“ ” 2019 yil Mavzu: Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishini davlat tomonidan qo’llab quvvatlanishi


-diagramma. 2018-yil yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etilgankichik korxona va mikrofirmalarning iqtisodiy faoliyat bo’yicha usuli



Download 480,93 Kb.
bet11/14
Sana26.09.2021
Hajmi480,93 Kb.
#186549
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi (Автосохраненный)

2-diagramma. 2018-yil yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etilgankichik korxona va mikrofirmalarning iqtisodiy faoliyat bo’yicha usuli.

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda kichik va o`rta biznes iqtisodiyotning rivojlanish sur`atlarini, yalpi milliy mahsulotning tarkibi va sifatini aniqlab beruvchi yetakchi sektori sifatida shakllangan va tobora rivojlanmoqda.

Bizda ham chet davlatlardagi kabi yangi ish o`rinlarini tashkil etish va ishsizlikning ko`payishini oldini olish, oilalar byudjetini mustahkamlash, mahalliy byudjetga tushumlarni ko`paytirish va, umuman, iqtisodiyot taraqqiyoti sur`atlarini oshirish maqsadlaridan kelib chiqib, kichik va o`rta biznesni rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda va buning uchun yuqorida ko`rsatib o`tilganidek, zarur huquqiy zamin yaratildi.

Biroq shuni alohida qayd etib o`tish lozimki, kichik va o`rta biznes sub`ektlarining rivojlanishi yuqori davlat idoralari tomonidan rag`batlantirilib, tartibga solib turilsa-da, mahalliy-hududiy boshqaruv idoralari tomonidan ular uchun muayyan shart-sharoitlar yaratilmasa, ko`zlangan maqsadga erishish qiyin kechadi, chunki o`z iqtisodiy tabiatiga ko`ra, kichik va o`rta biznes asosan mahalliy iqtisodiyotning uzviy qismi bo`lib, ana shu hududdagi mavjud shart-sharoitlar zamirida faoliyat ko`rsatishga moslashgan bo`ladi. Uning mahalliy-hududiy iqtisodiyotga bog`liqligi quyidagilar orqali namoyon bo`ladi:

birinchidan, kichik va o`rta biznes korxonalari asosan muayyan hududlardagi mavjud ehtiyojlar e`tiborga olingan holda, turli xil talablarni qondirish uchun tashkil etiladi, iste`molchilar ham o`z ehtiyojlarini qondirish uchun birinchi galda eng yaqin ishlab chiqaruvchilar bilan munosabat o`rnatishga intiladilar;

ikkinchidan, bu kabi korxonalarning tashkil etilishida mahalliy xomashyo va tabiiy resurslardan foydalanish imkoniyatlari hisobga olinadi;

uchinchidan, kichik korxonalar mahalliy sharoitlarga moslashuvchanligi ya`ni, birinchi navbatda o`z xaridorlari ehtiyojlarini e`tiborga olishi va, avvalo, mahalliy bozorga yo`naltirilganligi bilan ajralib turadi.

O`zbekistonda mehnatga qobiliyatli aholining 70 foizidan ko`proq qismi qishloq joylarida yashashini e`tiborga olsak, shu joylarda xususiy tadbirkorlik, kichik va o`rta biznes sohalarining rivojlantirilishi ayniqsa katta samaradorlik berishi tabiiy bir holdir. Kichik va o`rta biznes qishloq joylarida quyidagi yo`nalishlarda rivojlanishi mumkin:

-qishloqda yetishtirilayotgan mahsulotlar sifatini uzoq vaqt buzilishdan saqlab turadigan sovutgich omborxonalar, meva va sabzavotlarni qayta ishlovchi kichik tsexlar tashkil etish;

-ulardan turli xil sharbatlar ishlab chiqarish;

-sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash;

-oziq-ovqat, qandolatchilik va makaron mahsulotlari tayyorlash;

 -trikotaj-tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarish;

-aholi ehtiyojlari uchun kir yuvish vositalari tayyorlashni yo`lga qo`yish;

-milliy-badiiy, uy-ro`zg`or buyumlari tayyorlash;

-qurilish materiallari ishlab chiqarish;

-kichik qurilish va ta`mirlash ishlarini tashkil etish;

-kichik tibbiy xizmatlarni yo`lga qo`yish va hokazo.

O`tgan yillarda to`plangan tajriba shundan dalolat bermoqdaki, kichik va o`rta biznesning yanada rivojlanishi va mamlakat iqtisodiyotida o`zining munosib o`rnini topishi uchun, avvalambor, davlat idoralari, mutasaddi rahbar tashkilotlar, qolaversa, barcha jamiyat a`zolarining unga bo`lgan munosabatini tubdan o`zgartirish talab qilinadi.

Yurtboshimiz ta’kidlagandek, "Biz iqtisodiyotimizni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlarga keng yoʻl ochib berish siyosatini bundan keyin ham qatʼiy davom ettiramiz. Hal qiluvchi ahamiyatga ega bu sohani har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, uning oldida paydo boʻladigan toʻsiqlarni butunlay olib tashlash masalasi davlat rahbari sifatida mening doimiy eʼtiborim va nazoratimda boʻladi"



Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida farmonga prezident Shavkat Mirziyoev imzo chekkan.

Unga ko'ra, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta'minlash, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarini mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirishda byurokratik to'siqlarni bartaraf etish, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash ko'zda tutiladi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning oldini olishni ta'minlash, huquqbuzarliklarga yo'l qo'yilmaslik tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatining muhim ustuvor yo'nalishi va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilansin, deyiladi hujjatda.

Shuningdek, farmonda aytilishicha, 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab, tadbirkorlik sub'ektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi. Nazorat qiluvchi organlarbundan keyin rejadan tashqari tekshirishlar o'tkazishni tashkil qilish huquqiga ega emasligi qayd etiladi.



Xulosa
Xulosa qilib aytganda, tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.

Tadbirkoming o'zi tadbirkorlik faoliyatining asosiy subyekti hisoblanadi. Ammo tadbirkor yagona subyekt emas, har qanday holda u ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmatning iste’molchisi hamda har xil vaziyatlarda yordamchi yoki raqib sifatida bo'luvchi davlat bilan o'zaro hamkorlik qilishga majbur. Iste’molchi ham, davlat, ham, yollanma (ishchi) xodim ham tadbirkorlik faoliyati subyektlari qatoriga kiradilar.

Tadbirkor va iste’molchining o'zaro munosabatlarida tadbirkor faol subyekt kategoriyasiga kiradi. Iste’molchi esa bunda passiv rol o'ynaydi. Bu o'zaro munosabatlami tahlil qilishda iste’molchi tadbirkorlik jarayonining indikatori rolini bajaradi. Tadbirkor faoliyati predmetini tashkil etuvchi barcha narsa iste’molchining ijobiy bahosiga ega bo'lgan holdagina amalga oshirilishi mumkin. Bunda iste’molchi tomonidan tovarga baho beriladi va keyin u yoki bu tovami xarid qilishga tayyorligi aniqlanadi. Tadbirkor o'z faoliyatini rejalashtirish va tashkil etishda iste’molchining kayfiyati, istagi, manfaatlarini hisobga olishi kerak.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkor uchun iste’molchining manfaatlariga muvofiq harakat qilishdan boshqa iste’molchiga ta’sir qilishning yo'li yo'qdir. Ammo bu tadbirkor iste’molchining manfaatlariga muvofiq harakat qilishi kerakligini bildirmaydi. Tadbirkoming o'zi iste’molcliining talabini shakllantirishi, yangi iste’mol ehtiyojlarini yaratishi (agar xaridor uchun zarur bo' lgan yangi tovar yaratilsa) mumkin.

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda kichik va o`rta biznes iqtisodiyotning rivojlanish sur`atlarini, yalpi milliy mahsulotning tarkibi va sifatini aniqlab beruvchi yetakchi sektori sifatida shakllangan va tobora rivojlanmoqda.

Bizda ham chet davlatlardagi kabi yangi ish o`rinlarini tashkil etish va ishsizlikning ko`payishini oldini olish, oilalar byudjetini mustahkamlash, mahalliy byudjetga tushumlarni ko`paytirish va, umuman, iqtisodiyot taraqqiyoti sur`atlarini oshirish maqsadlaridan kelib chiqib, kichik va o`rta biznesni rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda va buning uchun yuqorida ko`rsatib o`tilganidek, zarur huquqiy zamin yaratildi.

Tadbirkorlikni tashkil etish va boshqarishning zamonaviy tizimlari sifatida marketing va menejment katta ahamiyat kasb etadi.

Marketing – tovar pul munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning yaxlit tizimi bo’lib, bunda xo’jalik muammolarini hal etishda bozor talablari, haridorlarning tovar va xizmatlarga real talablari va ehtiyojlari yotadi.

Menejment – ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori natijalarga erishish maqsadida qo’llaniluvchi ishlab chiqarishni boshqarishning shakillari, vositalari usullari va tamoyillari majmui.

Menejmentning asosiy maqsadi iste’molchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda mavjud moddiy va ishchi resurslari asosida tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni tashkil etish hamda korxona faoliyati rentabilligini va uning bozordagi barqaror holatini ta’minlash hisoblanadi.

Yurtimizda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatkash, uni rivojlantirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoev “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi. 


Jamg‘arma Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat muassasasi shaklida tashkil etilmoqda. 
Hujjat xususiy tadbirkorlik faoliyatini himoya qilishning huquqiy mexanizmlari va kafolatlarini yanada mustahkamlash, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi vositalarini yaratish, tadbirkorlik sub’ektlarining kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, shu asosda yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish va respublika bank-moliya tizimi faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan. 

tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va yo’nalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin.

1. Ishlab chiqarish tadbirkorlik faoliyati turiga – ishlab chiqarish, innovatsiya, ilmiy texnika, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish, axborot va bishqalar.

2. Tijorat tadbirkorlik faoliyati turlariga – tovar birjalari yoki savdo tashkilotlari bilan bog’liq korxonalar kiradi.

3. Moliyaviy tadbirkorlik faoliyati turiga – tijorat banklari va fond birjalari moliyaviy tadbirkorlik uchun faoliyat ko’rsatuvchi maqom bo’lib xizmat qiladi.

4. Konsalting (maslahat) tadbirkorligi faoliyati turiga – bir sohada o’z mutaxassisligi bo’yicha yo’l yo’riq ko’rsatuvchi kishiga maslahatchi deyiladi

Prezidentimiz ta’kidlagandek, tadbirkor ertaga hammanni boqadi!






Download 480,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish