BIOS (Setup BIOS ) parametrlarini o‘rnatish dasturi —tizim parametrlarini konfiguratsiyalash.Bu dastur POST protsedurasining bajarilishi jarayonida aniq bir klavishni bosish orqali yuklanadi (yoki klavishlar kombinatsiyasida). 286 va 386 protsessorlari bazasidagi eski kompyuterlarda bu dasturni yuklash uchun maxsus disketa zarur bo‘ladi.
Tizimning boshlang‘ich yuklovchisi — disk qurilmalardagi bosh yuklovchi sektorni qidiruvning bajarilishi.Agar bu sektorning ikki oxirgi baytlari 55Aah ga teng bo‘lsa, berilgan kod bajariladi.
BIOS — tizimni yuklashda operatsyo‘n tizim va apparat ta’minotining o‘zaro ta’sirlashuvi uchun mo‘ljallangan drayverlar to‘plami.DOS va WINDOWS ni himoya rejimida to‘xtab qolishdan saqlash uchun, faqat BIOS qurilmalarining drayverlaridan foydalaniladi.
Shaxsiy kompyuterlarning hammasida POST elektr ta’minlashni yoqilishida, o‘zini testlash jarayonida xotira test tekshiruvchilardan o‘tkazadi. Bios tizimi boshchiligida xotiraning hajmi aniqlanadi. Bu jarayon tashxis dasturi bo‘yicha har bir mikrosxemani testdan o‘tkazishga o‘xshaydi. Ish paytidagi tizimning to‘xtab qolishi eng katta muammo hisoblanadi.
51 - Mavzu: POST carddan foydalanish
Reja
POST testi
EGA va VGA videoadapter
Tayanch so’z va iboralar: EGA va VGA videoadapter, power-on self-test, DMA –nazoratchi
Agar kompyuter POST testidan o‘ta olmasa, kompyuterni qaytadan yuklang va boshqatdan qarang. Agar xatoliklar yana qaytarilsa, amaliy tizimning yuklanishini kuting, so‘ngra esa xotirani to‘liq tekshiring. Agar tashxis dasturi muammoni aniqlamasa, siz kam uchraydigan xotira muammosiga duch kelgan bo‘lasiz. Agar muammo kamdan kam uchrasa va sizning ishingizga xalaqit bermasa, kompyuterdan foydalanishingiz mumkin.
Agar POST tekshirish jarayonida ekranda muammo haqidagi ma’lumot chiqsa, va yuklanish bo‘lmasa, kompyuterni 15 daqiqaga o‘chirib, sovutib, yana qaytadan yuklab ko‘ring. Agar yuklanish to‘g‘ri o‘tsa, ulanish joyi bilan biror bir mikrosxema nosozligini yoki modulning kontakti yo‘qligini bildiradi, hamda mikrosxema yoki modulning biror bir qismi qizib, kengaysa ham, kontakt buziladi.
Agar siz tizimdagi mexanik xato tufayli muammo sodir bo‘lyapti deb gumon qilsangiz, kompyuterni o‘chirib, shnurni tokdan chiqaring. Korpusni oching. Ishni boshlashdan oldin, yerga ulaning, so‘ngra ShKning modulli yoki xotira mikrosxemasiga bosib ko‘chiring. Ulanish joyiga to‘liq kirmagan xotira modulini qidirib ko‘ring. Agarda, tashhis dasturi xotira modulini nosozligi haqida ma’lumot bersa, uni almashtirish kerak. Bu unchalik qimmat emas.
BIOSning barcha versiyalari POST(power-on self-test) elektr ta’minotini yoqqanda o‘zini testlash funktsiyasini bajaradi, ammo bu jarayon har xil kompyuterlarda har xil kechadi. Ekranda chiqadigan xabar va xatolar bir biridan juda farqlanadi.
Odatda POST jarayoni ekran BIOS versiyasi, sana haqidagi ma’lumotni chiqishi bilan boshlanadi. So‘ngra klaviatura tekshiriladi (ko‘plab tizimlarda bunda Caps Lock va Num Lock lampochkalari yonadi). Shu bilan birga klaviatiradagi nazoratchi ham tekshiriladi. So‘ngra DIP yoqib/o‘chiruvchilarni holati BIOS parametrlari haqidagi ma’lumot o‘qiladi.
Bu jarayon kompyuterga qanday qurilmalar ulanganligida haqida ma’lumot beradi. EISA va MCA kompyuterlarida BIOS shinaga ulangan qurilmalarni so‘rashi mumkin. Bu ularning imkoniyatlarini bilish uchun qilinadi.
Keyingi qadam esa topilgan qurilmalarni sanash va tizim platani testlash hisoblanadi. Bularning barchasi ekranda ko‘rinadi. POST bajarilish davomida protsessor, DMA –nazoratchilar va boshqa muhim tarkibiy qismlar ham tekshiriladi, undan tashqari disklar ham tekshiriladi (bunda disklarning chirog‘i yonadi). Agar, parallel portga yoqilgan printer ulansa, u initsializatsiya qilinadi, uning xotirasi to‘zalanib, bosmaga chiqarish uchun hujjatlarni qabul qilishga tayyorlanadi.
Post testini tugashi bilan BIOS EGA va VGA videoadapter yoki qattiq disklarning nazoratchisida joylashtirilgan qo‘shimcha BIOS mikrosxemalari bor yo‘qligini tekshiradi. Bu qo‘llanmada ko‘rsatilganlarni initsializatsiya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |