71- Mavzu: Shaxsiy kompyuterga o‘zgarmas elektr quvvati manbaini ulash Reja. Himoyalash qurilmalari
Elektr energiyasidagi uzilishlar
Himoyalash qurilmalari kompyuter tizimlarini tarmoq kuch-lanishining keskin oshishi, kamayishi va tushib ketishida zarar yetishidan saqlaydi. Xususan, tarmoq kuchlanishining oshib ketishi yoki uning sakrashi kompyuterning o'zini ishdan chiqarishi 178 mumkin, kuchlanishning birdaniga o'chib qolishi yoki pasayr.ln ma'lumotlarning yo'qolishiga olib keladi.
Kompyuterning elektr ta'minoti blokida ba'zi bir saqlaydigan qurilmalar o'rnatilgan bo'ladi. Ba'zi bir yuqori sinf kompyutCI larining elektr ta'minoti blokida yuqori kuchlanishdan va oiliq darajadagi tokdan himoyalash hamda tarmoqning ichiga kiruvchi halal darajasini pasaytirish uchun oddiy filtrning mavjud bo'lislii ko'zda tutilgan.
Elektr energiyasini berishdaquyida keltirilganuzilishlarbo'Iganda ham elektr ta'minoti bloki ishchi holatda qolishi va tizimni elektr energiyasi bilan ta'minlashni davom ettirishi kerak:
- ikki sekund ichida kuchlanish 80 V gacha kamaydi;
- yarim sekund ichida kuchlanish 70 V gacha kamaydi;
- bir sekund ichida kuchlanish 143 V gacha oshdi. Ko'pchilik yuqori sifatli elektr ta'minoti bloki (yoki ulangan
tizimlar) quyidagi vaziyatlarda jismoniy buzilmaydi:
- energiyani uzatishda tanaffus;
- kuchlanishning har qanday pasayishi;
- kuchlanishning 2 500 V gacha sakrashi.
Elektr energiyasidagi uzilishlar vaqtida kompyuterni avtomatik tarzda o'chirish funksiyasi ko'pchilik yuqori sitatli elektr ta'minoti blokining ichiga joylashtirilgan.
Klcklr ta'minoti tarmog'ini himoya qiluvchi ba'zi bir qurilmalar bilan tanishib chiqamiz.
Sakrashlarni cheklovchi qurilmalar. elektr ta'minot blokining kirish zanjirlarini yuqori kuchlanishdan himoyalash uchun mo'ljal-langan asboblar sakrashlarni cheklovchi qurilmalardir. Bu qurilmalar tarmoq m/ctkusi bilan kompyuter orasida o'rnatilgan bo'lib. chaqmoq bo'lislii yoki kalla quvvatli elektr mashinalarning ishlashi natijasida elektr laming'ida yuz beradigan kuchlanishni yuqori voltli sakrashini yutish uchun mo'ljallangan.
I'.lcklr tarmog'idagi sakrashlarni bostirish qurilmasi, odatda. bclgilangan pog'onadan oshgan kuchlanishni kamaytira oladigan varislorlar asosicla quriladi. Bu asboblar 6 000 V gacha kuchlanishga chidab beradi va qiymati bclgilangan chegaradan yuqori bo'lgan bar-cha kuchlanishlar yerga yuboriladi. Ular o'rtacha yuklamani bemalol ko'taradi, ammo juda kuchli sakrashlar (masalan, to'g'ridan-to'g'ri chaqmoq tushishi) ularni «yorib» o'tishi mumkin. Varistorlar katta quvvatni tarqata olmaydilar va bu vaziyatda, odatda, ular kuyadilar, ya'ni bitta kuchli yoki ketma-ket kelgan kuchsiz sakrashlardan so'ng sakrashlarni cheklovchi qurilmalar o'z vazifasini bajarishga qodir emas.
Ba'zi bir sakrashlarni cheklovchi qurilmalarda kuchli sakrashlar natijasida varistorning kuygan yoki ishlayotganini aniqlaydigan indikator ko'zda tutilgan.
Underwriters Laboratories kompaniyasida sakrashlarni cheklovchi qurilmalarning ko'rsatkichlarini belgilovchi UL 1449 standartini ishlab chiqdilar. Bu talablarga javob beruvchi har qanday filtrdan foydalanish mumkin.
Tarmoq filtri -- stabilizatorlar. Elektr ta'minoti tizimlarida yuqori kuchlanishdan va ortiq darajadagi tokdan tashqari, boshqa nosozliklar bo'lishi ham mumkin. Masalan, elektr tarmog'idagi kuchlanish yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan chegaradan tushib ketadi. Tanishib o'tilgan elektr energiyasining sakrashidan tashqari, elektr ta'minoti liniyalarida elektrodvigatel va boshqa induktivli yuklamalar yaratadigan radiochastotali yo'naltirishlar yoki impulsli xalallar yuzaga kelishi mumkin.
Raqamli qurilmalarni bir-biriga ulashdan avval (masalan. kom-pyuterni va tashqi qurilmani) quyida keltirilgan ba'zi birxususiyatlarga ahamiyat bcring:
1. Kompyuterga ulangan har bir kabel (masalan, kompyuterni va tashqi qurilmani bog'lovchi) antenna vazifasini bajaradi. Tashqi elektromagnitli maydonlarning ta'sirida unga elektr kuchlanish yo'naltiriladi. Bunday maydonlarning manbayi sifatida telefon appa-ratlari, elektron-nurli trubka, elektrodvigatellar, lyuminessentli lam-palarva indikatoriar, elektrostatik razryadlar vatabiiyki radioperedat-chiklar (radio orqali tovushlar, signallar eshittiradigan apparat) ham boMishi mumkin.
2. O'z navbatida raqamli sxemalar 1—2 V amplitudali xalallarga ham juda tasirchan bo'ladi. Bu sharoitni hisobga olib, binodagi barcha elektr simlar turli xil xalallarni qabul qiladigan katta antenna sifatida ishlaydi, deb aytishimiz mumkin. Tarmoq kuchlanishini bu xalal va tebranishlardan tarmoq filtri, ya'ni stabilizatorlar yorda-mida xalos qilish mumkin