Yopish knopkasi — muloqat oynasini yopish uchun ishlatiladi;
• Ma’lumotnoma knopkasn — oyna еlementa to’g’risidagi ma’lumotnoma axborotlarini olish imkonini beradi; ma’lumotnomani olish uchun oldin sichqoncha bilan bu knopka bo’yicha, keyin еsa oynaning qiziqtirilayotgan еlementi bo’yicha shiqirlatiladi;
• kiritish maydoni (matnli maydon) — to’g’ri to’rtburchakli mayndon bo’lib, unga klaviaturadan aniq bir matnli ma’lumotni kiritish mumkin (bu maydon 19-rasmda ko’rsatilmagan).
.
43- Mavzu: CONFIG, SYS, AUTOEXEC. BAT va COMMAND.COM tizimlari dasturlar fayllarining ishlashi.
Reja.
Kompyuterning doimiy xotirasi
Operatsion tizimining yuklovchisi
DOSning boshlang‘ich yuklamasi
DOS versiyalari
DOSning taklifi
Tayanch so’z va iboralar: doimiy xotirasi, IO.SYS va MS DOS.SYS, IBMBIO.COM va IBMDOS.COM va DR DOS, CONFIG.SYS, AVTOEXEC.BAT fayllarining, MS DOS 1.0.
Kompyuterning doimiy xotirasi (DXSQU – doimiy xotirada saqlab qoluvchi uskuna)da joylashgan kiritish-chiqarish bazaviy tizimi (BTOS). Operatsion tizimining bu qismi kompyuterning bevosita o‘ziga o‘rnatilgan. U amallar tizimining kiritish-chiqarishni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan eng oddiy va universal xizmatlarni bajarishga mo‘ljallangan. Kiritish-chiqarishning bazaviy tizimi, shuningdek, kompyuter elektr ta’minotiga ulanganida uning xotirasi va uskunalarining ishini tekshiruvchi, kompyuter ishining testini ham o‘z ichiga olgan. Bundan tashqari, kiritish-chiqarishning bazaviy operatsion tizimini yuklovchi chiqarish dasturiga ham ega.
Operatsion tizimining yuklovchisi – har bir disketaning birinchi sektorida DOS operatsion tizimi bilan birga joylashgan juda qisqa dastur. Bu qattiq diskning bir nechta bo‘limga (mantiqiy disklarga) bo‘linishi mumkinligi bilan bog‘liqdir. Yuklovchining birinchi qismi qattiq diskning birinchi sektorida joylashgan, u yuklanishni qattiq diskning qaysi bo‘limidan boshlash kerakligini ta’minlaydi. Yuklovchining ikkinchi qismi DOS modulining xotirasiga joylashtirilgan va operatsion tizimiga boshqaruvni topshiradi.
IO.SYS va MS DOS.SYS sistemali fayllari (ular boshqacha ham, masalan, PC DOS uchun IBMBIO.COM va IBMDOS.COM va DR DOS uchun DRBIOS.SYS va DR DOS.SYS – deb atalishi mumkin. Nomlar operatsion tizimining versiyasiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi). Ular xotiraga operatsion tizimining yuklovchisi tomonidan yuklanadi va kompyuterning xotirasida doimiy qoladi. IO.SYS fayli PZU (DXSQU)ga kiritish-chiqarish tayanch tizimiga qo‘shimcha. MSDOS.SYS fayli DOSning yuqori darajadagi xizmatlarini amalga oshiradi. Buyruq beruvchi DOS protsessori foydalanuvchi kiritadigan buyruqlarga ishlov beradi. Buyruq protsessori COMMAND.COM disk faylidagi, operatsion tizimi yuklanadigan diskda joylashgan. Foydalanuvchining, masalan, Type, Dir yoki Copy kabi ayrim buyruqlarini protsessorning o‘zi bajaradi. Foydalanuvchining boshqa (tashqi) buyruqlarini bajarish uchun buyruq protsessori disklardan tegishli nomga ega bo‘lgan dasturni izlaydi va agar topsa, uni xotiraga yuklaydi hamda boshqaruvni unga topshiradi. Dasturning ishi tugashi bilan buyruq protsessori dasturni xotiradan olib tashlaydi va buyruqlarni bajarishga tayyorligi (DOSga taklif qilishi) haqida xabarni chiqaradi.
DOSning tashqi buyruqlari – operatsion tizimi bilan birga alohida fayllar shaklida taqdim etiladigan dasturlar. Bu dasturlar xizmat ko‘rsatish holatidagi harakatlarni, masalan, disketalarni formatlash, disklarni tekshirish va hokazolar kabi ishlarni bajaradi.
Uskunalarning drayverlari – maxsus dasturlar bo‘lib, ular DOS ni kiritish-chiqarish tizimini bajaradi va yangi uskunalarga xizmat ko‘rsatishni yoki nostandart foydalanishni ta’minlaydi. Masalan, drayverlar yordamida "elektron disk", ya’ni xuddi disk bilan ishlagandek, ishlash mumkin bo‘lgan kompyuter xotirasining bir qismi bilan ishlash mumkin. Drayverlar kompyuterning xotirasiga operatsion tizimi kiritilayotgan paytda yuklanadi, ularning nomlari maxsus CONFIG.SYS faylida ko‘rsatiladi. Bunday sxema yangi uskunalarni qo‘shishni yengillashtiradi va buni DOS tizimli fayllariga tegmasdan bajarishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |