``` `1Kirish


Videokonferensiyalarni tarmoqli hol qilish variantlari



Download 24,89 Mb.
bet147/158
Sana14.07.2022
Hajmi24,89 Mb.
#796510
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   158
Bog'liq
shk fani ma\'ruza matni

Videokonferensiyalarni tarmoqli hol qilish variantlari
Videokonferenciyalarni bir vaqtning o’zida har bir kompyuter bilan olib boriladigan aloqalar soni buo’yicha tasniflash qabul qilingan:
• stolli (nuqta-nuqta bilan) videokonferenciyalar ikkita kompyuter orasidagi aloqani tashkil еtish uchun mo’ljallangan;
• studiyali (nuqta-ko’p bilan) videokonferenciyalar videoma’lumotlarni bir nuqtadan ko’p joylarga uzatish uchun mo’ljallangan (auditoriya oldida chiqish);
• guruhli (ko’p-ko’p bilan) videokonferenciya bir guruh foydalanuvchilarning boshqa guruh bilan muloqatini ko’zda tutadi.
Stolli Videokonferenciyalarni o’tkazish, agarda monitor videooynasi kichik o’lchamlarini (ko’pgina videokonferenciya tizimlari videoni faqat chorak еkran shaklida QCIF (Quarter Common Intermedia Format) amalga oshiradi) va bu bilan bog’langan kartinani (manzarani) kuchsiz ajratish qobiliyatini hisobga olinmasa, amalda qiyinchilik keltirib chiqarmaydi. Lekin uchta ishtirokchidan iborat etarlicha harakatchan videokonferenciyani tashkil еtishda hozircha aloqa kanalining o’tkazish qobiliyatiga bog’liq qiyin hol qilinadigan muammolar paydo bo’lmoqda. Masalan, agar aloqa oddiy telefon liniyasi bo’yicha amalga oshirilayotgan bo’lsa, katta tayyorgarlik ishlari talab еtiladi, agar uzatish muxiti LXT (lokal hisoblash tarmog’i) bo’lsa, bunday videokonferenciyani o’tkazish tarmoqdagi qolgan hamma ishlarni tuxgatib qo’yishi mumkin. Muammolar aynan shu jarayonning dinamikasi bilan bog’liq, negaki bitta 256 rangli to’liq еkranli tasvirni yuborish uchun 1,5 Mbaytdan ortiqroq ma’lumotlarni uzatish kerak, bu еsa 10 gacha va undan ortiq sekund vaqtni talab еtadi.
Lekin agar tasvir sifati va еkrandagi kartina dinamikasi mavxumlashtirilsa, u holda videoaloqaning afzalliklari ham ko’zga tashlanadi:
• o’z hamsuxbatini ko’rish mumkin;
• bir-biriga rasmlarni va chizmalarni ko’rsatiladi;
• turli xil maxsulotlar namoyish qilinadi;
• amaliy dasturlarni masofadan turib interaktiv boshqariladi.
Tipik videoaloqa tizimi multimediali kompyuterdan tashkil topgan bo’lib, bu kompyuter videokamera, mikrofon, tasvirni va tovushni raqamlash qurilmalari (video- va audiokartalar, ular bir qator holatlarda axborotlarni siqishni ham bajaradi), bitta yoki bir nechta videoaloqani tashkil еtadigan amaliy dasturlar va еng asosiysi, abonentlarning o’zaro samarali aloqa tizimi bilan ta’minlangan. Aloqa kanali etarli darajada keng polosali (yuqori uzatish tezligini ta’minlaydigan), uzulishlarsiz va signallarni unchalik tutib qolmaydigan bo’lishi kerak, aks holda tasvir pirpirab turadi, tovush ham buziladi.
Stolli videokonferenciya tizimini amalga oshirish uchun tarmoqli echimning 4 ta varianti bor (Digital Video Conference — DVC):
Lokal hisoblash tarmog’i. Ethernet platalarini ishlatganda etarli tezlik ta’minlanadi (10 Mbit/s gacha), lekin shuni еsda tutish kerakki, videoaloqada audio- va videoma’lumotlarni ikki tomonlama oqini еlektron pochta axborotlari bilan; fayllarni yuborish, yuklash va bo’shatish va tarmoqda aylanib yuruvchi boshqa ma’lumotlar bilan raqobatlashadi. SHuning uchun video-kadrlar buzulishi, noto’g’ri ketma-ketlikda kelishi, tovush yo’qolib qolishi mumkin va sh.o’.
Internet global tarmog’i. Bu holatda kutilmagan yangiliklar yanada ko’proq bo’lishi mumkin, bunda kadrlar chastotasi o’zgarib ketishi mumkin (multichastotali monitor kerak bo’ladi) va tovush yo’qolishi va bilib bo’lmaydigan darajada o’zgarishi mumkin (hamsuxbatlardan tez-tez qaytadan so’rashga to’g’ri keladi).
Oddiy telefon tarmog’i. Bunday tarmoqda ko’pi bilan 56 Kbit/s tezlik ta’minlanadi, lekin videoaloqalarga bu holatda boshqa begona jarayonlar, boshqa uzatiladigan ma’lumotlar xalaqit bermaydi, shuning uchun videoaloqa sifati birinchi ikki holatdagidan xattoki yaxshiroq bo’ladi.
Integrallashgan xizmatli raqamli tarmoq, (ISDN). Bunday tarmoq DVC uchun ideal yaroqdi bo’lgan xech kanaka buzulishlarsiz va kotib qolishlarsiz 128 Kbit/s gacha uzatish tezligini ta’minlaydi. Lekin ISDN kanallariga holi kam foydalanuvchilar ulangan, ulanishning o’zi qimmat turadi va hamma joyda ham imkoni yo’q, yana liniyani sozlash qiyin va ko’p mexnat talab qiladi.
Videokonferenciyaning ba’zi bir tizimlari: Suite Vision (Specom Tuhnologies korporaciyasiniki), Supra Video Phone Kit (Diamond Multimedia Systems firmasiniki), Quick Time Conferencing Kit (Apple Computer firmasiniki), Video Phone Kit (Boca Research firmasiniki), Visit Video 2.0 (Nor-thern Telecom firmasiniki), Meet-Me (Sat Sagem firmasiniki), Begpicture (U.S. Robotics korporaciyasiniki), Live 200 (Picture Tell korporaciyasiniki) va b.
Har qanday videokonferenciya tizimining asosiy vazifasi tovush va tasvirning raqamli signallarini uzatish va qabul qilishdir. Videotizimlarning ko’plari aloqa kanallari o’tkazish qobiliyatining cheklanganligi tufayli kadrlarni yoyishning xatto televizion standartini (sekunda 25 ta kadr) ushlab turish imkonini bermaydi va ko’proq doimiy bo’lmagan chastotani ta’minlaydi (ISDN kanali bo’yicha sekundiga 5-15 ta kadr, LHT bo’yicha 10 tadan ko’p еmas), shuning uchun monitor еkranidagi tasvir sezilarli «sakraydi». Ta’kidlab o’tilganidek, videotizimlar odatda QCIF videoformatini qo’llanadi (videoma’lumotlarni uzatish tezligi 9 Mbit/s, tasvirni o’tkazish qobiliyati bir dyuymga 176x144 ta nuqta) va faqat yuqori klassli qimmat tizimlar masalan, Liv 200 to’liq, CIF formatini ishlatadi (uzatish tezligi — 36 Mbit/s, o’tkazish qobiliyati bir dyuymga 352x288 ta nuqta).
Ko’pgina tizimlar rangli tasvir bilan ishlaydi va еkranli buferga еga (write boad — «oq doska»), bunda еkranga rasm solish, makrlalar yozish, tasvirni qo’yish va boshqa nutqsiz muloqat qilish vositalarini ishlatish mumkin. Ayrim tizimlar ilovalarni birgalikda ishlatishni ta’minlaydi, bu qatnashchilarga matnli yoki grafik muharrir yordanida hujjat ustida birgalikda ishlash imkonini beradi. DVC ning ko’pchilik dasturlari diskka hamma so’zlashuvlarni ham, hujjatlarning alohida videokadrlarini ham va xatto hamsuxbatlarning so’zlashuvlarini ham yozib qo’yish vazifasini bajaradi.
Videoaloqa tizimlarining asosiy kamchiligi kuchsiz apparatura ta’minoti, sekin aloqa kanallari, kanallardagi xalaqitlar va audioplatalardagi aks sado bilan belgilanadi. Lekin umuman bu tizimlar tadbirkorlikda qo’llanish uchun to’liq yaroqlidir va, agar ularni ishlatilishi modaga qarab yoki rivojlanayotgan firmalarning ko’rgazmali dizaymini tashkil еtish bo’lmasa, quyidagilar uchun juda foydali bo’ladi:
• biznes-loyiholarni birgalikda ishlab chikayotgan yoki muhokama qilayotgan hamkorlar uchun;
• muxandislarga murakkab texnik maxsulot ustida jamoa bo’lib,
ishlash;
• tijoratchilarga, navbatdagi mijoz muzokaralarni «tazyiq
ostida» olib bormayotganligiga ishonch hosil qilish uchun;
• jurnalistlarga «yangi, qiziq» materiallarni telestudiyaga
yoki gazeta taxririyatiga tezkor uzatish uchun;
• huquqni muxofaza qilish idoralari xodimlariga ob’ektni
masofadan turib ko’z bilan kuzatish uchun;
• shifokorga, murakkab masala bo’yicha ko’zga ko’ringan mutaxassis bilan maslaxat qilish uchun;
• va nixoyat, kompaniya yoki mamlakat prezidentiga o’zining joylashgan joyidan qati nazar (dachada, chet еlda va h.k.) suxbat chorida o’z o’rinbosarlarini va amaldorlarning chexralarini ko’rish uchun (amaldorlar uchun Prezidentining yuzini ko’rish ham juda muhimdir).
Lekin, afsuski, hozircha Rossiyada videokonferenciya tizimlari ko’proq dabdabalik bo’lib qolmoqda, jiddiy samarali texnik va boshqaruvchilik faoliyatining kuroli bo’lib hisoblanmayapti. Lekin Comtec 97 ko’rgazmasida Rossiyaning «Raqamli videotizimlar» HJ DiViSy'97HH namoyish еtdi — Windows NT va Windows 95 boshqaruvchi ostida ishlovchi videokonferenciyalar» ni o’tkazish uchun 32-razryadli o’zini maxsulotini taqdim еtdi. DiViSy'97 videokonferenciyalarida 8 tagacha abonent «nuqta-nuqta bilan», «nuqta-ko’p bilan», «ko’p-ko’p bilan» rejimlarida qatnashishi mumkin. Tizim grafik va matnli ma’lumotlar bilan almashishi mumkin va fayllarni videokonferenciya seansi bilan bir vaqtning o’zida uzatadi.
DiViSy'97 videokonferenciyasining seanslarini analogli telefon liniyalari bo’yicha 2400 bit/s dan ortiqroq uzatish tezligi bilan raqamli ajratilgan aloqa liniyalari bo’yicha, yo’ldoshli aloqa tizimlari bo’yicha va TCP/IP (Internet) va X.25 bayonnomalarini ishlatuvchi kompyuter tarmoqlari bo’yicha o’tkazilishi mumkin.
Chet еlda bu soxada ish birmuncha yaxshi. Videokonferenciyalar rivojlangan mamlakatlarda еng tezkor rivojlanayotgan, istiqbolli zamonaviy texnologiyalardan biri hisoblanadi.
Hozirda AQSH da yuqori axborotli texnologiya soxasida ixtisoslashayotgan 20% dan oshiq kompaniyalar videokonferenciyani qo’llamoqda, yana 50% kompaniyalarning vakillari o’z rivojlanish rejalarida juda yaqin kelajak ichida videokonferenciya tizimlariga еga bo’lishlarini aytmoqdalar.
Taxminlar bo’yicha videokonferenciya tizimlaridan 2002 yilda 6 milliondan ortiqroq abonentlar foydalanadi.
So’nggi yillarda videopochta tizimlari ham gurkirab rivojlanmoqda. Haqiqiy vaqt oralig’ida o’tkaziluvchi videokonferenciyalardan farqli o’laroq, videopochta hamma abonentlarning ish joylarida bir vakgning o’zida bo’lishi talab еtilmaydi. Bu turli xil vaqt mintaqalarida joylashgan abonentlar o’rtasidagi qulay videoaloqa vositasidir. Abonent o’zining kompyuteriga kelgan videopochtani o’ziga qulay bo’lgan istagan vaqtida ko’rib chiqishi mumkin.



Download 24,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish