Ish stoli, Provodnik va fayllarni ochish muloqot darchalaridagi “Мои документы” (“Mening hujjatlarim”) papkasini olib tashlash. Ish stoli, Provodnik va fayllarni ochish muloqot darchalaridagi “Мои документы” (“Mening hujjatlarim”) papkasini olib tashlash uchun
HKEY_LOCAL_MACHINE\Software\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Policies\NonEnum bo‘limga oching va 1ga teng bo‘lgan DWORD {450D8FBA-AD25-11D0-98A8-0800361B1103} parametrni qo‘shing.
Menyu chiqish tezligini oshirish. Ba’zi bir menyu tanlagan hollarda qismmenyu chiqadi. Kompyuterda ishlash jarayonini osonlashtirish uchun nimmenyular chiqish tezligini o‘zgartirish imkoni bor. Shuning uchun HKEY_CURRENT_USER\Control Panel\Desktop bo‘limdagi
MenuShowDelay satrli parametrdan foydalanamiz.
Ko‘zda tutilgan hollarda u “400” ga teng. “0” qiymati esa, sichqonchaning harakatlanishiga tez javob berishni anglatadi. Windows 95, shu parametrning diapazoni “1” dan “10” gacha o‘zgaradi. Windowsning keyingi versiyalarida esa, bu diapazonni “0” dan “32767” gacha va “-32768” dan “-2” gacha o‘zgartirish mumkin.
O‘zgarishlar faqatgina qayta yuklashdan so‘ng kuchga kiradi.
Diskdagi katta fayllarni fragmentlashini qanday qilib kichraytirish mumkin?
Operatsion tizim faylni diskga yozayotganda avvalam bor faylga sig‘im bo‘yicha to‘g‘ri keladigan joy topib, uni, iloji boricha kichik qismlarga bo‘lib, joylashtirishi uchun
HKEY_LOCAL_MACHINE\System\CurrentControlSet\Control\FileSystem reestrga DWORD tipdagi 00000200ga teng bo‘lgan ContigFileAllocSize parametrni qo‘shamiz. Shu parametr diskdagi fragmentlanmagan ma’lumotlar blokini maksimal sig‘imini aniqlaydi. Xoxishingizga ko‘ra shu blokning sig‘imini yanada oshirish mumkin. Multimediya bilan ishlashda bu sozlash juda ham foydali bo‘lishi mumkin (video va to‘vushli fayllarni yozish va tiklash jarayonida diskga va protsessorga tushadigan og‘irlik ancha kamayadi).
Disk defragmentatsiyalash dasturining ish vaqtida ekran lavhasini yuklashini man etish. (Windows 95/98/Me).Disk defragmentatsiyalash dasturining ish vaqtida ekran lavxasini yuklashini defragmentatsiya ilovasining ishini sekinlashtirib,umuman to‘xtatish mumkin. Shu vazifani bajarish uchun
HKEY_CURRENT_USER\Software\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Applets\Defrag\Settings bo‘limdagi DisableScreenSaver satrli parametrga “Yes” qiymatini biriktiring. Blokirovkani olib tashlash uchun “No” qiymatidan foydalaning Shuni aytib o‘tish lozimki, bu sozlash faqatgina defragmentatsiyaning standart dasturiga tegishli.