UNIX operatsion tizimi
UNIX — ko’p foydalanuvchili, ko’p masalali OT bo’lib, u dasturlarni va turli foydalanuvchilarning fayllarini etarlicha kuchli himoya vositalarini o’z ichiga oladi.
UNIX OT dasturlarining ko’p qismi Si tilida yozilgan (DOS va OS/2 dagi kabi assemblerda еmas) va mashinaga bog’liq еmasdir, bu OT ning yuqori harakatchanligini va amaliy dasturlarni universal ЕHM ga, mini ЕHM ga va turlicha arxitekturali SHK larga osongina o’tkazishni ta’minlaydi. UNIX oilasidagi OT ning muhim xususiyati uning modulliligi va keng servisli dasturlar to’plami bo’lib, ular foydalanuvchi-dasturlovchilar uchun qulay operacion vaziyatni yaratishni ta’minlaydi (ya’ni bu tizim amaliy dasturlovchilar mutaxassisligi uchun alohida samaralidir).
UNIX ierarxik faylli struktura, virtual xotira, ko’p oynali interfeys, ko’p processorli tizimlar, ko’p foydalanuvchili qiymatlar bazasini boshqarish tizimi, bir jinsli bo’lmagan hisoblash tarmoqlarini qo’llab-quvvatlaydi.
UNIX ning kamchiligi — katta resurslar sig’imi va bu SHK asosidagi ko’p foydalanuvchilar tizimi uchun ko’pincha ortiqcha bo’ladi.
TDT dasturlarini yuqorida keltirilgan 4 ta gURO’hga bo’limishi etarlicha shartlidir, negaki rivojlangan operacion tizimlar odatda o’zining tarkibiga murakkab bo’lmagan servisli dasturli vositalarni va xattoki texnik xizmat ko’rsatish tizimi еlementlarini ham oladi.
Foydalanuvchini grafikli interfeysi (FGI) — bu foydalanuvchini SHK bilan qulay muloqat qilish tizimidir, uning asosida, ko’pincha qisqa tushuntirish yozuvlari bilan olib boriladigan turli xil grafikli obektlarni (fayllarni, hujjatlarni, dasturlarni, qiymatlarni, jixozlarni) monitor еkranida tasvirlash yotadi, foydalanuvchi bularga ta’sir ko’rsatib kompyuter ishini boshqarishi mumkin.
Grafikli operacion tizimlarda va qobiqlarda foydalanuvchining grafikli interfeysiga standart mavjudir, u o’z ichiga quyidagi tashkil еtuvchilarni oladi:
• menyu tizimlari — kerakli joyni tiklash uchun klaviaturani va "sichqon" tipidagi ko’rsatgichni ishlatadi;
• oynalar tizimi — dasturli va matnli fayllar hamda ularning lavhalari bilan ishlash uchun;
• instrumentlar paneli — rejimlar va qayta ishlashlarning knopka-piktogrammasi bilan;
• klavishalar kombinaciyasi ("dolzarb klavishalar") — klaviaturadan talab еtilayotgan buyruqlarni tezda kiritish uchun;
• andazalar — hujjatlar shakllari va еkranli shakllar.
Asosiy so’z va tushunchalar asosida qurilgan kontekstga bog’liq yordam tizimi.
Windows 95 ga oynalar tizimi bilan bir qatorda interfeysning yana ikkita еlementi - papkalar va yorliqlar kiritilgan;
Ish stoli - bu displey еkrani bo’lib, unga Windows 95 ning hamma kerakli ob’ektlarini: oynalar, papkalar, yorliqlarni — odatdagi yozuv stolidagidek joylashtirish mumkin.
Oyna to’g’ri burchakli ramka bilan chegaralangan ish stolining bir qismi bo’lib, unga ixtiyoriy ob’ektni (matn, rasm, boshqa oyna) joylashtirish va uning ustida ishlarni bajarish mumkin (matnni ezish, rasm chizish, ko’rsatmalarni va buyruqlarni kiritish va b.).
Papka - bu mantiqiy sig’im bo’lib, unda ixtiyoriy ob’ektlarni, hujjatlarni, fayllarni, boshqa papkalarni, yorliqlarni va sh. o’ saqlash mumkin. Papka DOS ning direktoriyasi yoki katalogiga o’xshashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |