik mahsulotlariga ichki va tashqi bozor talabi ortib bordi. Don, 
zig'ir, mol, jun, teri va boshqalar aholi va rivojlanib borayotgan shaharlar ishlab chiqarishlari 
uchun zarur edi. Bu hol nemis knyazlarini xo'jaliklarini kengaytirishga majbur- lardi. Bu islohotlar 
feodal uslubda amalga oshirilardi. Barshchina mehnati va dehqonlarni ekspluatatsiya 
og'irlashtirildi. Dehqonlarning yerlarini ekspropriatsiya qilish evaziga yerlarning kengayi- shi va 
ishlab chiqarishni rivojlantirish dehqonlarni ekspluatatsiya qilish evaziga amalga oshirilgan yerlar 
yunker xo'jaliklari deb nomlanardi. Yirik nemis feodal-knyazlari (yunkerlar) davlat siyo- satining 
boshida turar edilar. Faqatgina ular armiya va hukumatda yuqori lavozimlarni egallashga, va yerga 
egalik qilish huquqiga ega edilar. 

Taraqqiyotning yangi tendensiyalari 
Germaniya sanoatida sexlar tuzumi kechki o'rta asrlarning a'analarini saqlagan holda XIX 
asrning ikkinchi yarmigacha amal qildi. Ammo mamlakat iqtisodiyotida asta-sekin kapitalistik 
rivojl- anish elementlari paydo bo'la boshladi. Qishloq xo'jaligida qisman 70


IQTISODIY TARIX fanidan O'QUV QO'LLANMA
yollanma mehnatdan foydalana boshlandi. Dehqonlar yerlarini ekspropriatsiya qilinishi
o'z navbatida feodal tuzumning iqtisodiy asoslariga putur yetkazdi. Tarqoq manufaktura keng rivoj 
topdi. Savdo kapitali tog'-kon ishlariga, metallni qayta ishlashga, mato to'qish sanoatiga kirib 
bordi. XVIII asr oxirlarida markazlashtiril- gan savdo manufakturalari paydo bo'la boshladi. 
Ammo ular hali Gollandiya, Angliya va Fransiya savdo manufakturalari oldida kuchsiz edi. 
Shunday qilib XVIII asrda Germaniya, uni iqtisodiy rivojlanish- iga to'sqinlik qiluvchi 
feodal tuzumni saqlagan holda kapitalistik ishlab chiqarishga qarab birinchi qadamlar tashlay 
boshladi. 

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish