~ ~ O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


~  ~    KUShON PODShOLIGI



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/55
Sana30.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#96167
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti nazariy-uslubiy asoslari va uni organishning ahamiyati

~  ~ 
 
KUShON PODShOLIGI 
 
 
Reja: 
Kushon podsholigi tashkil topgan davrdagi siyosiy vaziyat. 
Kushon podsholigida ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 
Kushon podsholigida pul islohoti. 
Kanishka davrida mamlakat ravnaqi va diniy islohot. 
 
 
Tayanch tushunchalar: 
Yuyechji, guyshuan, kushon, massaget, Yunon-Baqtriya, Rim, Parfiya, Xitoy, 
ijtimoiy-iqtisojiy hayot, pul islohoti, mamlakat ravnaqi, diniy islohot. 
 
 
Nazorat uchun savollar: 
Kushon davlatining asoschisi. 
Kushon podsholigi tashkil topgan davrdagi siyosiy vaziyat haqida. 
Kushon podsholigida ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 
Kushon podsholigida pul islohoti. 
Kanishka davrida mamlakat ravnaqi va diniy islohot. 
 
 
 
Adabiyotlar: 
1. Asqarov A. O’zbekiston tarixi (eng qadimgi davrlardan eramizning V 
asrigacha) T, 1994. 
2. Ahmedov B. O’zbekiston tarixi manbalari, Toshkent, 1991. 
3. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. T, 1994. 
4. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Toshkent, 2000. 
5. Muhammadjonov. A. O’zbekiston tarixi, Toshkent, 1994. 
6. Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi, Toshkent, 1997.  
7. Hidoyatov G. A. Mening jonajon tarixim. T, 1992. 
8. Sentralьnaya Aziya v Kushanskuyu epoxu, T. 2, Moskva, 1974 
 
 
Kushon Podsholigi — o’zbek davlatchiligi tizimidagi qadimgi davlat (mil. 1—3-a.lar). Mil. 1-
a.ning  1-yarmi  yoxud  o’rtalarida  yuyechjilar  tasarrufidagi  Kushon  mulkining  yuksalishi  natijasida 
vujudga  kelgan,  Massagetlar  (Xitoy  yilnomalarida  —yuyechji)  mil.  av.  140  y.  Sirdaryo  ortidan 
Baqtriyaga  kelib,  saklarni  yenggan  va  Yunon-Baqtriya  podsholigi  o’rnida  bir  asr  davomida  5 
qabilaga  bo’linib  yashagan.  Bulardan  kushon  (Xitoy  yilnomalarida  guyshuan)  qabilasi  jabg’uchi 
Kujula  Kadfiz  (Kadfiz  I)  mil.  1-a.da  qolgan  4  qabilani  bo’ysundirib,  o’zini  hukmdor  deb  e’lon 
qilgan. 
“Kushon” atamasi yo sulola yoki qabilaga tegishli bo’lib, u ilk bor mil.avv. 1-a. oxiri — mil. 
1-a.  boshida  hukmronlik  qilgan  podshoj  “Geray”  —  Sanab  zarb  qildirgan  tangalarda  qo’llangan. 
Kushonlarning  dastlabki  mulklari  hududiga  Shim.  Baqtriya  (Tojikiston  hamda  O’zbekistonning 
jan.,  Turkmanistonning  jan.-sharqidagi  yerlar)  kirgan,  Dastlab  jabgu,  keyinchalik  podsho  unvoni 
bilan  davlatni  idora  qilgan  Kadfiz  I  Kushon  podsholigiga  asos  solgan  bo’lib,  uning  davrida 
kushonlar hoz. Afg’oniston bilan Pokistonning ko’pchilik qismini bosib olgan, Kadfiz I ning vorisi 
Vima  Kadfiz  xukmronligi  davrida  Hindistonning  aksariyat  qismi  Kushon  podsholigiga  qo’shib 


~  ~ 
 
olingan.  Kushon  podsholigi  ning  eng  ravnaq  topgan  davri  Kanishka  hukmronlik  qilgan  vaqtga 
to’g’ri  keladi.  O’rta  Osiyoda  kushon  mulklarining  shim.  Chegarasi  Hisor  tizmasi  bo’ylab,  u 
yerlardagi tog’ daralarida g’oyatda mustahkam chegara devorlari qurilgan. 
Kushon  podsholigi  davrida  urushlarning  tez-tez  bo’lib  turishi  natijasida  mamlakatda  harbiy 
asir-qullar miqdori oshib borgan. Xitoy va Parfiya bilan kurash olib borayotgan Kushon podsholigi 
Yaqin Sharqda hukmron bo’lish uchun Parfiya bilan urushayotgan Rimning ittifoqchisi edi. Biroq 
savdo  manfaatlari  bu  davlatlarni  o’zaro  yaqinlashtirgan.  Buyuk  ipak  yo’li  bo’ylab  xalqaro 
savdoning  rivojlanishi  uchun  qulay  sharoit  yaratilgan.  Sharqda-Sharkiy  Turkistonning  qo’shib 
olingan  shaharlar—vohalari  orqali Xitoy  bilan,  jan.da  —  kushonlarga  tobe  Shim.  Hindiston  bilan, 
g’arbda  —  dengiz  yo’li  bilan,  Misr  orqali  yoki  quruqlikdai  yo’l  bilan  Eron  orqali  O’rta  dengiz 
havzasidagi Rim imperiyasi shaharlari bilan, shim.da Xorazm va Ural bo’yi orqali Sharqiy Yevropa 
bilan  savdo  qilingan.  Jan.  O’zbekistondan  kushovlar  davriga  oid  yuzdan  oshiq  shahar  va  qishloq 
harobalari  aniqlangan.  Bu  davrda  shahar  va  qishloq  o’zaro  mustahkam  aloqada  bo’lgan:  har  bir 
shahar atrofida ko’plab mayda qishloqlar joylashgan
Kushon  podsholigi  siyosiy  hokimiyat  ruhoniylar  qo’lida  bo’lgan  davlat  bo’lib,  unda  podsho 
dunyoviy  rahbar  bo’lish  bilan  birga  bosh  kohin  ham  edi.  Davlat  satraplik  (q.  Satrapiya)  larga 
bo’lingan  bo’lib,  ularning  satraplari  ayrim  erkinliklarga  ega  edi.  Kushon  podsholigi  quldorlik 
davlati  bo’lsada  unda  qishloq  jamoasi  muhim  o’rin  tutgan.  Kushon  podsholari  mamlakatda  keng 
ko’lamda  dinlararo  murosasozlik  siyosatini  yurg’izgan:  aholi,  asosan,  buddizmning  mahayana 
mansabiga  e’tiqod  qilgan,  shuningdek,  mamlakatda  zardushtiylak,  otashparastlik,  hinduizm  kabi 
ko’plab boqa dinlar xam bo’lgan. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo keng taraqqiy etgan. Pul 
tizimida ko’proq oltin va mis tangalar qo’llanilgan. Dehqonchilik, xususan, sug’orma dehqonchilik 
rivojlangan, k. xioniylar ekinlarining ko’pchilik turi ekilgan. Mil. 3-a.ning 1-yarmi yoki o’rtalarida 
Kushon podsholigi barham topgan. Baqtriya — Toxariston maxsus mulk sifatida Sosonaylar davlati 
tarkibiga kirgan. Uni kushonshoh unvonli sosoniylar xonadoni vakillari idora qilgan. 
Madaniyati.  Kushon  podsholigi  Rim  Parfiya  Xitoy  bilan  har  jihatdan  bellasha  olgan  Qad. 
Sharqdagi  zng  qudratli  saltanatlardan  biri  bo’lib,  ikki  asr  mobaynida  osiyoliklarning  siyosiy, 
iqtisodiy,  ijtimoiy  va  madaniy  hayotiga  katta  ta’sir  o’tkazgan.  Bir  saltanat  tarkibida  bir  necha 
mamlakatlar,  xalq  va  elatlarning  birlashuvi  turli  madaniyatlarni  o’zaro  yaqinlashtirdi,  antik  davr 
madaniyatlari  (mahalliy  Qad.  Baqtriya,  yunon,  sak  va  hind  madaniyatlari)ni  mujassamlashtirdi. 
Ammo, Kushon podsholigi madaniyati tarixining ayrim jihatlari hanuzgacha noaniq bo’lib, tarixchi, 
sharqshunos  va  arxeolog  olimlar  ularga  oydinlik  kiritish  uchun  izchil  va  chuqur  i.t.lar  olib 
bormoqdalar.  Chunonchi,  bu  borada  1913  va  1960  y.darda  London,  1968  y.  Dushanbe,  1970  y. 
Qobulda  xalqaro  simpoziumlar  o’gkazildi,  YuNESKO  qoshshidagi  Markaziy  Osiyo  tarix  va 
madaniyatini  o’rganish  komissiyasi  esa  kushonlar  tarixi  va  madaniyatini  o’rganishni  o’z  oldiga 
asosiy vazifalardan biri qilib qo’ydi. Arxeologlar Kushon madanayatiga oid Bagram, Balx, Began, 
Surx-Ko’tal (Afg’oniston), Kosambi (Hindiston), Sirsukx, Taksila (Pokiston), Ayritom, Bozorqal’a, 
Dalvarzintepa,  Zartepa,  Ko’hna  Vos,  Termiz,  Xayrobodtepa,  Xolchayon  (O’zbekistan), 
Kayqubodshoh,  Kuhnaqal’a,  Shahrinav,  Munchoqtepa  (Tojikiston)da  qazish  ishlari  olib  bordi. 
Arxeologik  topilma  va  kuhna  yozma  manbalar  asosida  kushonlar  madaniyatiga  doir  quyidagi 
muhim  ilmiy  ma’lumotlar  aniqlandi:  burjli  mustahkam  mudofaa  devoriga  ega  bo’lgan  shahar 
qurilishi  taraqqiy  etgan,  bir  necha  o’nlab  shunday  shaharlar,  ko’plab  yirik  sug’orish  inshootlari 
qurilgan.  Shaharlar  ichida  arklar  mavjud  bo’lib,  ularning  atrofini  turli  binolar  majmuasi  qurshab 
turgan. Kushon podsholigi ning shim.-g’arbiy hududlaridagi binolar qurilishida ko’proq xom g’isht 
va paxsadan, jan.-sharqida esa toshdan foydalanilgan. Shaharlar, odatda, daryo bo’ylarida strategik 
jihatdan  qulay  joylarda  bunyod  etilgan.  Ular  podsho  saroyi,  boy-zodagonlar  va  hunarmandlar 


~  ~ 
 
mahallasi, ko’cha va maydonlar, xovuzlar, turli dinlarga mansub inshootlar, ekinzor va bog’lardan 
iborat  bo’lgan.  Uylar  ko’p  xonali,  xashamatli  bo’lib,  ba’zilari  ikki  qavatli  qilib  qurilgan.  Xovli 
sahni,  xonalar  poli,  zinalar  va  b.da  turli  hajmdagi  pishiq  g’ishtlar  qo’llanilgan.  Ayvon  yog’och 
ustunlari  ostiga ohaktoshdan yo’nilgan chiroyli tagkursilar o’rnatilgan. Tomdan tushadigan suvlar 
uchun maxsus sopol tarnovlar ishlatilgan. Bino va xonalar haykaltaroshlik, tasviriy san’at asarlari 
bilan  bezatilgan.  Xaykal  va  rasmlarda,  asosan,  podsholar,  podsho  xonadoni  a’zolari,  boy—
zodagonlar,  sozanda  va  masxarabozlar  tasvirlangan  (mas.,  Xolchayonda).  Budda  diniga  mansub  
inshootlarda esa Budda va unint safdoshlari, izdoshlari kohinlar va xizmatkorlar ifodalangan (mas., 
Ayritom,  dalvarzintepa,  Qoratepa,  Fayoztepada).  Xaykallar,  asosan,  ohaktosh,  loy  va  ganchdan 
tayyorlangan,  ular  orasida  sirtiga  tilla  suvi  yuritilganlari  ham  bor.  Devoriy  suratlarda  esa  diniy  va 
bazm marosimlari, tabiat manzaralari, suvoriylar tasvirlangan. Kulolchilik taraqqiy etgan, topilgan 
sopol  idishlar  xilma-xil  va  o’zining  kozik,  jarangdorligi  bilan  alohida  ajralib  turadi.  Amaliy  sanat 
keig  rivojlangan,  uning  eng  yaxshi  namunalari  Sankt-Peterburgdagi  Davlat  Ermitajida 
saqlanmoqda. Zeb-ziynat buyumlari, mehnat va jang qurollari yasash, mato to’qish taraqqiy etgan. 
Kanishka I davrida Kushon-Baqteriya tili davlat tili sifatida qabul kilingan. Aholi asosan, buddizm 
dinining mahayana mas’habiga e’tiqod qilgan, ko’plab budda ibodatxonalari qurilgan, shuningdek, 
otashparastlik,  hinduizm  ham  keng  tarqalgan.  Kanishka  I  buddizm  tarixida  birinchi  bo’lib  vaqti-
vaqti  bilan  diniy  yig’in  chaqirib  turishni  joriy  etgan.  Dastlabki  yig’ichda  buddizmning  mazkur 
yangi  mazhabi-mahayana  rasmiylashtirilgan.  Bu  esa  buddizining  Osiyo  mamlakatlarida  keng 
tarqalishiga  uniig  jahon  dinlaridan  biriga  aylanishiga  sabab  bo’lgan.  Topilgan  tangalarning  orqa 
tomonida  turli  ma’budlar  -  Mixra-Mitra  (Quyosh  ma’budi),  Otash  (olov  ma’budi),  Farr  (omad  va 
ma’murchilik  ma’budi)  va  b.  tasvirlanganligi  buni  isbotlaydi.  Saltanatda  savdoning  rivojlanishi 
yozuvning keng ko’lamda tarqalishga  imkon yaratgan. Oromiy yozuvi asosida sug’d va xorazmiy 
yozuvlari vujudga  kelib, taraqqiy etdi. Hind alifbosiga asoslangan qharoshthi  yozuvi namunasi ilk 
bor  Termizdan,  teri  va  taxtaga  bitilgan  xorazmiy  yozuvi  namunasi  esa  Tuproq  qal’adan  topildi. 
Kushon podsholigi yerlaridan o’tgan Buyuk ipak yo’li tashqi savdoning rivojlanishiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatganligi  aniqlandi.  Kushon  podsholari  zarb  qilgan  oltin,  kumush  va  mis  tangalar  Efiopiya, 
Skandinaviya,  Italiya  va  b.  ko’pgina  mamlakatlarda  topildi.  Bu  esa  Kushon  podsholigi  chet 
mamlakatlar  bilan  keng  miqyosda  savdo  va  madaniy  aloqalar  olib  borganligidan  dalolat  beradi. 
Sharqdan  olib  kelingak  ipakka  g’arb  bozorlaridagi  mollar  almashtirilgan.  Umuman  savdoda  ko’p 
tovarlar qatori dorivorlar, Rim tilla tanga va taqinchoqlari, fil suyaklari va undan tayyorlangan turli 
buyumlar  hamda  “tirik  tovar”  —  sozanda,  raqqosa  va  hunarmand  qullar  ham  b.  Kushon 
podsholigining  dastlabki  poytaxti  O’zbekistonniig  jan.dagi  Dalvarzintepada  bo’lgan,  podsho 
Kanishka  davrida  esa  Peshovar  sh.ga  ko’chirilgan.  Ayni  shu  davrda  badiiy,  san’at  maktablari 
(Gandxara,  Matxura,  Baqtriya)  shakillandi.  Kanishka  adabiyot  va  sanьat  homiysi  bo’lib  Kashmir 
viloyatida  Kanishkapur  sh.ga  asos  soldi.  Uning  saroyida  mashxur  buddaviy  olimlar  Pareva  va 
Vasumitra, buyuk shoir va faylasuflar Ashvagxosha, Matricheta, Nagarjuna hamda Charaka yashab 
ijod qilgan. 
Kushon  podsholigiga  doir  yozma  manba  va  arxeologik  topilmalar  kushonlar  madaniyatini 
o’rganish  ularniig  O’rta  Osiyo,  jumladan,  O’zbekiston  xalqlari  madaniyati  taraqqiyotida  tutgan 
o’rnini  ilmiy  baholashda  muhim  ahamiyatga  ega.  Kushon  podsholigi  siyosiy  tarixi  va  madaniyati 
o’tmishining  hali  to’la,  haqqoniy  yoritilmagan  jihatlari  ko’p  bo’lib  O’zbekiston,  Hindiston, 
Fransiya,  AQSh,  Italiya,  Vengriya,  Tojikiston,  Afg’oniston,  Rossiya,  Yaponiya  olimlari  ularni 
aniqlash borasida chuqur, izchil i.t.larni davom ettirmoqda. 
  Miloddan    avvalgi    I  asrda  yuechji  qabilalari  uyushmasida  (Guyshuan,  Shuanmi,  Xisi, 
Xyumi,  Xuanmi)  Guyshuan  (Kushon)  urug’ining  xokimlik  mavqei  ancha  kuchaydi.  Guyshuan 


~  ~ 
 
qabilasi  dastlab  Surxon  vohasida  jjoylashgan  va  ularning  poytaxti  Dalvarzin  shaxri  (hozirgi 
Sho’rchi  tumani)  bo’lgan.  Podsho  kujula  kadfiz  davrida  Kushon  podsholigi  hududlari  ancha 
kengaydi va davlat tarikibiga Janubiy tojikiston, Afg’oniston va kashmir yerlari qo’shib olinadi.  
  Kushon podsholigi Kanishka xukumronligi yillarida (78-123 yillar) ulkan saltanatga aylandi. 
Kushon podsholigi Surxon vohasi, Janubiy Tojikiston, Afg’oniston, Shimoliy xindiston va Sharqiy 
Turkiston  yerlarini  o’z  tarkibiga  kiritdi.  Shu  vaqtda  poytaxt  Dalvarzindan  peshovarga  ko’chirildi. 
Kushon podsholigi qadimgi davrdagi Rim, parfiya, Xitoy davlatlari bilan teng bo’lgan va g’oyatda 
qudratli davlatga aylandi. 
  Mamlakatimiz  hududlarida  yuzaga  kelgan  Kushon  podsholigi  tarkibiga  O’zbekistonning 
asosiy  hududlari  (Xorazm,  Zarafshon,  Qashqadaryo,  Toshkent,  Farg’ona)  kirmaganligi  diqqatga 
sazovordir. Bu hududlarda o’ziga xos boshqa mahalliy davlat yuzaga kelgan va kushonlar madaniy 
an’analarga holi tarzda taraqqiy etgan. Bu davlatlar bilan Kushon davlatining shimoliy chegaralari 
Ko’hitog’,  boysun,  Xisor  tog’lari  orqali  o’tganligi  Boysun  tumanidagi  Darband  atrofidan 
o’rganilgan  mudofaa  devorlarini  o’rganish  natijasida  isbotlandi.  Bu  mudofaa  devorlari  qoldiqlari 
shu yerdan o’tgan chegara qal’asi devorlari bo’lgan. 
  Kushon  sulolasi  va  davlati  tarixi  yozma  manbalar  va  tangashunoslik  tadqiqotlari  orqali 
o’rganilgan. Tangalardagi  dastlabki  vaqtlarda  yunon-Baqtriya shohlari tasviri mavjudigi va asta-
sekin uning o’rnini kushonlarning «shoh», «shohlar shohi» so’zlari egallashi uning xarbiy siyosiy 
qudrati yuksalib borganligidan dalolat beradi. 
  Podsho  Kanishka  I  o’zidan  oldingi  davlat    boshqaruvi  an’analari  saqlab  qoldi  va  davom 
ettirdi.  Davlatning  oliy  xukumdori  podsho  viloyatlar  va  shaharlari  o’z  noiblari  yordamida 
boshqarardi. 
  Buyuk  Ipak  yo’lining  rivojlanishi  bilan  Kushon  podsholigining  ijtimoiy-iqtisodiy  jixatdan 
yashnashiga  ta’sir  ko’rsatdi.  Shaxarlar  ko’paydi,  yangi  –  yangi  yerlar  o’zlashtirildi  va  sug’orish 
tarmoqlari barpo etildi. 
  Shaxarlar tuzilishiga ko’ra bir necha qismdan iborat bo’lgan: xokim saroyi, xunarmandchilik 
ustaxonalari, guzarlar, aloxida ibodatxonalar joylashgan shaxar qismi va boshqalar. 
  Davlatning  iqtisodiy  asosini  sug’orma  dexqonchilikka  asoslangan  xo’jalik,  savdo  va 
xunarmandchilik tashkil etgan. Xunarmandchilik turli-tuman kasb va xunarlardan iborat bo’lgan. 
  Tashqi  siyosat  ancha  kengayib,  Xindiston,  Xitoy,  rim  saltanati  bilan  savdo  va  elchilik 
munosabatlari o’rnatilgan. Savdo  munosabatlarining kengayishida Buyuk Ipak yo’lining axamiyati 
katta  bo’lgan.  Tadqiqotlar  natijasida  Termizdan  Rim  tangalari,  O’rta  yer  dengizi  atroflaridan 
Kushon tangalarining topilishi ham fikrimizning dalilidir. 
  Kanishka davrida kushonlar madaniyati xindlashtirildi va Budda dini davlat diniga aylandi. 
Oromiy va yunon yozuvlari asosidakushon yozuvi shakillandi. Me’morchilik tasviriy san’at yuksak 
darajada  rivojlandi. Jaxon miqyosida mashxur bo’lgan kushon davri san’at obidalari Ayritom, Eski 
Termiz, dalvarzintepa va xolchayondan topib o’rganilgan. 
  Kushon davlati xaqida shuni aloxida ta’kidlash joizki, davlat bir necha hududlar va ko’plab 
qadimgi  xalqlarni  birlashtirgan.  Ular  orasida  o’zbek  xalqi  ajdodlari  ham  kushon  madaniyati 
yuksalishiga o’z hissasini qo’shgan. Kushon davlati IV asrlargacha og’ir ichki va tashqi kurashlar 
iskanjasida  qoldi  va  asosiy  hududlaridan  ajraldi.  Bu  vaqtda  uning  hududlari  qisman  Shimoliy 
Hindistondagina saqlanib qoldi. 



Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish