48
Aning boshog‗liq o‗qin sham‘i anjuman qilg‗il
baytida ―kiprik‖ obrazi yo‗q. G‗azaldagi so‗z, obraz, iboralarga uzoq-uzoqdan
o‗xshash qidirib topadilar va uzundan-uzoq behuda muhokama yuritadilar.
Oqibatda, Navoiy asarlarida qayta-qayta tilga oladigan ―So‗z uzaldi-yu, maqsad
yiroqda qoldi‖ qabilidagi tahlil paydo bo‗ladi. Jumladan, Ismoil Bekjonovning
―O‗z. AS‖ning 2012 yil 3 avgust sonida chop etilgan ―Boshoq – kamon o‗qi‖
sarlavhali sharhi ―Qaro ko‗zum…‖ g‗azali tahlili bunga misoldir.
Olimning
so‗zshunos sifatida monand obrazlarni sinchkovlik bilan qidirib topishi va qilni
qirq yorgandek tahlil etishi tahsinga sazovor. Biroq u ―Qaro ko‗zum…‖ g‗azali
matnidagi obrazlarga tabiiy ravishda tatbiq etilmagan. Chunki Navoiy ―jon aro‖
―boshog‗liq o‗q‖ deganda yorning kiprigini ham, allaqanday ovchining
kamonidagi boshoqlik o‗qni ham nazarda tutmagan. Balki oddiygina ―jon‖ so‗zi
o‗rtasidagi ―boshog‗liq o‗q‖qa o‗xshaydigan ―alif‖ harfini nazarda tutgan, xolos.
Bu bilan: ―bordiyu shavq anjumanini tuzsang,
mening jonim-ruhim ana shu
anjumaningni yorituvchi, nurafshon etuvchi, anjumanning shavqiga shavq
bag‗ishlovchi sham‘i shabiston bo‗lsin‖, demoqchi bo‗lgan.
Garchi ―Qaro ko‗zum…‖ g‗azali tahlili 40
yil mobaynida izchil davom
etgan bo‗lsa-da, barcha tahlillarni ham g‗azal tadqiqini takomillashtirishga hissa
qo‗shdi, deb bo‗lmaydi. Tahlillarda saviya jihatdan faqat yuksalish emas, balki
pasayish, orqaga qaytish, mavjud tahlillarni mantiqan takrorlash holatlari ham
kuzatiladi. Masalan, Ismatulla Abdullayev g‗azalga 1975 yilda yozgan ilk
sharhida ―g‗amzada‖ so‗zini ―g‗amza – noz-karashma‖ ma‘nosida talqin etgan.
Mazkur satrlar muallifining 1987 yil, 27 fevralda ―O‗z. AS‖da
chop etilgan
―G‗azal va tahlil‖ maqolasida uning sharhi tanqid qilinganidan keyin shu
maqolaga yozgan raddiyasida: ―Bizning tahlilimizda ―g‗amzada – g‗am
chekkan, jabrlangan‖ so‗zi noto‗g‗ri talqin qilingan, buning uchun
gazetxonlardan uzr so‗raymiz‖, deya xatosini mardlarcha tan olgan. Oradan 20
yil o‗tgandan keyin 2006,2010 yillarda chop etilgan Respublika umumta‘lim
maktablarining 8-sinf ―Adabiyot‖ darsligida
Sultonmurod Olimov mazkur
49
xatoni yana takrorlagan. Ya‘ni, ―Qaro ko‗zim…‖ g‗azali sharhini bayon etish
jarayonida: ―Oshiq… itiga g‗amza payti jon rishtasidan ip qilishni aytadi‖
53
, deb
yozgan. Nahotki, olim ―g‗amzada‖ so‗zining ma‘nosini bilmagan? Nahotki,
g‗azal tahlilining tarixiy takomilini kuzatmagan va tuzatilgan xatoni ko‗rmagan?
Axir, bir g‗azalga sharh yozayotgan olim o‗zidan oldingi shorihlar tajribasini
ko‗rishi kerak emasmi? Respublika Ta‘lim markaziga va matbuotdagi rasmiy-
tanqidiy murojaatlardan keyin Sultonmurod Olimov ushbu xatoni darslikning 3-
nashrida tuzatdi, lekin ―Qaro ko‗zim…‖ va boshqa g‗azallar
talqinidagi talay
kamchiliklar bartaraf etilmay qolgan.
Umuman, g‗azal tahlillari asarning mazmun-mundarijasi, badiiy obrazlar
tizimi, shoirning san‘atkorlik mahorati haqida yaxlit, qamrovli tasavvur hosil
qiladi.
―Qaro
ko‗zum…‖
g‗azali
to‗g‗risidagi
barcha
tahlillarni
umumlashtirilganda, 150-bet atrofidagi bir manba vujudga keldi. Biz mazkur
g‗azal tahlillarini uzoq yillardan beri o‗rganib kelarkanmiz, bir g‗azal
haqida
tadqiqot kitobi yaratish mumkinligi haqida o‗yladik. ―Qaro ko‗zum…‖ g‗azali
tahlillari tadqiqi timsolida mana shu loyihaning birinchi namunasi amalga oshdi.
Ushbu tajriba shuni ko‗rsatadiki, Alisher Navoiy va boshqa shoirlarning ko‗p
tahlil va tadqiq etilgan g‗azallari to‗g‗risida ham ana shunday tadqiqot yaratish
mumkin va zarur. Chunki bu sohalarda hali yechimi topilmagan muammolar
ko‗p va tadqiqotlar, albatta, davomiy bo‗lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: