AGP shinasining tezligi Hozirgi vaqtda uch turdagi AGP shinasi mavjud, ular: 1x, 2x и 4x. AGP ning 1х original talqini 66 MGts chastotasida ishlaydi va, taxminan, 32 razryadli PCI videoadapterning ikkilangan tezligiga teng bo‘lgan 266 Мbayt/s ma’lumotlarni uzatishning maksimal tezligini ta’minlaydi. AGP ning keyingi 2x rusumi 133MGts chastotada ishlaydi va 533 Мbayt/s ma’lumotlarni uzatish tezligini ta’minlaydi. AGP ning eng so‘nggi talqini 4x rejimni qo‘llaydi va 1Gbayt /s ma’lumotlarni uzatish tezligini ta’minlaydi.
41.2-rasm
3D akselerator Uch o‘lchovli ob’ektlarning tasviri katta miqdordagi elementdan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Uch o‘lchovli grafikani yaratish dasturlarida xotirada tasvirning o‘zini emas, shu tasvirni tashkil qiluvchi abstrakt grafik elementlarning to‘plamini saqlash texnologiyasi foydalaniladi. Yaqin vaqtlargacha bu abstrakt elementlarning ,,tirik’’obrazlarga o‘zgartirish, uch o‘lchovli grafikani yaratish dasturlaridan tashqari maxsus ilovalarni talab qilar edi. Ular protsessorni yuklab qo‘yar va buning natijasida barcha boshqa ilovalarning ishini sekinlatib qo‘yar edi. Zamonaviy videoadapterlarning ko‘pchiligiga o‘rnatilgan grafik tezlashtirgichlarning yangi avlodi bu masalaning yechimi bo‘ldi.Ular uch o‘lchovli ob’ektlarning tasvirini rasshifrovka qilish va ekranga chiqarish kabi vazifalarni o‘zlari bajarganligi sababli protsessor yuklamasi kamayadi va tizimning unumdorligi ortadi. Uch o‘lchovli grafikani yaratish dasturlarining bosh funksiyasi grafik abstrakt ob’ekt’larni kompyuter ekranidagi tasvirga aylantirishdir. Odatda abstrakt ob’ektlar quyidagi uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi
Uchlar .Uch o‘lchovli fazoda ob’ektning o‘rnini belgilaydi. Ularning o‘rni X, Y va Z koordinatalari orqali beriladi.
Primitivlar. Bular soda geometrik ob’ektlar bo‘lib, ular yordamida murakkabroq bo‘lgan o‘b’ektlar quriladi. Ular joylashish o‘rnini aniqlovchi nuqtalar orqasli beriladi. Uch o‘lchovli ob’ektlarlarning tasvirini yaratish uchun primitivlarni tuzishda perspektiva effekti e’tiborga olinadi.
Tekstura. Primitivlarga qo‘yiladigan ikki o‘lchovli tasvir yoki sirtlardir, dasturiy ta’minot primitivning joylashish o‘rniga qarab tekstura ko‘rinishini o‘zgartirish natijasida uch o‘lchovlilik effektini kuchaytiradi; bu jarayon perspektiv korrektsiya deb ataladi. Ba’zi ilovalarda MIP akslantirish deb ataluvchi protsedura qo‘llanadi; bu holda aynan bir teksturaning turli talqinlaridan foydalaniladi. Uzaqlashayotgan ob’ektlarning tasvirini yaratishda tekstura ranggining to‘yinganlik va ravshanligi kamayadi.
Bu abstrakt matematik tavsiflar vizuallashtirilgan, ya’ni ko‘rinadigan shaklga o‘zgartirilgan bo‘lishi lozim. Vizuallashtirish protsedurasi, alohida abstraktsiyalardan ekranga chiqariladigan butun bir tasvirni tuzish uchun mo‘ljallangan qat’iy standartlashgan funksiyalarga asoslanadi. Quyida ikki abstrakt funksiya keltirilgan.