51
Ko‗rib turganimizdek, ikkinchi misra tarjimasi asliyatni to‗laqonli
ochib bera
oladi. Ya‘ni g‗azaldagi oshyon, istiqomat ma‘nolarini anglatuvchi vatan so‗ziga
ma‘no jihatdan mos ekvivalent nest (―in‖) so‗zi qo‗llangan, ya‘ni
―ko‗zlarimning tubida o‗zingga vatan, in qilib olgin‖ ma‘nosining anglashilishi
asliyatga muvofiq tushgan.
54
Tarjimadagi bu misrani botiniy va zohiriy jihatdan
tahlil qilsak, xar ikkala ma‘no saqlanib qolganligini ko‗ramiz.
Asliyatda, oshiq go‗zaldan muruvvat va vafo yo‗lini tutishini, odamiylikni
odat qilishini so‗raydi (fan qilmoq – odat (kasb) qilmoq).
Har ikkala so‗zning qo‗shiluvidan yuqoridagi ma‘no hosil bo‗lgan va
bunda dunyoviy jihatdan oshiq o‗z ma‘shuqasiga endi uzoq ayriliqdan so‗ng
odamgarchilik qilib, vafo qilishni so‗raydi. So‗fiyona talqin etilganda esa –
iltijo, jamol orzusi, ya‘ni Ollohning lutfu ehsoni tajallisidan umidvorlik. So‗fiy
uchun o‗z nigohida, qorachig‗ida ilohiy nur jilvalanishi,
olamni shu muborak
nur orqali ko‗rish oliy baxt. Ammo tarjimada
fan qilg‗il
undalmasi o‗rniga
show
your kindness
(olijanobligini ko‗rsat) buyruq gapi berilgan. Vaholanki, oshiq yor
vasliga yeta olmay ginalab, ma‘shuqadan insoniy olijanoblik, so‗fiy esa
Allohdan vaslidan benasib qilmaslikni so‗raydi. Tarjimada qo‗llangan
ekvivalent bunga qarama-qarshi ma‘no kasb etgan. Ma‘shuqaning
olijanob
emasligidan iztirob chekayotgan oshiq va Allohning nazaridan chetda
qolayotgan so‗fiy tarjimada uchramaydi.
Navoiy baytda Sharq badiiy san‘atlaridan tardi aks (qaro ko‗zum va
ko‗zum
qarosida),
tajnis
san‘atidan
(mardum
va
mardumlig‗)
unumli
foydalanadi. Tarjimada shoir foydalangan she‘riy san‘atlar Sharq she‘riyati
uchun xarakterli ekanligini hisobga olib, ularning
tarjimada uchramasligini
tabiiy hol deb baholash mumkin. Ammo baytlar orasidagi qofiyadoshlikning
yo‗qligi g‗azal ohangining uslubiy jihatdan buzilishiga olib kelgan. Ushbu
54
Shuxrat Sirojiddinov, Gulnoza Odilova.
―Jahon adabiyoti‖ jurnali, 2013–4
52
baytni quyidagicha tarjima qilganda tarjimada adekvatlik yuzaga kelgan bo‗lar
edi:
Come my dark eyed one come
and learn then kindness
In the depth of my pupils, weave for yourself a nest
2-bayt:
Yuzung guliga ko‗ngil ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig‗a jon gulshanin chaman qilg‗il.
Bu baytni navoiyshunos olim Nusratilla Jumaxo‗ja shunday sharhlaydi:
Mazkur baytda
tasvir ancha sodda va muayyan, biroq bu bayt ham bir
qancha ramziy iboralardan tarkib topgan bo‗lib, ularni sharhlamasdan mazmun-
mohiyatini anglab yetish qiyin: 1.
Yuzung guli –
zohiriy ma‘nosi – ―yor
chehrasi‖. Botiniy ma‘nosi – ―Haq jamoli‖. 2. Ko‗ngul ravzasi – ko‗ngil bog‗i,
inson ruhiyat olami. 3.
Qading niholi yorning niholdek
qaddi-qomati, jon so‗zi
tarkibidagi (arab yozuvida)
alif
harfi, ilohiy ma‘shuq qomati.
4. Jon
gulshani
oshiqning vujudi, bag‗ri,
alif
harfining maskani bo‗lmish
jon
so‗zi –
manzurning javlongohi.
Birinchi misra ―sening yuzing mening ko‗nglim bog‗ida gul ochsin‖
ma‘nosidagi visol ilinjini ta‘kidlab keladi.
Shuningdek, bu misrada birinchi
baytning mantiqiy davomi ham anglashilib turibdi. Ma‘lumki, ko‗z –
ko‗ngilning oynasi. Yor jamoliga muyassar bo‗lgan ko‗ngil yorishadi. Ko‗z
qorachig‗ida makon qurgan yor jamoli chuqur tomir yozadi, ko‗ngilda aks sado
beradi, ko‗ngil bog‗ida ishq chechaklari gullaydi, bo‗stonga aylanadi.
Shuning
uchun lirik qahramon ―Sening alifdek qomating niholi mening joni dilim
53
bog‗ida yashnasin va yuzing guli bu bog‗ni gulshanga evirsin,‖ – deya ilinj-iltijo
izhor etmoqda
55
.
2-baytdagi 1-misraning inglizcha tarjimasi:
Do'stlaringiz bilan baham: