Voqealar juda tez rivojlanganligini ko‘rsatish uchun
matnda ishlatiladigan so‘zlar.
Tekshiruvchilar uchun: O‘quvchi tegishli so‘zni o‘z ichiga olgan
butun gapni yozgandagina javob qabul qilinadi. Yozish paytidagi
kichik xatolar so‘z yoki so‘zlarning ma’nosini o‘zgartirmasa,
hisobga olinmaydi. E’tibor bering, savolda hikoyaning boshida
(quyon birinchi marta «Zilzila!» deb qichqirgan) payt ko‘rsatilgan.
Shunday qilib, hikoyaning oxiridagi «tez» va «to‘satdan» so‘zlari
to‘g‘ri deb qabul qilinmaydi.
QUYON ZILZILA HAQIDA OGOHLANTIRADI
3-TOPSHIRIQ
3. Quyon: “Zilzila!” – deb baqirgandan keyin voqealar
juda tez rivojlandi. Buni tasdiqlovchi ikkita so‘zni matndan
toping va yozing.
Maqsad: badiiy adabiyotni o‘qish tajribasini orttirish.
Faoliyat: matn tarkibini, tilini va elementlarini tahlil qilish va
baholash.
2 – To‘liq tushunish
Javoblarda voqealar rivojlanish tezligini yetkazish uchun
hikoyalarda ishlatiladigan maxsus til texnikasini to‘liq tushunish
namoyish etiladi hamda so’ralgan ikkita so’z keltiriladi.
1 – Qisman tushunish
Javoblarda voqealarning rivojlanish tezligini yetkazish
uchun hikoyalarda qo‘llaniladigan maxsus til texnikasini
qisman tushunish namoyish etiladi.
Javobda so‘zlarning faqat bittasi beriladi.
0 – Noto‘g‘ri tushunish
Javoblarda voqealarning rivojlanish tezligini yetkazish
uchun hikoyalarda ishlatiladigan maxsus tilni tushunmaslik
namoyish etiladi.
Yugurib ketdi Yuguring!
Aqlini yo‘qotgan kabi Shoshildi
Og‘ir nafas olib
Oyoq tovushi chaqmoq kabi
yangray boshladi
Tez orada
5-TOPSHIRIQ
5. Sher quyonni qayerga olib borishini so‘radi?
Maqsad: badiiy adabiyotni o‘qish tajribasini orttirish.
Faoliyat: aniq ma’lumotni topish.
1 – Javob qabul qilinadi
Javoblarda sher quyonni olib borishni so‘ragan joyi aniq
ko‘rsatib beriladi.
Javobning mazmuni: javobda sher quyondan ushbu dahshatli
ofat (zilzila) qayerda bo‘lganini ko‘rsatishini so‘ragan bo‘lishi
mumkin.
Misollar:
– Bu dahshatli ofat bo‘lgan joyga.
– U quyonni zilzila boshlangan joyga olib borishni so‘radi.
Yoki javobda sher quyondan zilzila ro‘y bergan deb qaror
qilgan joyni ko‘rsatishini so‘raganligi ko‘rsatilishi mumkin.
Misollar:
– Quyon zilzila sodir bo‘lgan deb o‘ylagan joyga.
– Olma tushgan joyga.
Yoki o‘quvchi javobi bilan sher quyonni o‘z uyiga (quyonning
uyiga) olib borishni so‘ragan, chunki o‘sha yerda quyon dahshatli
shovqinni eshitganligini nazarda tutadi.
Misol:
– Quyonning uyiga.
0 – Javob qabul qilinmaydi
Javoblarda sher quyonni olib borishni so‘ragan joy aniq
belgilanmagan bo’lsa.
Javobning mazmuni: javobda sher quyondan zilzila bo‘lgan
yoki quyon zilzila ro‘y bergan deb o‘ylagan joyni ko‘rsatishini
so‘raganligi aytilmaydi. Javobda faqat noaniq va savolga
nomutanosib ma’lumotlar keltirilgan bo’ladi.
Misollar:
– U daryoga bormoqchi edi.
– Tog‘ cho‘qqisiga.
0 – Javob yo‘q
Savolga javob berishning imkoni bo‘lmasa (bosib chiqarish
xatosi, sahifa etishmagan va h. k.).
Javob beradigan joy butunlay toza bo’lsa.
7-TOPSHIRIQ
7. Ertak oxirida sher qanday ikki usul bilan quyonning
ko‘nglini ko‘tarishga harakat qilganini yozing.
Maqsad: badiiy adabiyotni o‘qish tajribasini orttirish.
Faoliyat: xulosalarni shakllantirish.
2 – To‘liq tushunish
Javoblarda matn mazmunining to‘liq tushunilishi namoyish
etiladi. O‘qivchi matndan ikkita dalil topadi, ular asosida sher
quyonning kayfiyatini ko‘tarishga harakat qilish usullarini aniqlash
mumkin.
Javobning mazmuni: javobda quyida keltirilgan ikkita usul
(texnikalar) tavsiflanadi.
1 – Qisman tushunish
Javoblarda matn mazmunining qisman tushunilishi namoyish
etiladi. O‘qivchi matndan ma’lum ma’lumotlarni topadi, buning
asosida sher quyonning kayfiyatini ko‘tarishga harakat qilish
usullarini aniqlash mumkin.
Javobning mazmuni: javobda quyida keltirilgan usullarning
faqat bittasi tasvirlanadi.
0 – Noto‘g‘ri tushunish
Javoblarda sher quyonning kayfiyatini ko‘tarishga harakat
qilganini tushunmaslik namoyish etiladi.
Javobning mazmuni: javobda quyida keltirilgan bironta usul
(texnika) ham keltirilmaydi. U faqat sherning quyonga qanday
munosabatda bo‘lganini ifodalovchi noaniq tavsifni o‘z ichiga
olishi mumkin.
Misollar:
– U quyonga mehribon edi.
– U quyonga tinchlanishi kerakligini aytdi.
0 – Javob yo‘q
Savolga javob berishning imkoni bo‘lmasa (bosib chiqarish
xatosi, sahifa yetishmagan va h. k.).
Javob beradigan joy butunlay toza bo‘lsa.
Sher quyonning kayfiyatini ko‘tarishga harakat
qilgan usullar (texnikalari).
Tekshiruvchilar uchun: O‘quvchilar matnni o‘z so‘zlari bilan
aytishlari mumkin. Quyida keltirilgan ikkita usulning har qanday
kombinatsiyasi hisobga olinadi.
– Sher muloyim jilmayib qo‘ydi.
– U quyonga: «Xavotir olma!» dedi.
– U quyonga o‘zi ham ba’zida qo‘rqib ketishini aytdi.
– Unga «zilzila» qanday sodir bo‘lganligini ko‘rsatdi.
– Unga: «Qo‘rqishing kerak emas» dedi.
– Uni «mening kichik ukam» deb atadi.
– U o‘zini ahmoqdek his qilmasligi uchun harakat qildi.
– Sher kulib yubordi (sherning bu harakatini quyonning
qo‘rquvini kamaytirishga urinishi sifatida izohlash mumkin).
– Sher xotirjam edi (bu sherning harakatlarini oqilona
umumlashtirish).
8-TOPSHIRIQ
8. Sizningcha, sherga quyon yoqarmidi? Bu haqda
ertakda nima deyiladi?
Maqsad: badiiy adabiyotni o‘qish tajribasini orttirish.
Faoliyat: ma’lumotni interpretatsiya qilish va umumlashtirish.
1 – Javob qabul qilinadi
Javoblarda matndan sherning quyonga qanday munosabatda
ekanligi haqida ma’lumot keltiriladi.
Javobning mazmuni: javobda o‘qivchining sherning quyonga
bo‘lgan munosabati to‘g‘risidagi fikri keltirilgan (o‘qivchi ijobiy
yoki salbiy munosabatni taxmin qilishi mumkin). Bunga voqeaning
tegishli tavsifi yoki matndan olingan ma’lumotlar yoki o‘qivchi
tomonidan matn asosida qilingan umumlashtirish bilan qo‘llab-
quvvatlanadi.
Misollar:
– Ha, quyon unga yoqardi. Sher unga bu haqiqiy zilzila
emasligini ko‘rsatdi.
– Ha. U hikoyaning oxirida quyonga juda mehribon edi.
0 – Javob qabul qilinmaydi
Javoblarda matndan sherning quyonga qanday munosabatda
ekanligini ko‘rsatadigan ma’lumot keltirilmagan bo’ladi.
Javobning mazmuni: javobda sherning quyonga bo‘lgan
munosabati to‘g‘risidagi o‘qivchining fikri bo‘lishi mumkin. Ammo
bu matndagi tegishli ma’lumotlar bilan tasdiqlanmaydi. Yoxud fikr
noto‘g‘ri, yoki nomutanosib ma’lumot bilan tushuntirilishi mumkin.
Misollar:
– Men bunday deb o‘ylamayman. Ular juda bir-biriga
o‘xshamaydigan hayvonlar.
– Chunki u ham quyon bilan birga yugurib ketdi.
9-TOPSHIRIQ
9. Ertak davomida quyonning his-tuyg‘ulari qanday
o‘zgargan?
Ertak avvalida quyon_______________ni his qildi,
chunki __________
Ertak so‘ngida quyon_______________ni his qildi,
chunki __________
Maqsad: badiiy adabiyotni o‘qish tajribasini orttirish.
Faoliyat: ma’lumotni interpretatsiya qilish va umumlashtirish.
2 – To‘liq tushunish
Javoblarda matn mazmunining to‘liq tushunilishi namoyish
etiladi. Quyonning his-tuyg‘ulari voqea rivoji davomida qanday
o‘zgarganligini izohlash uchun zarur bo‘lgan matnning turli
qismlaridan olingan ma’lumotlar keltiriladi.
Javobning mazmuni: javoblar quyon hikoyaning boshida va
oxirida boshidan kechirgan his-tuyg‘ularini va ularning izohlarini
tavsiflaydi (quyidagi jadvalga qarang).
1 – Qisman tushunish
Javoblarda hikoyaning faqat bitta qismida quyonning his-
tuyg‘ularini talqin qilish orqali matnning qisman tushunilishi
namoyish etiladi.
Javobning mazmuni: javobda quyonning faqat hikoyaning
boshida yoki faqat oxirida boshidan kechirgan his-tuyg‘usi va
uning izohi tasvirlanadi (quyidagi jadvalga qarang). O‘qivchi
hikoyaning boshqa qismida quyonning boshidan kechirgan his-
tuyg‘uni tasvirlab berishi mumkin, ammo bu tuyg‘u uchun mos izoh
yo‘q.
0 – Noto‘g‘ri tushunish
Javoblarda quyonning his-tuyg‘ularini tushunmaslik aks etadi.
Javobning mazmuni: javobda hikoyaning boshida yoki oxirida
quyonning his-tuyg‘ulari ta’rifi va uning izohi berilmaydi (quyidagi
jadvalga qarang). His-tuyg‘ular hikoyaning birinchi yoki ikkinchi
qismi uchun tasvirlanishi mumkin, ammo tegishli izohsiz. Javobda
faqat noaniq yoki noto‘g‘ri tushuntirish bo‘lishi mumkin.
Tekshiruvchilar uchun: o‘qivchilar quyonning his-tuyg‘ularini
noto‘g‘ri yoki umumiy tavsiflashlari mumkin. Agar tushuntirishda
ushbu tuyg‘u mos keladigan matn bilan ochilsa yoki qo‘llab-
quvvatlansa, javobning ikkala elementi ham qabul qilinadi (tuyg‘u
va uning izohi).
10-TOPSHIRIQ
10. Siz sher va quyon haqida ularning ertakda
tasvirlangan harakatlaridan bilib oldingiz. Sherning
fe’l-atvori quyonning xatti-harakatlaridan qanday farq
qilganini aytib bering. Buni tasdiqlovchi har birining
harakatlaridan misollar keltiring.
Maqsad: badiiy adabiyotni o‘qish tajribasini orttirish.
Faoliyat: ma’lumotni interpretatsiya qilish va umumlashtirish.
3 – Chuqur to‘g‘ri tushunish
Javoblar hikoyaning asosiy qahramonlarining xatti-harakatlarini
sharhlash va taqqoslash uchun matnning butun tarkibini sintez
qilish orqali matn mazmunini to‘liq tushunishni namoyish etadi.
Javobning mazmuni: javobda sher (hikoya qahramoni)
quyondan (hikoya qahramoni) farq qilishi tushuniladi. O‘quvchi
qahramonlarning
qarama-qarshi
fe’l-atvorlari
va
ularni
tasdiqlaydigan harakatlarini tasvirlaydi.
Misollar:
– Quyon nima bo‘lganini xayoliga ham keltirmadi. U zarbani
eshitishi bilanoq, darhol yugurib chiqdi va uning nima ekanligini
ko‘rmadi. Sher esa fikrlaydi. U quyonni nimaning tovushi chiqqanini
borib ko‘rishga majbur qildi.
– Quyon har doim hamma narsadan qo‘rqadi. U har qanday
Hikoyaning yakuni:
Javobda quyonning quyi-
da gi tuyg‘ulari tasvirlanishi
mumkin:
U o‘zini xotirjam yoki ah-
moq dek his qildi.
Tushuntirish misoli:
– chunki u bu zilzila
emasligini angladi;
– chunki sher uni tinchlantirdi;
– chunki bularni u qilgandi;
Hikoyaning boshlanishi:
Javobda quyonning quyidagi
tuyg‘ularini tasvirlash mumkin:
U qo‘rquv, xavotir, hayajonni
his qildi.
Tushuntirish misoli:
– chunki u zilzila bosh-
lanmoqda deb o‘ylagan edi;
– chunki u zilzilani his qildi;
– chunki u ahvoli nima
bo‘lishini bilmas edi.
tovushdan sakrab tushadi. Ammo sher qo‘rqmaydi.
Bu zilzilami yoki zilzila emasligini ko‘rish uchun bordi.
Yoki javobda qahramonlar o‘rtasidagi farqlar umumlashuvi,
aniq xatti-harakatlar misollari keltirilgan.
– Xavf bo‘lgan taqdirda ular boshqacha harakat qilishadi.
Quyon shovqinni eshitganda qochib ketadi. Sher esa bu
shovqin qayerdan kelganini ko‘rishni xohlaydi.
2 – Yetarli darajada tushunish
Javoblarda matnning mazmunini yetarlicha aniq tushunish
namoyish etiladi.
Javobning mazmuni: javobda quyon (ertak qahramoni) va
sher (ertak qahramoni) o‘rtasidagi farq ko‘rsatilgan bo’ladi.
Biroq, farqni tasdiqlash uchun faqat bitta qahramonning fe’l-
atvori ko‘rsatilgan yoki umuman biron-bir misol keltirilmaydi.
Misollar:
– Sher jasur, quyon esa asabiy. Sher «zilzilani» ko‘rgani
bordi.
– Quyon har doim zilzila bo‘lishidan qo‘rqardi. Sher
tushunuvchan va dono edi.
– Sher zilziladan qo‘rqmaydi. Sher olmani tashlaganida, u
qo‘rqmadi.
– Quyon bilan sherning farqi bor, chunki sher jasur va kuchli,
quyon esa bezovta va qo‘rqoq.
– Quyon zilzilalardan qo‘rqadi, ammo sher bunday emas.
– Menimcha, ular boshqacha, chunki quyon har doim
tashvishlanar edi, sher har doim biror narsa qilishdan oldin
nima sodir bo‘lganini tekshirar edi.
Yoki javob har bir qahramon tomonidan sodir etilgan qarama-
qarshi harakatlarni tasvirlaydi, lekin ikkala qahramonning tavsifi
yoki umumiy xususiyatlarini o‘z ichiga olmaydi.
– Quyon sherdan shunisi bilan farq qiladiki, quyon har doim
sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan zilziladan xavotirda, sher esa uni
bu zilzila emasligiga ishontiradi.
1 – Qisman tushunish
Javoblar qahramonlarning fe’l-atvorini qisman tushunilishini
namoyish etadi.
Javobning mazmuni: javobda faqat bitta qahramonning
xatti-harakatlari keltirilgan yoki fe’l-atvor xususiyatlari
umumlashtirilgan bo’ladi.
Misollar:
– Quyon zilzila bo‘lgan deb o‘ylagani uchun qochib ketdi.
– Sher zilzila sodir bo‘lgan joyni ko‘rish uchun ketdi.
– Quyon o‘zini qo‘rqoqday tutdi.
– Sher dono.
0 – Noto‘g‘ri tushunish
Javoblar qahramonlarning fe’l-atvori noto‘g‘ri tushunilganligini
ko‘rsatadi.
Javobning
mazmuni:
javobda
jismoniy
tavsif
yoki
qahramonlardan birining noto‘g‘ri tavsifi yoki nomutanosib
harakati bo‘lishi mumkin.
– Sher quyondan kattaroq.
– Quyon jasur.
Tupiklar tunlari
7-TOPSHIRIQ
7. Anna tupiklarni qutqarish uchun fonar (chiroq)dan
qanday foydalanishini tushuntiring.
Maqsad: axborotni o‘zlashtirish va undan foydalanish.
Faoliyat: ma’lumotni interpretatsiya qilish va umumlashtirish.
2 – To‘liq tushunish
Javoblarda matn mazmunining to‘liq tushunilishi namoyish
etiladi. O‘qivchi maqoladagi ma’lumotlarni sarhisob qilar ekan,
u Anna chiroq (fonar)dan qanday foydalanishini tushuntiradi.
Javobning mazmuni: javobda Anna chiroqni qanday
foydalanishi haqida to‘g‘ri tushuntirish beriladi. Tushuntirishda
Anna tupiklarni qanday topishi aks etadi. To‘liq javobda kechasi
chiroq yordamida tupiklarni topish yoki ular yashiringan joyni
topish osonroq ekanligi ko‘rsatiladi.
Misollar:
– U Annaga qorong‘ida tupiklarni topishga yordam beradi.
– U tupiklar yashiringan joyni topish uchun chiroqni ishlatadi.
1 – Qisman tushunish
Javoblar matnning mazmunini qisman tushunishni namoyish etadi.
Anna chiroqni qanday ishlatishini tushuntirish uchun maqoladagi
ba’zi ma’lumotlar keltiriladi, ammo umumlashtirilmaydi.
Javobning mazmuni: javobda Anna chiroqni qanday ishlatishini
tushuntiradi, ammo u umumiy xarakterga ega. Yoki tushuntirish
matnga to‘liq mos kelmaydi, faqat Anna yashiringan tupiklarni
qidirayotgani yoki topishi haqida gapiriladi. Javobda kechasi
chiroqni ishlatish tupiklarni topish yoki ular yashiringan joyni
topishni osonlashtirishi ko‘rsatilmaydi.
Misollar:
– U unga qishloq bo‘ylab yurishiga yordam beradi.
– U tun bo‘lgani uchun fonardan foydalanadi. (E’tibor bering,
yuqoridagi javoblarning hech birida tupiklarni qidirish haqida
gapirilmaydi. Ammo o‘quvchi chiroq nima uchun ishlatilishini
umuman tushunadi, garchi u tushuntirishini matn bilan to‘liq
bog‘lamasa ham.)
– Tupiklarni topish uchun.
– Qishloq atrofida yurish va qorong‘i joylarda qidirish uchun.
0 – Noto‘g‘ri tushunish
Javoblarda Anna chiroqni qanday ishlatishini tushunmaslik
ko‘rinib turadi.
Javobning mazmuni: javobda Anna chiroqni qanday ishlatishi
to‘g‘risida tegishli tushuntirish berilmaydi. Unda noaniq yoki
nomuvofiq matn tushuntirishlari bo‘lishi mumkin.
Misollar:
– U sayohatga borganda foydalanadi.
– Uni qo‘lida ushlab turadi.
8-TOPSHIRIQ
8. Anna tupiklarni qutqarish uchun karton qutilaridan
qanday foydalanishini tushuntiring.
Maqsad: axborotni o‘zlashtirish va undan foydalanish.
Faoliyat: ma’lumotni interpretatsiya qilish va umumlashtirish.
2 – To‘liq tushunish
Javoblarda matn mazmunining to‘liq tushunilishi namoyish
etiladi. O‘qivchi maqoladagi ma’lumotlarni sarhisob qilar ekan, u
Anna karton qutilarini qanday ishlatishi haqida to‘liq tushuntirish
beradi.
Javobning mazmuni: javobda Anna karton qutilarni qanday
foydalanishi to‘g‘risida to‘g‘ri tushuntirish berilgan. Izohda Anna
tupiklarni qanday qutqarishi aks ettiriladi. To‘liq javob tupiklar
xavfsizligini ta’minlash yoki ularni kerakli joyga olib borish uchun
karton qutilarni ishlatish qulay ekanligini ko’rsatadi.
Misollar:
– U tupiklarni karton qutilarga soladi, shunda ularga hech narsa
bo‘lmaydi.
– U tupiklarni karton qutilarda sohilga olib keladi.
– U tupiklarni uyda tunash uchun olib keladi.
– U ularni xavfsizlik uchun qutilarga joylaydi.
1 – Qisman tushunish
Javoblar matn mazmunining qisman tushunilishini namoyish
etadi. Anna qutini qanday ishlatishini tushuntirish uchun maqoladagi
ba’zi ma’lumotlar keltiriladi, ammo umumlashtirilmaydi.
Javobning mazmuni: javobda Anna qutini qanday ishlatishi
tushuntiriladi, ammo u umumiy xarakterga ega. Tushuntirish matnga
to‘liq mos kelmaydi, unda karton qutilar yordamida tupiklarning
xavfsizligini ta’minlashi yoki ularni tashishi haqida aniq ma’lumot
keltirilmaydi.
Misollar:
– U tupiklarni qutilarga soladi.
– U ularni o‘sha yerda ushlab turadi.
– Tupiklarni ushlash uchun.
0 – Noto‘g‘ri tushunish
Javoblarda Anna qutilardan qanday foydalanishini tushunmaslik
ko‘rinib turadi.
Javobning mazmuni: javobda Anna qutilardan qanday
foydalanishi to‘g‘risida tegishli tushuntirish berilmaydi. Unda
noaniq yoki nomuvofiq matn tushuntirishlari bo‘lishi mumkin. Javob
shunchaki savolni takrorlashi mumkin.
Misollar:
– U bu qutilarda do‘stlaridan yashirinadi.
– U qutilardan turli narsalarni ko‘tarib o‘tish uchun foydalanadi.
– U qutilardan tupiklarni qutqarish uchun foydalanadi.
10-TOPSHIRIQ
10. Nega bolalar tupiklarni kunduzi qo‘yib yuborishlari
kerak? Javob berayotganda, matndan foydalaning.
Maqsad: axborotni o‘zlashtirish va undan foydalanish.
Faoliyat: xulosalarni shakllantirish.
1 – Javob qabul qilinadi
Javoblarda tupiklarni nima uchun kunduzi qo‘yib yuborishlari
to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Javobning mazmuni: javobda tunda tupiklarni qishloq chiroqlari
aldashi mumkinligi yoki kunduzi ularning ko‘zi maqsadni (suvni)
yaxshiroq ko‘rishi aytiladi.
Misollar:
– Agar tupiklar kechasi qo‘yib yuborilsa, qishloq chiroqlari
ularni yana aldaydi.
– Tupiklarga suvda qayerga uchish yaxshiroq ko‘rinadi.
– Yana aldanmaslik uchun.
– Ular qayerga qo‘nishlari kerakligini ko‘rishlari kerak va ular
kechasi buni ko‘rmaydilar.
Yoki javob bolalar haqida bo‘lishi mumkin. O‘qivchi
matndagi bolalarga kunduzgi yorug‘lik kerakligini ko‘rsatadigan
ma’lumotlarga murojaat qiladi.
Misollar:
– Kechasi bolalar qirg‘oqda yaxshi ko‘ra olishmaydi.
– Kechasi bolalar qirg‘oqqa chiqishlari xavfli.
0 – Javob qabul qilinmaydi
Javoblarda nima uchun tupiklarni kunduzi qo‘yib yuborishlari
to‘g‘risida xulosa keltirilmagan.
Javobning mazmuni: javobda tunda tupiklarni qishloq chiroqlari
aldashi mumkinligi yoki kunduzi ular uchishi kerak bo‘lgan suvni
yaxshiroq ko‘rishlari aytilmaydi. Javobda bolalar yoki tupiklarga
kunduzi nima uchun qulayroq ekanligi haqida noaniq tushuntirish
berilishi mumkin, ammo bu tushuntirish matn bilan bog‘liq emas.
Misollar:
– Chunki bolalar kechasi hech narsani ko‘rmaydilar.
– Tupiklar yaxshi ko‘rish (yoki ular qayerga uchayotganlarini
ko‘rishlari) uchun.
– Ular qayerga ketayotganlarini ko‘rishlari kerak.
12-TOPSHIRIQ
12. Anna tupiklarni erkinlikka qo‘yib yuborganidan
keyin qanday ikki turli xil tuyg‘ularni boshdan
kechirishini yozing. Nega u bu ikki hissiyotni ham
boshdan kechirishini tushuntiring.
Maqsad: axborotni o‘zlashtirish va undan foydalanish.
Faoliyat: ma’lumotni interpretatsiya qilish va umumlashtirish.
2 – To‘liq tushunish
Javoblar matnning mazmunini to‘liq tushunganlikni namoyish
etadi. O‘quvchilar matnda keltirilgan turli g‘oyalarni umumlashtirib,
Annaning his-tuyg‘ularini aytishadi va tushuntirishadi.
Javobning mazmuni: javobda ikki xil tuyg‘u keltiriladi va har bir
tuyg‘u uchun tegishli tushuntirish beriladi (ikkita hissiyot + ikkita
tushuntirish). Ushbu hissiyotlarning ikkalasi ham ijobiy, ham salbiy
bo‘lishi yoki ikkalasi ham qarama-qarshi bo‘lishi mumkin. Har
bir hissiyotning izohi matnda keltirilgan turli xil ma’lumotlarga
asoslanadi.
Misollar:
– U tupiklar bilan vidolashganda xafa bo‘ladi. Ammo ular
suvga tushganidan xursand.
– U tupiklar qutqarilganidan xursand. Ularni mushuklar va itlar
tutib olmaganligi uni tinchlantirdi.
– U tupiklarni qutqarishshga yordam berganidan xursand.
Ammo u ular bilan o‘ynashni xohlagani uchun xafa. (E’tibor
bering, bu javobdagi qayg‘u izohini to‘g‘ri javob sifatida qabul
qilish mumkin. Ehtimol, Anna ular bilan o‘ynashni xohlagan
bo‘lishi mumkin, garchi matnda ular bilan o‘ynaganligi haqida
hech qanday ma’lumot yo‘q bo‘lsa ham. Agar javobda u
qutqarganidan keyin ular bilan o‘ynaganligi aytilganida, buni
to‘g‘ri javob deb qabul qilib bo‘lmasdi, chunki bu matnga mos
kelmaydi.)
– U ularning hayotini saqlab qolishga yordam berganidan
xursand. Ammo u achinardi, chunki ba’zilarini mushuk va itlar
yeb qo‘ygandi. (Uning qayg‘uli his-tuyg‘ularining izohi to‘g‘ri
javob deb qabul qilinishi mumkin, chunki u qutqara olmagan
tupiklar tirik qolmagani ehtimoldan yiroq emas. Ammo tupiklar
uchun kutilayotgan xavf haqida eslatma to‘g‘ri javob deb
hisoblanmaydi.)
1 – Qisman tushunish
Javoblar Annaning his-tuyg‘ularini qisman tushunishni namoyish
etadi.
Javobning mazmuni: javobda ikki xil hissiyot aytiladi. Ushbu
hissiyotlarning ikkalasi ham ijobiy, ham salbiy bo‘lishi mumkin yoki
ikkalasi ham qarama-qarshi bo‘lishi mumkin. Biroq, tushuntirish
faqat bir tuyg‘u uchun berilgan.
Misollar:
– U g‘amgin, lekin tupiklarning qutqarganidan xursand.
– Anna tupiklarni suvga tushishiga yordam berganidan
xursand, lekin u juda xafa.
Yoki javobda faqat bitta tuyg‘u aytiladi va matnda keltirilgan
ma’lumotlarga asoslanib, unga tushuntirish beriladi.
Misol:
– U baxtli, chunki ularga dengizga chiqishga yordam berdi.
0 – Noto‘g‘ri tushunish
Javoblar Annaning his-tuyg‘ularini tushunmasliklarini ko‘rsatadi.
Javobning mazmuni: javobda ikki xil hissiyot aytilishi yoki
aytilmasligi mumkin. Matndagi ma’lumotlarga asoslangan
tushuntirishlar hech qanday his-tuyg‘ularga berilmaydi yoki
tushuntirish noto‘g‘ri yoki nomutanosib ma’lumotlarga asoslangan.
Misollar:
– U o‘zini baxtli va qayg‘uli his qiladi.
– Anna tupiklar bilan xayrlashdi.
– U tupiklar bilan o‘ynashdan xursand.
– Ularni qo‘yib yuborganida, u xafa bo‘lishi mumkin, chunki
ular ozod bo‘lgandan keyin ular xavfga duch kelishlari mumkin.
(Matnda ular ozod bo‘lgandan keyin kutilayotgan xavflar haqida
hech narsa aytilmagan.)
13-TOPSHIRIQ
13. Siz Anna va uning do‘stlari bilan birga tupik-
larni saqlab qolishni xohlaysizmi? Javobingizni tushun-
tirayotganda, o‘qigan matningizdan foydalaning.
Maqsad: axborotni o‘zlashtirish va undan foydalanish.
Faoliyat: matn tarkibini, tilini va elementlarini tahlil qilish va
baholash.
2 – To‘liq tushunish
Javoblarda maqolaning mazmuni o‘quvchining bahosi orqali
to‘liq tushunilishi namoyish etiladi.
Javobning mazmuni: javob matndagi ma’lumotlar bilan
tasdiqlangan baholovchi fikrlash beriladi.
Misollar:
– Ha, ularni qirg‘oqqa olib borish qanchalar yaxshi.
– Men xohlamagan bo‘lardim. Men qushlarni yig‘ishni
yoqtirmayman.
1 – Qisman tushunish
Javoblar o‘qilgan matnning qisman tushunilganini ko‘rsatadi.
Javobda matn mazmunining tahlili asosida umumlashtirish
bilan kuchaytirilgan baholovchi fikrlash beriladi. Umumlashtirish
o‘quvchining tajribasiga asoslanishi mumkin, ammo bu matnning
mazmuni bilan bog‘liq bo‘lishi kerak.
Misollar:
– Men unga yordam bermoqchiman. Menimcha, jo‘jalarni
saqlab qolish juda muhim.
– Yo‘q, istamayman. Qushlarni qutqarish uchun juda ko‘p
narsa qilish kerak.
– Ha, xohlardim. Ilgari ham hayvonlarni qutqarish bilan
shug‘ullanganman. (E’tibor bering, o‘z pozitsiyasini izohlash
o‘quvchining shaxsiy tajribasiga asoslangan, ammo u hikoyaning
mazmuniga aniq bog‘liqdir.)
– Ha, men unga yordam berishni xohlayman. U juda yaxshi
ish qilyapti. (E’tibor bering, ushbu tushuntirish hikoya mazmunini
baholash sifatida qabul qilinishi mumkin.)
0 – Noto‘g‘ri tushunish
Javoblar maqolaning mazmuniga o‘z bahosini bera
olmayotganligini ko‘rsatadi.
Javobning mazmuni: javobda o‘quvchi Anna va uning
do‘stlarining faoliyatiga shaxsiy baho beradi yoki bermaydi.
Ammo u matndagi ma’lumotlar bilan mustahkamlanmagan.
Misollar:
– Yo‘q, men tupiklarni qutqarishni yoqtirmayman. (E’tibor
bering, izoh shunchaki savolni takrorlaydi.)
– Ha, men u bilan borardim.
Yoki javob Annaning faoliyatini baholaydi, ammo tushuntirish
noto‘g‘ri yoki noaniq ma’lumotlarga asoslangan.
Misollar:
– Ha, men ularni tutib yeyishni xohlayman.
– Yo‘q, Anna buni kimningdir yordamisiz qila olmaydi.
Yoki javob yangi ma’lumot qo‘shmasdan savolni oddiy
takrorlaydi.
Misol:
– Ha, chunki tupiklarni qutqarish kerak.
Yoki haddan tashqari umumiy tushuntirish berilgan.
Misollar:
– Yo‘q, zerikarli bo‘ladi.
– Ha, qiziqarli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |