Foydalanuvchining DOS bilan muloqati: Foydalanuvchining DOS bilan muloqati buyruqlar shaklida amalga oshiriladi. Har bir buyruq DOS u yoki bu ishni bajarishi, masalan, faylni bosib chiqarish yoki kataloglarning mundarijasini ekranga chiqarishi kerakligini bildiradi.
DOS ga beriladigan buyruqning nomidan va ehtimol, bo‘sh joylar bilan ajratilgan parametrlardan iborat bo‘ladi. DOS buyrug‘ining nomi va parametrlari lotincha bosh harflar bilan bo‘lganidek kichik harflar bilan ham terilishi mumkin. Har bir buyruqni kiritish “Enter” tugmachasini bosish bilan yakunlanadi.
DOSning taklifi: DOS foydalanuvchi bilan muloqatga tayyor bo‘lganida masalan, A:\> yoki C:\> takliflarini chiqaradi. Bu DOS bilan muammolar yo‘q degani (lekin bu dastur DOS bilan) emas balki dasturning buyruqlarini kiritish uchun taklifidir.
DOS ning taklifi, odatda, joriy diskovod va joriy katalog haqida (quyiga qarang) axborotga ega bo‘ladi. Masalan:
A:\\> – A diskovodi: tub katalog;
C:\EXE> – C diskovodi: \ EXE katalogi.
Ba’zida DOS taklifi o‘z ichiga sutkaning joriy vaqti haqida ham axborotni kiritadi, masalan, 12:59 c:\EXE\SYS>| taklifning ko‘rinishi (turi)ni DOS Prompt buyruqi yordamida o‘zgartirish mumkin.
Buyruqlarni kiritish:Buyruqni kiritish uchun klaviaturada “Enter”ni bosib, bu buyruqni terish kerak. Buyruqlarni kiritayotganda, buyruqni tahrir qilish uchun quyidagi tugmachalardan foydalanish mumkin:
BackSpace - (Enter tugmachasi ustidan chap tomonga yo‘naltirilgan strelka) - bundan oldingi simvolni o‘chirish;
F3 - oldingi buyruqning buyruq qatoriga chaqirish;
Del - joriy simvolni olib tashlash;
Ins - o‘rtaga qo‘shish rejimini yoqish-o‘chirish;
Esc - buyruq qatorini hammasini tozalash.
Agar operatsion tizim yuklanganda DOSKEY dasturi (pastga qaralsin) ishga tushurilgan bo‘lsa, unda quyidagi tugmachalardan foydalanish mumkin:
kursorni joydan-joyga ko‘chirish;
– oldingi buyruqning buyruq qatoriga chiqarish;
– keyingi buyruqning buyruq qatoriga chiqarish;
F7 – eslab qolgan buyruqlarning ro‘yxatini va ularning raqamlarini ekranga chiqarish. Buyruq matnining berilgan qatorini chiqarish uchun F9 tugmachasini bosish kerak.
Kiritiladigan buyruqlarni tahrir qilish haqida mazkur bobning oxirida batafsilroq ma’lumot keltirilgan.
Test savollari.
1.Kompyuer tizimining asosiy maqsadi nima?
*A)ma'lumotlarni qayta ishlash; B)axborotlarni izlash va saqlash;
C)ma'lumotlarni to'plash va uzatish; D) axborotlarni uzatish;
2. Axborot tizimining asosiy maqsadi - bu....,
*A)ma’lumotlarni yaratish, yig’ish, qayta ishlash va masofaga uzatish;
B)axborot aloqa kanallari orqali uzatish va qayta ishlash;
C)axborotlarni avtomatlashgan holda qayta ishlah;
D) axborotlarni Internet tarmoqlari orqali izlash va uzatish.
3. Joriy disk - bu ...
*A) foydalanuvchi shu paytda ishlayotgan disk
B) CD-ROM
C)qattiq disk
D)operatsion sistema saqlanadigan disk
E) virtual disk
4. Yorliq - bu ...
*A)fayl, jild yoki dasturning nusxasi
B)direktoriya
C)fayl, jild yoki dasturning grafik tasviri
D) ko`chirib o`tkazilgan fayl, jild yoki dastur
5. Fayllar o`chirilganda Savatcha (KorzinA)aktivlashadi.
A)Fayllar o`chirilganda, ular diskdan o`chib ketadi, savatchada ularning faqat ro`yxati qoladi
*B)Fayllar diskdan o`chib ketmaydi, ular Savatcha papkasida saqlanadi, ammo avval saqlanayotgan papkasida bo`lmaydi
C) Fayllar diskdan o`chib ketmaydi, avval saqlanayotgan papkasida qoladi
D)To`g`ri javob keltirilmagan
Do'stlaringiz bilan baham: |