Tayanch so’z va iboralar:Uzluksiz elektr ta'minoti manbayi, Uzluksiz elektr ta'minoti manbayi «Pilot», akkumulator batareyalarining soni; zaxirali, barqarorlovchi, yoqilgan ShK samarali ishlashi va undan qulay foydalanish uchun elektr quvvati bilan ishonchli ta'minlanishini ko'zda tutish zarurdir. Bu elektr ta'minoti tizimidagi yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan ta'minot quvvatining og'islii va nosozligini istisno qilish yoki kamaytirish imkonini beradi. SHKning barqaror va xavfsiz ishlashi uchun asosiy tahdidlar quyidagilar:
- ko'zda tutilmagan vaziyat tufayli ta'minot tarmog'ida kuch-lanishning yo'qolishi (falokat, simning uzilishi);
- kuchlanish darajasining belgilangan me'yordan keskin pasayi-shi (qisqa vaqtli pasayish);
- elektr ta'minotining o'chirib-yoqilishi tufayli kuchlanishning sakrashi yoki uchqunning chaqishi;
- ta'minot kuchlanishi chastotasining beqarorligi.
Ta'minot kuchlanishining darajasini barqarorlashtirish va ShKning xavfsiz ishlashga bo'ladigan tahdidlarning oldini olish uchun ikkita qurilma: tarmoq filtri va uzluksiz elektr energiya manbayining albatta bo'lishi tavsiya etiladi.
Tarmoq filtri (eng keng tarqalgan Pilot rusumli) kompyuterning elektr ta'minot zanjirini hamda tashqi qurilmalarni berilayotgan kuch-lanishdan va elektromagnit maydonlardan himoya qilish uchun xizmat qiladi.
Har bir kompyuterning yoki tashqi qurilmaning elektr ta'minot manbayi yuqori chastotali xalallarni silliqlash va ularni himoyalash simi orqali «yerga» ulash uchun mo'ljallangan reaktiv filtrga ega.
Yerdagi sim yerga ulashning konturi bilan ulanadi, biindan tash-qari uning kuchlanish tarmog'ining nol nuqtasi bilan ulanish imkoni bor. Agar qurilmaning yerga ulash simini hccli qacrga ulamasa, qurilmaning g'ilofida o'zgaruvchan tokning taxminaii 110 V ga teng bo'lgan kuchlanishi paydo bo'ladi (bu inson uchun xavlli).
Bir va undan ortiq qurilmani ulash vaqtida ulanayolgan qurilmalar umumiy zanjirga alohida sim orqali yerga ulanishi kerak.
Yerga ulash muammosi «Pilot» ko'rinislmlai'i va unga o'xshash tarmoq filtrlaridan foydalanish bilan hal qilinadi. Interfeyslar bilan ulangan barcha qurilmalarning bitta lillrdan ta'minlanishi potensiallarning farqlanish muammosini hal qiladi. Agar bu filtr yerga
ulangan uch qutbli rozetka tarkibida faoliyat ko'rsatsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.
Keltirilgan rasmda: (a) rozetkadagi nol (0), faza (-220 V) va yerga ulanish kontaktlarining to'g'ri holati ko'rsatilgan evrorozetkalar ifoda qilingan. Bu rasmda (b) yana standart elektr ta'minoti simining elektr ta'minot blokiga ulanadigan qismi ko'rsatilgan.
Qurilmani himoyalash, kompyuterning barqaror ishini va ma'lu-motlarning buzilmaganligini ta'minlashning samarali usullaridan biri uzluksiz elektr energiya manbayi UPS (Uninterruptible Power Systcm)dan foydalanishdir.
UPS ning iste'mol ko'rsatkichlaridan asosiysi quyidagilar: cliiqish quvvati, V-A/Vt (masalan, 650/410);
- turi (zaxirali, barqarorlovchi, yoqilgan);
- akkumulator hajmi (amper/soatda);
- akkumulator batareyalarining soni;
-zaryad olishining o'rtacha vaqti; maksimal yuklamani quvvatlash vaqti (min.).
Qurilmalarni elektr tarmog'ida kuchlanishning yo'qolishidan himoyalash ucliun ma'lum vaqt ichida ti/imning ishga yaroqligini saqlab luradigan qurilmalardan foydalaniladi. Bu vaql ichida foydalanuvchi o'/ ish laoliyatini tugatib, nalijalarni kompyuter xotira-siga saqlab qo'yishga va kompyuterni o'chirishga ulguradi. Ikinday qurilmalarning ikki luri mavjud: zaxirali ta'minot manbayi (Standby Power Supply - SPS) va u/luksiz ta'minot manbayi (Uninterruptible Power Supply - UPS). Tarmoq buferi qurilmalari orasida imkoniyatlari yaxshisi UPS bloklaridir, chunki ular kompyuterning ishlashini buzilish vaziyatlarida ta'minlabgina qolmay, balki kuchlanishni barqarorlashtiradi va ularni xalallardan tozalaydi.