§ 2-mavzu. Yangi davrda industrial tizimning vujudga kelishi (XVIII asr)



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana09.02.2022
Hajmi0,59 Mb.
#439154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 мавзу итт

4.3.
 
Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari 

Feodalizm sarqitlari 
XVIII
asrning o'rtalariga qadar Fransiya Yevropada yetakchilik qilishga intildi. Bunga 
uning Angliya oldida bir muncha ustunlikka ega ekanligi imkon berdi. Fransiya aholisi 
Angliyanikidan ikki barobar ko'p edi. Fransiya hududi ham kattaroq edi. Fransuz sanoati va 
savdosi (ayniqsa, tashqi savdo) samarali rivojlandi. yengil sanoat - ipakchilik, jungga ishlov berish, 
to'qimachilik, qog'oz, shisha va farfor, sovungarlik, ko'nchilik (teriga ishlov berish) yuqori nati- 
jalarga erishdi. Butun dunyoda fransuz manufakturalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan kiyim-
kechak va matolari, bezaklar va parfyumeriya, mebel va farforlar keng miqyosda tanildi. Manu-
fakturalar asosan markazlashtirilgan va uncha katta bo'lmasdan, 10-50 ishchidan iborat bo'lgan. 


4-MAVZU. YANGI DAVRDA INDUSTRIAL TIZIMNING VUJUDGA KELISHI (XVIII asr)
69
XVIII
asrning ikkinchi yarmida Fransiya taraqqiyotda orqada qola boshladi. Buning 
asosiy sababi feodalizm sarqitlarining og'ir yuki va mavjud hukumatning konservativ siyosatidir. 
Feodal tarti- blar manufakturalar va savdoni rivojlanishiga to'siqlik qildi. Sano- atda o'rta asr 
sexlari katta ulushga ega edi. Non sotish va olib chiqib ketish ta'qiqlangan edi. Alohida monopol 
imtiyozlar ba'zi provinsiyalar, savdo kompaniyalari va manufakturalarga tegishli edi. 
Savdoni rivojlanishiga ichki bojxonalar va o'lchov va me'yorlarning yagona tizimi mavjud 
emasligi to'siqlik qilar edi. Bu cheklovlar sexlarni rivojlanishiga to'siqlik qildi, ishlab chiqarishni 
inqiroziga va ichki bozorni torayib borishiga olib keldi. 
Fransiya iqtisodiyotining asosiy tarmog'i hisoblangan agrar sektorda asosiy ziddiyatlar 
shakllandi. Ekin maydonlari, o'rmonlar va yaylovlarning katta qismiga egalik qilgan dvoryanlik 
va cherkov mamlakatda o'z imtiyozi va hukmroligiga ega edilar. 
Mamlakatda merkantelizm siyosati quyi qatlam (dehqonlar) ni soliq yordamida talash 
amalga oshirilgan edi. Aholining aynan shu qatlami o'z daromadlarining 2/3 qismini g'aznaga 
to'lashlari kerak edi. XVIII asrning 80-yy.da soliq tushumlarining yarmidan ortig'i aksizlarga 
to'g'ri kelar edi. 
Fransiyada aholining asosiy qismini dehqonlar tashkil etardi (26 mln.kishidan 22 mln kishi 
- dehqonlar). Bu qatlam obrok to'lar edi - pullik (senz) va natural (shampar) non bilan, uning hajmi 
bug'doy hosilining 20-26 %ni tashkil etardi. Yana boshqa soliq turlari ham amal qilar edi - jon 
boshiga, gabel (tuz solig'i) va cherkov ushri. Juda ko'p to'lov va yig'imlar mavjud edi: parom va 
ko'prik yig'imi, tutun yig'imi va baliq tutish huquqini beruvchi to'lov va boshqalar. 
Huquqbuzarliklar uchun katta jarimalar so- linar edi. Yer egalari hosilsizlikdan katta jabr ko'rar 
edilar. XVIII asrda ular o'ttizdan ortiq edi. Dehqonlarning shaxsiy qaramligi ularni yer egalari 
xo'jaligida yiliga 5-15 kun mehnat qilishga majbur qilar edi. 
XVIII
asrning 70-yy. o'rtalariga kelib fransuz moliyasining na- zoratchisi A.Tyurgo 
islohotlari natijasida non savdosidagi cheklovlar bekor qilindi, shaharga olib kirilayotgan oziq-
ovqat mahsu- lotlaridan olinadigan bojlar kamaytirildi. Dehqonlarning davlatga bo'lgan 
majburiyatlari bekor qilindi. Savdo-sanoat faoliyatining deyarli barcha turlari barcha 
cheklovlardan ozod qilindi. 
Ammo iqtisodiyotdagi qiyinchiliklar chuqurlashib bordi. Hosil- sizlik, savdo-sanoat 
inqirozlari, davlat bankrotligi va hukumatning mamlakat xo'jalik faoliyatini yo'lga qo'ya olmasligi 
- bularning barchasi feodal tizimning tanazzuli chuqurligini va keskin yechim- larga kelish 
zaruratini keltirib chiqardi. 

Buyuk Fransuz inqilobi 
Barcha boshqa burjua inqiloblari kabi ijtimoiy-iqtisodiy zid- diyatlarni keskinlashuvi 
natijasida kelib chiqqan Buyuk fransuz burjua inqilobi (1789-1794) butun Yevropa feodolizmiga 
tahdid soldi. 
1789
yilning 14 iyulida Bastiliyani qo'lga olinishi keyinchalik burjua inqilobiga aylanib 
ketdi. Avvalombor, birinchi bosqichda (iyun 1979 - avgust 1792 yy.) konstitutsion-monarxiya 
hokimiyati saqlanib qoldi va bir necha muhim o'zgarishlar amalga oshirildi. 
Dehqonlar harakati Ta'sis kengashini 1789 yil avgustida "Feodal tuzumni to'liq yo'q 
qilinishi to'g'risida"gi deklaratsiyani qabul qil- ishga undadi. Lekin agrar qonunchilikni ishlab 
chiqishda dvory- anlarning faqatgina ba'zi huquqlarini cheklashga e'tibor qaratildi. Ular jumlasiga 
- sen'orlar sudini bekor qilish, dvoryanlarni cheksiz ov qilish huquini bekor qilinishi va boshq. 
Dehqonlar qaramligini boshqa jihatlari saqlanib qolgan bo'lib, ularni sotib olish kerak edi, uning 
narxi esa yigirma yillik renta hajmiga teng edi. 
Shu davrning o'zida cherkov mulkini sekulyarizatsiya qilish jarayoni amalga oshirildi. 
Dvoryanlar va ruxoniylarga beriladigan soliq imtiyozlari bekor qilindi. Barcha fuqarolarga har 
qanday lavozimni egallash huquqi kafolatlandi. 
Bir necha burjua islohotlari sanoat va savdoga keng tarqaldi. 1791 yil fevralida Ta'sis 
kengashi sanoat ishlab chiqarishini qat'iy reglamentga solishni bekor qildi. Sexlar tizimi 
qisqartirildi. Savdo erkinligi joriy etildi. Barcha imtiyozlar va monopoliyalar, ichki bojx- onalar, 
non sotishga ta'qiqlar bekor qilindi. 1791 yil martda joriy etilgan yangi bojxona boji proteksionistik 
xarakterga ega edi. 
Ammo mehnatkashlar holati kam o'zgardi. Ish haqining ka- mayishi, narxlarning jadal 


4-MAVZU. YANGI DAVRDA INDUSTRIAL TIZIMNING VUJUDGA KELISHI (XVIII asr)
70
o'sishi va chayqovchilik xalqda noro-


IQTISODIY TARIX fanidan O'QUV QO'LLANMA
zilikni kuchaytirdi. Ta'sis kengashi, xalqni inqilobiy chiqishlaridan cho'chigan holda, 1791 
yil yozida Le Shapele qonunini qabul qil- di (ushbu qonunda ishchilar birlashmasi va ish 
tashlashlari taq- iqlanib ularga nisbatan pul jarimalari va qamoqxona muddatlari belgilandi). 
Keyinchalik ishsizlar uchun ochilgan "hayriya ustaxonalari" yo- pildi. Shu bilan birga 
hukumat tepasidagi yirik burjuaziya soliqqa tortishning yagona tizimini joriy etishda yuqoriroq 
soliqlarni mayda sanoatchilar zimmasiga yuklashdi. Agrar masala oxirigacha hal etilmagan edi. 
Feodalizm sarqitlari oxirigacha bartaraf etilmagan edi. 
1972 yil avgustida xalq qo'zg'aloni natijasida monarxiya tu- zumi ag'darildi. Hukumat 
tepasiga jirondistlar - respublikachi burjuaziya vakillari keldi. Bir yildan kam bo'lgan davr ichida 
oziq- ovqatga maksimum narx belgilandi. Emigrantlarning konfiskatsiya qilingan yerlarini mayda 
uchastkalar qilib sotish yoki ularni yillik renta evaziga muddatsiz egalik qilishga berish to'g'risida 
Qonun qabul qilindi. Sobiq feodal huquqlari bilan bog'liq barcha tergov ishlari bekor qilindi. 
Agrar va boshqa muammolarni keskin hal etilishi inqilobning uchinchi bosqichi (iyun 1793 
- iyul 1794 yy.)ga to'g'ri keldi. Parij qo'zg'oloni natijasida yakobinlar - inqilobiy demokratlar 
diktat- urasi o'rnatildi. Hukumat tepasiga quyidagi siyosatchilar kelishidi; 
-
M. Robesper, L. Sen-Jyust, J.P. Marat, J. J. Danton va boshq. Ya- kobinchilar 
diktaturasining qat'iyatligi ichki va tashqi dushman- larga zarba berib, feodal tuzumni butunlay 
tugatdi. 
Xususan, 1793 yil iyunida Konvent dekreti bilan emigrantlarning konfiskatsiya qilingan 
yerlarini imtiyozli sotish tartibi belgilandi. Kam ta'minlangan dehqonlar kichik yer maydonlarini 
sotib olishda boshlang'ich yerning 5% summasini kiritish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Qolgan 
summani to'lash uchun 10 yil muddat beri- lar edi. Dehqonlarning yerlari ularning xususiy mulkiga 
aylandi. 
Oziq-ovqat muammosini hal etish maqsadida "tovarlarni chayqov maqsadida sotib olish" 
jinoyat deb hisoblana boshlandi. Har bir rayonda oziq-ovqat omborlari tashkil etildi. Non 
zaxiralarini ro'yxatdan o'tkazish bilan maxsus komissarlar shug'ullanar edilar. Yer egasi va uning 
oilasining ehtiyojidan ortiq bo'lgan bug'doy konfiskatsiya qilinar edi. 1793 yilning kuzidan 
boshlab birinchi zaruratdagi mahsulotlardan (kiyim-kechak, yoqilg'i va boshq.) tashqari, xom 
ashyo, temir, cho'yanga ham qat'iy cheklangan narxlar belgilandi. 
Yakobinchilar o'zlarining qat'iy va ziddiyatli siyosatlari natijasida xalqni qo'llab-
quvvatlashidan mahrum bo'ldilar. Bu holatdan yirik burjuaziya foydalanishga harakat qildi. 1 
mlrd.livr hajmda majburiy qarz olingandan so'ng mamlakatning iqtisodiy holatini yomonlashtirdi. 
Daromadi 9 ming livrdan oshgan boylarning zeb- ziynat va mulk soliqlari deyarli konfiskatsiyaga 
tenglashdi. Ushbu "soliqlar" joylarda qat'iylik bilan undirilardi. Aholining kambag'al qismi uchun 
hayriya kassalari tuzildi. 
1794 yilning 27 iyulida yirik moliyaviy burjuaziya, sanoat tad- birkorlari, savdogarlar 
manfaatlarini yoqlab chiqqan aksilinqilob yakobinchilar diktaturasini ag'darib hukumat tepasiga 
general Napoleon Bonapartni kelishiga sababchi bo'ldi. 

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish